|
Individual loyihani bajarish va himoya qilish tartibi
|
bet | 3/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #248295 |
Bog'liq IL 2 Uslubiy ko\'rsatma1.2. Individual loyihani bajarish va himoya qilish tartibi.
Individual loyiha mavzusi tasdiqlangandan keyin 2-ilovaga muofiq Individual loyihani bajarish topshirig‘i tuziladi (rahbar bilan talabaga birgalikda) va talaba uni bajarish uchun qabul qiladi. Individual loyihaning topshirig‘ida talaba uchun bajarilishi kerak bo‘lgan xamma vazifalar to‘liq bayon qilinishi kerak.
Topshiriq varaqasida vazifalarni bajarish muddatlari (oylarda) ko‘rsatilishi shart. Bajarilish muddatlari asosida talabani individual loyihani olib borishi nazorat qilib boriladi. Talaba topshiriqni olgandan keyin individual loyihani reja asosida doimiy ravishda bajarishga kirishishi kerak. Talaba rahbar o‘qituvchi tashkil etgan maslahatlarga kelishi, to‘liq bajarilgan individual loyihaning qismlarini rahbarga ko‘rsatib borishi kerak.
Individual loyiha rahbari talabaga Individual loyihaning topshiriqlarini bajarilishini tushuntirishi, qo‘yilgan vazifani bajarilish yo‘llarini va uslublarini ko‘rsatishi, unga individual loyihani bajarishda uslubiy yordam berish kerak. Rahbar maslahat kuni, soatini va xonasini talabalarga etkazishi kerak.
Talaba Individual loyihani (rahbar, kafedraning biror o‘qituvchisi yoki kafedra mudiri imzo qo‘yganidan so‘ng) komissiya oldida himoya qiladi. Komissiyani tarkibi kafedrada xal qilinadi. Komissiyani xulosasi bilan Individual loyiha reyting sistemasi asosida baholanadi. Komissiyaga talaba Individual loyiha mavzusi bo‘yicha bajarilgan topshiriqni va shu asosida tayyorlangan tushuntirish xatini taqdim etishi kerak. Talaba ishni ximoya qilish davomida o‘z mustaqil fikrlarini bildirishi alohida hisobga olinadi. Komissiya a’zolarining mavzu bo‘yicha berilgan savollarga javob berishi kerak.
1.3. Individual loyihani mazmuni, xajmi va yozilish talablari.
Individual loyiha quyidagi qismlardan va ko‘rsatilgan tartibda yozilishi kerak:
Titul varag‘i.
Topshiriq varag‘i.
Mundarija.
Kirish.
Asosiy qism.
Mavzuda berilgan vazifani to‘liq xarakteristikasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Agar talaba Individual loyihaga amaliy jihatdan dasturiy ta’minot yoki tehnik qurilmadan iborat bo‘lsa “Titul varog‘i, Topshiriq varog‘i, ish haqida qisqacha ma’lumot va hulosa” va loyihani dasturiy yoki texnik ta’minoti topshiriladi. Agar loyihaga nazariy jihatdan yondashilgan bo‘lsa A4 formatli oq qog‘ozga, yuqoridan –10 mm, chapdan – 30 mm, o‘ngdan – 10 mm va pastdan -10mm tashlab loyiha mavzusi bo‘yicha ishlanmalar, yangiliklar, tahlillarni keltirgan holda 20-25 betdan kam bo‘lmagan ma’lumot keltirishi talab qilinadi.
1.4. Individual loyiha ishini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Individual loyiha titul varag‘i 1-ilovada, topshiriq varag‘ining formulalari 2- va 3- ilovalarida ko‘rsatilgan. Individual ishining qolgan qismlarini yozilishi quyidagicha ko‘rsatilgan:
Kirish.
Kirish qismida Individual loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari, «Axborot xavfsizligi» fanining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mutaxassislar bilishi zarur bo‘lgan asosiy bilimlar majmui xamda uning arxitekturasi xaqida ma’lumot keltirilishi zarur.
Nazariy qism.
Bu qismda Individual loyihada bajarilayotgan vazifalarni nazariy asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Bundan tashqari, multimedia turlari, multimedia kelib chiqish tarixi, amalga kiritilishining asosiy sabablari, multimedia texnologiyalari sxemalari, turlari va toifalari yoritiladi. Multimedia texnologiyalari asosida tayyorlangan o‘quv materiallari to‘la yoritilib, ularni axamiyati, yutuq tomonlari sabablari xam mavzu dolzarbligiga qarab yoritilishi kerak.
|
| |