• INFOGRAFIKA TUSHUNCHASI
  • Infografika tasnifi va uni yaratuvchi uskunalar Reja




    Download 7,79 Kb.
    bet1/3
    Sana01.09.2024
    Hajmi7,79 Kb.
    #270134
      1   2   3
    Bog'liq
    Infografika tasnifi va uni yaratuvchi uskunalar Reja


    Infografika tasnifi va uni yaratuvchi uskunalar

    Infografika tasnifi va uni yaratuvchi uskunalar

    Reja:


    • 1. INFOGRAFIKA TUSHUNCHASI;

    • 2. INFOGRAFIKA YARATISH VOSITALARI;

    • 3. INFOGRAFIKA TURLARI VA QO’LLANISH SOHALARI.

    INFOGRAFIKA TUSHUNCHASI

    Siz taqdim etgan rasmga qarab o‘quvchilaringiz yozuvlarni o ‘qimay turib nima demoqchiligingiz va qaysi mavzu ekanligini darhol anglab yetishsa, demak Sizning infografikangiz belgilangan qoidalarga muvofiq yaratilgan hisoblanadi.


    Infografika (lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” hisoblanadi.
    Infografika keng qamrovli va juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Jumladan: geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik matnlarni aks ettirishda qo‘llaniladi.
    Infografika katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlashtirish, unda aks ettirilgan predmetlarning o‘zaro munosbatlari, mantiqan bog‘lanishi va vazifalarini yaqqol ko‘rsata oladigan grafik yechim hisoblanadi.

    Infografika – azaldan reklama sohasida ko‘proq qo‘llanilgan, texnika texnologiya rivojlanishi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim, ijtimoiy soha va insoniyatning turmush tarziga singib ketgani uchun iste’molchiga uzatiladigan ma’lumot va g‘oyalarning vizual ko‘rinishi tariqasida jadal tarzda hayotimizga kirib keldi.

    Infografikaning ta’lim sohasidagi vazifasi esa – shakli va mazmuni jihatidan, ko‘rinishidan murakkab ma’lumotlarni keng auditoriyaga tez va tushunarli, ya’ni mantiqiy bog‘liqlik orqali taqdim etish va yetkazish maqsad qilib olingan.

    Infografika vositalari illyustratsiya tasvirlargina bo‘lib qolmay balki grafiklar, diagrammalar, blok-sxemalar, jadvallar, xaritalar, ro‘yxatlarni va boshqa shu kabi ma’lumotlarning grafik tarzda aks ettiriladigan shakllarini o‘z ichiga oladi.


    Download 7,79 Kb.
      1   2   3




    Download 7,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Infografika tasnifi va uni yaratuvchi uskunalar Reja

    Download 7,79 Kb.