• Individual loyiha ishini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
  • 1-rasm. Rasmning nomi Rasm matndan yuqori va pastdan bir qator joy qoldirilib ajratiladi. Barcha rasmlarga matnda havola (1-rasm.) bo‘lishi kerak. Jadvallar nomi 1-jadval. Jadval nomi
  • Asosiy qism.
  • Xulosa
  • Individual loyihani bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar individual loyiha ishining tarkibi




    Download 54,5 Kb.
    bet1/2
    Sana08.12.2023
    Hajmi54,5 Kb.
    #113960
      1   2
    Bog'liq
    1699254685 (1)


    INDIVIDUAL LOYIHANI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR

    Individual loyiha ishining tarkibi
    Ish hajmi 30-35 varaq atrofida bo‘lib quydagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:

    • titul varag‘i(1-ilova);

    • mundarija;

    • kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi);

    • muammoning holatini tahlili;

    • qilingan ish bo‘yicha olingan natijalar, xulosalar va takliflar;

    • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

    • ilova (mavjud bo‘lsa).


    Individual loyiha ishini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar

    Individual loyiha ishi kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish A4 o‘lchamida va hajmi 30-35 betdan iborat bo‘lishi kerak. Hisobot esa Microsoft Office dasturida (Shrifti Times New Roman, o‘lchami (kegligi) - 14, Qator va interval oralig‘i: 1,5 (bir yarim)) va hoshiyasi o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Har qanday grafik ma’lumotlar (karta, chizma, sxema, diagramma, rasm) arab raqamlari va “Rasm” so‘zlari bilan belgilanadi. Nomlanishi - rasm ostida bir qator qoldirib o‘rtadan qalin harflarda yoziladi.


    Masalan:
    1-rasm. Rasmning nomi
    Rasm matndan yuqori va pastdan bir qator joy qoldirilib ajratiladi. Barcha rasmlarga matnda havola (1-rasm.) bo‘lishi kerak. Jadvallar nomi 1-jadval. Jadval nomi shaklida jadvalning o‘ng tepa qismida o‘rtadan qalin harflarda yozilishi kerak.
    Kirish. Bu bo‘limda berilgan vazifa doirasidagi tadbiq sohalari haqida ma’lumot keltiriladi. Ishning maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
    Asosiy qism. Asosiy qismida berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda berilgan ma’lumotlar aniq misollar asosida berilishi, statistik ko‘rinishda chizmalar va rasmlar bilan to‘ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo‘lishi talab etiladi.
    Xulosa qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar keltiriladi va kelajakda qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
    Adabiyotlar ro‘yxati ishning bajarilishida foydalanilgan ilmiy maqola (mualliflar, maqola nomi, qachon va qayerda chop etilganligi), Internet resurslar manzili, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati alifbo tartibida yoki chop etilgan yilining o‘sib borish tartibida tuziladi.
    Ilova qismida mavzuni kengroq yoritish uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot, jadval, grafiklar, sxemalar, dastur kodlari berilishi mumkin.



    Download 54,5 Kb.
      1   2




    Download 54,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individual loyihani bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar individual loyiha ishining tarkibi

    Download 54,5 Kb.