INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#245728
1   2   3   4
Bog'liq
Ismatova Shohsanam Xamzayevna

INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
41 
• Kompyuterni olisdan turib ishlatmay qo'yish - Internet tarmog’i orqali olisdan 
kompyuterga ulanib, uning yoki uni ayrim dasturlarining ishlashini to'xtatib qo'yuvchi 
dasturlar asosida(ishlatib yuborish uchun kompyuterni qayta ishga solish yetarli).
• O'zi ishlab turgan kompyuterni ishlatmay qo'yish - ishlatmay qo'yuvchi dasturlar 
vositasida.
•Tarmoq skanerlari - tarmoqda ishlayotgan kompyuter va dasturlardan
qay biri tajovuzga chidamsizligini aniqlash maqsadida tarmoq haqiqatda axborot 
yig'uvchi dasturlar vositasida.
• Dasturlarning tajovuzga bo'sh joylarini topish - Internetdagi
kompyuterlarning katta guruhlari orasidan tajovuzga bardoshsizlarini izlab qarab 
chiquvchi dasturlar vositasida.
• Parol ochish - parollar fayllaridan oson topiladigan parollarni izlovchi dasturlar 
vositasida.
•Tarmoq tahlilchilari (snifferlar) - tarmoq trafikini tinglovchi dasturlar
vositasida. Ularda foydalanuvchilarning nomlarini, parollarini, kredit kartalari 
nomerlarini trafikdan avtomatik tarzda ajratib olish imkoniyati mavjud. 
Inkor eta olinmaslik(Neoproverjimost) - Ma’lumotlar massivini
jo‘natuvchi tomonidan uni jo‘natganligini yoki oluvchi tomonidan uni
olganligini tan olishdan bo‘yin tovlashining oldini olish. Ko‘plab qo‘shimcha xizmatlar 
(audit, kirishni ta’minlash) va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari (kalitlarni boshqarish, 
xavfsizlikni ta’minlash, tarmoqni boshqarish) mazkur asosiy xavfsizlik tizimini to‘ldirishga 
xizmat qiladi. Web tugunining to‘la xavfsizlik tizimi barcha yuqorida keltirilgan xavfsizlik 
yo’nalishlarini qamrab olgan bo’lishi shart. Bunda tegishli xavfsizlik vositalari 
(mexanizmlari) dasturiy mahsulotlar tarkibiga kiritilgan bo‘lishi lozim.
Autentifikatsiyalashni takomillashtirish qayta ishlatiladigan parollarga xos 
kamchiliklarni bartaraf etishni, shu maqsadda bir martagina ishlatiladigan parol tizimidan 
tortib identifikatsiyalashning yuqori texnologik biometrik tizimlarigacha qo‘llashni 
nazarda tutadi. Foydalanuvchilar o‘zlari bilan olib yuradigan predmetlar, masalan, maxsus 
kartochkalar, maxsus jeton yoki disketa ancha arzon ham xavfsiz. Noyob, modul kodi 
himoyalangan dastur moduli ham bu maqsadlarda qulay. Oshkor kalitlar infratuzilmasi 
ham Web – tugun xavfsizligining ajralmas qismi. Autentifikatsiya, ma’lumot butunligi va 
axborotpinhonaligi(konfidentsialligi)ni ta’minlash uchun ishlatiladigan taqsimlashga 
tizim(odamlar, kompyuterlar), Ochiq kalit infrastrukturali (sertifikat nashrchisi) elektron 
sertifikatni e’lon qiladi. Unda foydalanuvchi identifikatori, uning ochiq kaliti, xavfsizlik 
tizimi uchun qandaydir qo‘shimcha axborot va sertifikat nashr etuvchisining raqamli 
imzosi bor. Ideal variantda bu tizim Yer yuzining har qanday ikki nuqtasidagi 
foydalanuvchi uchun sertifikatlar zanjirini tuzib beradi. Bu zanjircha kimgadir maxfiy xatni 
imzolash, hisob bo‘yicha pul o‘tkazish yoki elektron kontrakt tuzish uchun, boshqa kishi 
uchun–hujjat manbaini va imzolovchi shaxsning aslini tekshirib bilish imkonini beradi. 
NIST bir necha boshqa tashkilotlar bilan bu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Internetga 
ulangan tarmoqlar xakerlarning tajovuzi tufayli ochiq muloqotga xalal bersa xam 
brandmauerlar o‘rnatib oldilar.



Download 0,56 Mb.
1   2   3   4




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish