Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Bipolyar tranzistorda yasalgan emitter qaytargich sxemasini tadqiq qilish va dinamik xarakteristikalari va differentsial parametrlarini o‘lchash.
Qisqacha ma’lumot. Kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti birga yaqin bo’lgan, kirish signal qutbini o’zgartirmaydigan va katta kirish va kichik chiqish differentsial qarshilikka ega bo’lgan kuchaytirgichlar – qaytargich deb ataladi.
1. Tranzistor kollektori umumiy qilib ulangan kuchaytirgich sxemasini yig‘ing (5.7.1-rasm). Buning uchun U1-2 ulagichni 1 holatga, U3-4 ni – 3 holatga, U5-6 ni – 5 holatga, U7-8 ni – 8 holatga o‘tkazing. U12-15 ulagichni 15 holatga qo‘ying, bunda yuklama qarshiligi RYu=R10=10 kOm ga mos keladi.
Ish bandi
|
Ulagich holati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemani kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
1-3
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
3
|
kirish 2
|
2. 2 – 9 bandlarda keltirilgan o‘lchashlarni takrorlang. Maket yuzasing yuqori qismida joylashgan nazorat nuqtalarga voltmetr va ostsillograf ulang.
3. №3 nazorat nuqta potentsialini kirishi ochiq ostsillograf yoki o‘zgarmas kuchlanish o‘lchaydigan boshqa asbob yordamida kuzatib, G1 ta’minot manbaining kuchlanishini 6V ga keltiring.
4. O‘zgarmas kuchlanishini o‘lchaydigan asbobni №4, №5 va №2 nazorat nuqtalarga ulab, tranzistorning sokinlik rejimi kuchlanishlarini aniqlang. Nazorat nuqtalarning o‘lchangan potentsiallari asosida, R4=3.6 kOm, R5=3.6 kOm ekanligini hisobga olgan holda, kollektor, emitter va baza sokinlik toklarini toping.
Ish bandi
|
Ulagich holati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemaning kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
4
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
4/5/2
|
kirish 2
|
5. Tranzistorning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti (KU) ni toping. Buning uchun sxemaning kirishiga (“kirish 2”) generatordan 2 kHz chastotali 30 mV kuchlanishga ega bo‘lgan sinusoidal signal uzating. Kirish kuchlanishini nol potentsialli shina va №2 nazorat nuqta oralig‘ida o‘lchang. Chiqish kuchlanishini o‘lchashda voltmetrni №7 nazorat nuqta bilan nol potentsialli shinalar orasiga ulash kerak.
Ish bandi
|
Ulagich holati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemani kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
5–8
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
7
|
kirish 2
|
6. Kuchaytirgichning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentining chastotaga bog‘liqliligini KU(f) toping. Buning uchun kirish kuchlanishini qiymatini o‘zgarishsiz (taxminan 30 mV) saqlagan holda uning chastotasini o‘zgartiring va chiqish kuchlanishini o‘lchab bering (№7 nazorat nuqta). Test signallari chastotalarining tavsiya etilgan qiymatlari 10 Hz, 100 Hz, 1 kHz, 10 kHz, 100 kHz va 1 MHz larga teng.
7. Kuchaytirgichning 2 chastotada amplituda xarakteristikasini UChiq=f(UKIR) o‘lchang. Kirish kuchlanishi qiymatlarini tavsiya etilgan o‘zgarishlari 10-300 mV ni tashkil etadi.
8. Kuchaytirgich kaskadi dinamik diapazoni yuqori chegarasini toping. Buning uchun chiqish kuchlanishi ostsillogrammasini kuzata borib kirish signalining qaysi qiymatida nochiziqli buzilishlar boshlanishini aniqlang.
9. Kuchaytirgich kirishiga R7=20 Om, R8=510 Om, R9=3,6 kOm, R10=10 kOm rezistorlarni U12-15 ulagich yordamida navbatma-navbat ulab 2 kHz chastotada, 30 mV kirish kuchlanishida kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentining yuklama qiymatiga bog‘liqligini KU(RYu) toping.
Ish bandi
|
Ulagich holati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemani kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
9
|
1
|
3
|
5
|
8
|
12..15
|
7
|
kirish 2
|
10. Ta’minot manbaining kuchlanishi 9 va 12 V bo‘lganda 4, 5, 7, 8, 9 bandlarga muvofiq o‘lchashlarni takrorlang.
|