I BOB. KLASSIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR TADQIQI




Download 0,63 Mb.
bet7/9
Sana21.05.2024
Hajmi0,63 Mb.
#248295
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IL 2 Uslubiy ko\'rsatma

I BOB. KLASSIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR TADQIQI

1.1 Axborotlarni kriptografik himoyalash.


Qadim zamonlardan beri inson mo‘‘jizalar, sirli voqea va hodisalar sababi hamda mohiyati haqida axborot olishga intilgan. Axborot inson tili va yozuvida o‘z aksini topadi. Dastlabki yozuvlar o‘ziga xos bo‘lgan kriptografik tizim bo‘lib, qadimgi jamoalarda ularni faqat nufuzli shaxslargina tushunishgan. Qadimiy Misr va Hindistonda mavjud bo‘lgan ilohiy kitoblar bunga misol bo‘la oladi. Bundan 4000 yil avvalgi davrga oid eng qadimiy shifrmatn Messopatamiya qazilmalarida topilgan. Unda loydan ishlangan taxtachada o‘ymakor yozuvda tijorat siri – kulolchilik buyumlarini glazurlash retsepti yozilgan. Qadimiy Misrda shifrlangan diniy matnlar va tibbiy retseptlar ham mavjud bo‘lgan.
Kriptologiya (grekchada kryptos - “sirli” va logos -“xabar”) deganda aloqa xavfsizligi haqidagi fan tushuniladi. U aloqa kanallari orqali axborotning xavfsizligini ta’minlab saqlash hamda uzatish tizimlarini yaratish va tahlillash to‘g‘risidagi fandir. Kriptologiya ikki ilmiy irmoqqa ajraladi. Bular kriptografiya va kriptotahlildir [1-10].
Kriptografiya axborot almashtirish tamoyillari, vosita va usullari bilan shug‘ullanadigan fan sohasi bo‘lib, uning maqsadi axborot mazmunidan beruxsat erkin foydalanishdan muhofazalash va axborotni buzishning oldini olish hisoblanadi.
Kriptotahlil shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya ob’ektining sirini ochish san’ati va ilmi bo‘lib, kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblash jarayonidir.
Kriptotahlil usullari tarixi kriptografiya tarixi bilan egizdir.
Kalitdan foydalangan holda alohida qoidalar bo‘yicha ochiq (dastlabki) ma’lumotlar to‘plamini shifrlangan ma’lumotlar to‘plamiga almashtirish uchun amalga oshiriladigan qaytar almashtirishlar majmui shifr deb ataladi.
Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini berkitish maqsadida shifrlangan ma’lumotga o‘girish natijasi shifrmatn (shifrma’lumot) deb ataladi.
Keng ma’noda axborotni shifrlash deganda shifrmatnga o‘girish jarayoni tushuniladi.
Dastlabki ma’lumotlar (axborotlar)ni shifr (kalit) yordamida shifrlangan ma’lumotlarga almashtirish jarayoni ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish (yoki tor ma’noda shifrlash) jarayoni deyiladi (1-rasm).

1-rasm. Ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish jarayoni


Shifrmatnga o‘girilgan ma’lumotlarni shifr (kalit) yordamida dastlabkisiga almashtirish ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish (yoki tor ma’noda deshifrlash) jarayoni deyiladi (2-rasm).

2-rasm. Ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish jarayoni


…………………………………………………………….(matn)

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. KLASSIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR TADQIQI

Download 0,63 Mb.