«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» pryedmyeti




Download 124,5 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2024
Hajmi124,5 Kb.
#150926
1   2   3
Bog'liq
Informatik va axborot texnologiyalari kurslarini o\'qitishning me

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» pryedmyeti
«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani umumta’lim maktab, akadyemik litsyey va kasb-hunar kollyejlarida «Informatika va hisoblash tyexnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot tyexnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.
Informatika fanini o’qitish quyidagi maqsadni ko’zda tutadi:

      • bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pyedagogik va axborot tyexnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;

      • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil yetish va o’tkazishga tayyorlash;

      • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanining pyedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal yetishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.

      • o’quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.

      • Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal yetishda butun pyedagogik jamoa barcha o’quv pryedmyetlarini o’qitish jarayonida ishtirok yetadi.

      • Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

      • o’quvchilarni amaliy faoliyatga, myehnatga, ta’lim olishni davom yettirishga tayyorlash.

Yuqoridagi masalalardan hyech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal yetilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o’quvchilar informatika asoslarini mustahkam yegallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga yerishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal yetishga yerishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim.
«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanini o’rganishning maqsadi o’qitgvchilarda shaxsiy myetodik tizimni ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanida quyidagi asosiy masalalar ko’riladi va hal yetiladi:

      • informatika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari qanday;

      • o’quv pryedmyeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil yetishi kyerak;

      • informatikadan o’quv matyeriali qaysi kyetma-kyetlikda joylashishi va o’quvchilarga yetkazilishi kyerak;

      • informatikadan o’quv matyerialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kyerak.

Boshqacha qilib aytganda, informatika o’qitish myetodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo’yiladi:
1) informatikani nima uchun o’rganish kyerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
2) «Informatika» fani bo’yicha nimani o’rganish kyerak (ya’ni, mazmunini aniqlash)?
3) «Informatika» fanini o’quvchilarga qanday o’rgatish kyerak (ya’ni, tanlab olingan o’qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
«Informatika o’qitish myetodikasi» fanini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda shaxsiy myetodik tizimni ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Fanning predmeti va vazifasi
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan o’zviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashqil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini ustirish, kom¬pyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o’qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bulaklarga bo’lib, matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni kompyuterga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni urgatishdan iboratdir.

Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o’rni


Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axoborotlarni o’zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg’or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: "tosh asr" - mexnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, "kitob chop etish asri" - ax¬borotni tarqatishni yangi usulini o’zlashtirish bosqichi, "elektr asri" - quvvatning yangi turlarini o’zlashtirish bosqichi shular jumlasidan¬dir. Bundan 20-30 yillar ilgari "atom asri" boshlandi deyilgan bo’lsa, hozirgi kunda "axborot asri", "Kompyuter asri" deb aytiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining kelib chiqishi, uning uch tarkibiy qismi algoritm, dastur va hisoblash vositalari kompyuterning paydo bo’lishi va rivoj¬lanishi bilan bog’liq. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida fanlarning yangi yunalishlari va yangi fanlarning paydo bo’lishi ishlov berish uchun zarur bo’lgan axborotlar hajmini keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr o’rtalarida yaratilgan axborot¬larni avtomatik ishlov qurilmasi-elektron hisoblash mashina (kompyuter) lar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va katta tez¬likda ishlov berish imkoniyatini tug’dirdi. Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalarni (atom energetikasi, kosmosni o’zlashtirish, ob-havo bashorati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish, avtomatlashtirilgan loyixalash va x.k.) yechish, ularni tahlil qilish mumkin bo’lib qoldi. Demak, quyillgan masalani to’g’ri yechib olish uchun zarur bilim va maxorat (algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur va kompyuterning o’zi bir butunning uch qismi, biz urgananishimiz kerak bo’lgan fanning tarkibiy qismidir.
"Informatika va axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini urganadigan fandir.
Bu fan ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va vaqtda o’zgarib turadigan modda va quvvat ko’rinishda namoyon bo’la¬di. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borliqning mavjud bo’lishi va uni bilishning yana bir muhim va zarur mazmuni bor, bu ham bo’lsa axborotdir.
Axborot umumiy ta‘rifga ega bo’lmagan imperik tushuncha bo’lib, axborot nima degan savolga, falsafa fani bizni o’rab turgan borliqning ifoda¬si deb tushuntirsa, axborotlardan amalda foydalanuvchilar axborot bu saqlanish, shakl o’zgartirish va uzatish mumkin bo’lgan ashyo (ob‘ekt) deb tushuntiradi.
Atrofimizni o’rab turgan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday ma‘lumotlar axborot deb ataladi.
Axborot odamlar bir-biriga og’zaki, yozma yoki boshqa usulda (shartli signallar, texnika vositalari yordamida) beriladigan ma‘lu¬mot, shuningdek ularni berish va olish jarayonidir. Axborot ayirboshlash nafaqat odamlar o’rtasida, balki odam bilan kompyuter, kompyuter bilan kompyuter o’rtasidagi ma‘lumotlarni, hayvonlar va o’simliklar o’rtasidagi xabar (signal) almashinishi yoki to’qimadan to’qimaga, organizmdan organizmga irsiy va boshqa alomatlar orqali o’tish ko’rinishida sodir bo’lishi mumkin.
Insonning ijodiy yoki mexnat faoliyati, fan va texnikaning rivoji, jonli mavjudotlarning o’zini to’tishi, har qanday avtomatik tarzda ishlaydigan qurilmalar faoliyati axborotni ayirboshlash bilan bog’liq.
Xozirgi kunda axborot juda katta ahamiyatga ega. Inson faoliya¬tining hamma sohalarida axborotlarni qayta ishlaydi:
- yangi ma‘lumotlarni (ro’znoma, kitob, havo mavjlari, televizor, o’zaro fikr almashinish orqali) oladi.
- kundalik hayotda oldindan ma‘lum axborotlarni ishlatadi.
-yangi axborotlar yaratadi (fanda, adabiyotda, san‘atda);
Qishloq xo’jaligi, sanoat yoki maishiy xizmat sohalari axborotni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan inson faoliyatining asosiy sohasi emas, lekin fan, siyosat, boshqarish, san‘at esa asosiy sohalardan hisoblanadi.
Insonning o’zi katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlay olmay¬di unga kompyuter yordamga keladi.
Axborotni yig’ish, saqlash va ishlov berishning yangi texnolo¬giyasi.
Kompyuterning paydo bo’lishi jamiyat rivojlanishida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldiki, insonga axborotni yig’ish, saqlash va ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan akliy mexnatni avtomatlashtirish imkonini berdi. Bu xildagi jarayonlarni avtomatlashtirish iqtisodiy-tashqiliy tizimlarga, texnologik jarayonlarni boshqarishga, loyixalar tuzish, ilmiy izlanish¬lar, o’qish-o’rganish va boshqa sohalarga kirib bordi. Shunday qilib ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yunalishi paydo bo’ldi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan ta‘minlangan kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni yig’ib, xotirada saqlab turish va kerak bo’lganda katta tezlikda kerakli axborotni berish mumkin. Masalan: 100 Mbaytli disk o’zida katta O’zbekiston Qomusining 25 tomini saqlay oladi, ana shu axborotni o’qib olish uchun esa 1 minut vaqt kifoya.
Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotgan axbor oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va o’zatishni kompyuterlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasi tushuniladi. Ushbu usullarni turli ko’rinishda ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun kompyuter bilan mulokatda bo’lishni takozo etadi.
Axborot qayta ishlashni yangi texnologiyasi xosiyati bilan shu kunda jahonning turli burchaklaridagi kitobxonalardan foydalanish, ilmiy an-jumanlarda katnashish, turli mutaxassislardan maslaxatlar olish, fikr almashinishi va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Shu kunda jamiyat rivoji¬ga yordam berishi uchun kompyuter, insonga esa shaxsiy kompyuterlar beriladiki, u moddiy va ma‘naviy boyliklar ishlab chiqishning turli sohalariga faol kirib bormoqda.
Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ish¬lov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.
Informatika va axborot texnologiyalari axborot¬ni kompyuter yordamida ishlov berishni urganadi.
Xammaga ma‘lumki kompyuter hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi¬dir. Hisoblash mashinasi keng ko’lamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloqa va boshqalarni hisoblashda ishlatiladi.

Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari


Axborotni abstrakt tushunchalar qatoriga, masalan matematik formulalar qatoriga quyilsh mumkin, lekin u har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo’lgan holda namoyon bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash mumkin. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o’lchash uchun asboblar va o’lchash usullari o’ylab topilgan.
Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum bir tuplamda cheksiz ko’p miqdor¬dagi bir-biriga juda yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vosi¬tasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k.
Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborot¬lar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag’ini tartib raqami, uyning soni, masa¬laning soni qiymati va x.k.
Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo’llaniladi.
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida harf va maxsus belgilar¬dan tashqil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlayotgan axborot turiga qarab, hisoblash texnikasi vositalari 3 turga bulinadi:
1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinasi (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi.
2) Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinasi (REHM), bu¬larda vaqt birligi ichida raqamlardan tashqil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi.
3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinasi (GEHM) bu xildagi mashinalar AEHM larni axborotni uzluksiz kiritib-chiqarish, REHM larni esa axborotlarni katta tezlikda ishlov berish kabi xusu¬siyatlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Ma‘lumotdagi axborot miqdorini o’lchash mumkinligini quyildagicha tushuntirsa bo’ladi. Biror hodisa yoki ashyo haqidagi son qiymatlar ko’rinishida berilgan ma‘lumot va uni ortib borishi, ayni paytda bil¬maslik darajamizning kamayishi yoki axborot noaniqligining kamayishiga olib keladi.
Masalan, Axmedov A. Qodiriy ko'chasida yashaydi degan xabar bor. Uning uyi ko'chaning juft raqamli tomonida deb atalishi noaniqlikni ka-maytiradi.
Misollar:
1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng.
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi bit deb ataladi.
2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Ki¬tob birinchi qatorda deb aytsak, 1 bit axborot bergan bo'lamiz.
Zamonaviy Rkompyuter larda axborotni signallarning ketma-ketligi yor¬damida kodlashning ikkilik usuli ishlatiladi. Bir holatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi, 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit-ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan miqdor¬dagi 0 lar va 1 lar ketma-ketligi mos keladi. Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma¬-ketlik mos keladi. Bu turdagi ketma-ketliklar jami 2 = 256 ta bo’lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega.
Masalan: Informatika de¬gan so’z orqali berilgan ma‘lumot 11 bayt, 1 raqam 1 bayt, 10 soni esa 2 bayt hajmiga ega. Bayt va bitlar xotiraning "sig'imini" o’lchash va ikkilik ma‘lumotlarni uzatish tezligini o’lchash uchun ham ishla¬tiladi.
Uzatish tezligi-1 sekundga uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). Bir sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan 500000 amal/sek.). Ikkilik ma‘lumotlardagi axborot miqdorini o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari, quyildagi birliklardan ham foy¬dalaniladi.
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit)
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg’un holati ikkita bo’lgan elementdan foyda¬laniladi. Elementning turg’un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni tex¬nik jixatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg’un holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq.
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombina¬tsiya) iborat bo’ladi. Shuning uchun ham ikkilik sanoq sistemai Rkompyuter ning arifmetik asosi deyiladi.
Odatda axborotlar biz urgangan 10 li sanoq sistemaida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Kompyuterning dasturiy ta‘minoti ana shu kiritilgan ma‘lumotlarni, oraliq 8 lik sistemasi vositasida, ikkilik sanoq sistemasiga utkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga o’tish gruppalash (triada) bilan amalga oshiriladi.
Har qanday sonni to’g’ri kasr bilan sanoq sistemasi asosining butun darajalari ko’paytmasi orqali ifodalash mumkin. Masalan N sonini 10 lik sanoq sistemaida N=+M*10^P desa bo’ladi, bu yerda M, N sonning mantissasi, R esa tartibi deyiladi.
«Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 o’quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o’tgan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
 1998-1999 o’quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o’tgan umumiy o’rta ta’lim o’quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlansin;
 1999-2000 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etilsin:
-1999-2000 o’quv yili 5-6 sinflar;
-2000-2001 o’quv yili 7-siif;
-2001-2002 o’quv yili 8-sinf;
-2002-2003 o’quv yili 9-sinf;
 umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini nashr etsin va 1999 yil 1 sentyabrgacha ta’lim muassasalariga yetkazsin.
 yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin;
 kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 o’quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari bilan faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlansin.
3. O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida o’z vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni ta’minlasinlar.
4. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablag’larni belgilangan tartibda ajratsin.
5. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi akademik litseylar, kasb-hunar kolejlari va oliy o’quv yurtlari uchun davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda ta’lim turlari va bosqichlari o’rtasidagi uzviylikni, ta’lim mazmuni uzluksizligi ta’minlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI

Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan «Umumiy o’rta ta’lim standarti» asosida tuzilgan. Dastur Respublika Ta’lim markazi qoshidagi Informatika va axborot banki bo’limi ilmiy-metodik kengash yig’ilishining 1998 yil 2 iyul 3-sonli qarori bilan sinov dasturi sifatida qo’llashga tavsiya etildi.


«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da: kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi, deb ta’kidlangan. Jahonda informatika va axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir.


Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va bunda tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Natijada kompyuter savodxonligi tayanch tabaqasi o’z vaqtida amalga oshadi va boshqa fanlarni o’rganish sohasida ham muayyan yutuqlarga erishish mumkin hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’limda «informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. Jamiyat tarrakiyotida bir yechimga kelishdan, karor kabul kilishdan oldin ushbu masalaga (soxaga) alokador bulgan juda kuplab ma’lumotlarni tuplash,ularni kayta ishlash va taxlil kilish zarur buladi. Bunday ma’lumotlar tuplami shu kadar kupayib ketganki, ularni kayta ishlash va taxlil kilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bulmaydi. Kundalik xayotda kabul kilish va kayta ishlash zarur bulgan axborotlar xajmi nixoyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni kabul kilishga xam ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar xajmining bu kadar kupayib ketishi, okimning esa tezlashib borishini asosiy sabablaridan biri informatsion texnika va texnologiyalarning rivojlanishi - zamonaviy eng yangi texnologiyalarni kullash,xom ashyolardan okilona foydalanish, energetik resurslardan tejamkorlik bilan ishlatish,inson mexnatini yengillashtirish xisobiga amalga oshirishdan iboratdir.
Axborotlarni tezkorlik bilan yigish, kayta ishlash, jarayon, vokea va
xodisalarni modellashtirish, ularni taxlil kilish imkoniyatini beruvchi
kompyutirlashtirilgan tizimlar va boshka informatsion texnologiyalari
kirib kelishini anglatadi. Zamonaviy informatsion texnologiya va telekomunikatsiya asosida davlat xokimiyati turli vazirlik va idoralar, ishlab chikarish korxonalari, maxaliy uz uzini boshkarish organlari, xamda fukarolarning informsatsiyaga bulgan extiyojlarini yetarli va tula kondira oladigan optimal sharoitlar yaratishga karatilgan ijtimoiy-iktisodiy va ilmiy texnikaviy jarayonlar tushiniladi.Birinchiulib informatizatsiya AKShda keng yoyila boshlangan.
Texnologiya suzi grekchadan tarjima kilinganda san’at, maxorat,
kunikma kabi ma’nolarni anglatadi. Jarayon deganda esa kuyilgan maksadga
yetishish borasidagi barcha xarakatlar majmuasi tushiniladi.
Informatsion texnologiya-ob’ekt, jarayon yoki xodisalar xolati xakidagi ma’lumotlarni bir kurinishdan ikkinchi,sifat jixatidan mutlok
yangi kurinishga keltiruvchi,ma’lumotlarni tuplash va uzatishning vosita va
usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.Informatsion texnologiya–
informatsion tizimlar bilan boglikdir. Informatsion tizim-belgilangan maksadga erishish uchun informatsiyani uzatish va kayta ishlash, saklash uchun kullaniladigan usullar, shaxslar va vositalarning uzaro boglangan majmuasidir.
Tizim ( sistema) deganda, yagona maksad yulida bir vaktning uzida
xam yaxlit, xam uzaro boglangan tarzda faoliyat kursatuvchi bir nechta
turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Axborot ( lotincha “informatio” suzidan olingag bulib) tushintirish,xabar berish degan ma’noni anglatadi. Xozirgi vaktda axborot materianing assosiy xususiyati sifatida karalmokda. Axborot tushunchasi, umumiylikka ega bulgan xolda,mazmun jixatidan falsafiy, umumiylikka ega bulgan xolda, mazmun jixatdan falsafiy kategoriyalar safidan urin oldi.
Shakillangan ( formalizatsiyalangan) kurinishda takdim etilgan axborot –ma’lumot deyiladi.Axborotlarni saklash axborot tashuvchidan xar xil xolatlarda joylashgan, axborotlarni kayd kiladigan ob’ekt mavjudligini talab kiladi.
Axborot tashuvchilar bir marta foydalanishlik ( kogoz, fotoplyonka, fotokogoz, perfokarta) va kup marta foydalanishlik (magnit koplamasi, optik koplama) ekranni elektron-nurli trubka katlami bilan farklanadi.
Bir marta foydalanishlik axborot tashuvchidan kup marta foydalanishlik
axborot tashuvchining farki shundaki, kup marta foydalanishlak axborot
tashuvchining fizik xolatini uzgartiradi. Axborot uzatish ikkita axborot
tashuvchining mavjudligi ( uzatuvchi va kabul kiluvchi) va aloka kanalni
uzatuvchi xolatini kabul kiluvchi xolatiga yetkaza olishni muljallaydi.
Fan va texnikaning rivojlanishi esa EXM yaratilishiga imkoniyat
bergan. EXM ning yaratilishi bu ishlarni ya’ni turli xil axborotlarni
yigish,saklash,kayta ishlash va uzatish ishlarini mashina zimmasiga
yuklashiga imkon berdi. EXMlar axborotlarni ishlovchi universal mashina
sifatida insonga kumakdoshdir.

Foydalaniladigan adabiyotlar:


1. Симонович С.В. Windows- 98. учебный курс.19 уроков для освоения операционной системы. С. Петербург, Москва 1999.


2. T.X. Xolmatov, N.I. Taylakov, U.A.Nazarov Informatika va Hisoblash texnikasi. «Uzbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, T 2001
3. Симонович С.В ва бошкалар “Общая информатика”, ”Специальная информатика”, ”Практическая информатика”, Москва, 2000 .
4. www.ziyonet.uz
5. www.nur.uz
Download 124,5 Kb.
1   2   3




Download 124,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» pryedmyeti

Download 124,5 Kb.