• I. Tashkiliy davr II. Takrorlash
  • II. Yangi mavzuni o`rganish
  • Fayl yoki papka nima
  • Windows nima
  • IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  • V. Uyga vazifa Mavzuni o`qish. 13-15-betlar Ko’rildi: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: __________________
  • Informatika-5




    Download 43 Kb.
    Sana29.02.2024
    Hajmi43 Kb.
    #164810
    Bog'liq
    02-dars
    chizmachilikdan testlar, Документ Microsoft Word (4), Документ Microsoft Word, shartnoma, Reference-355211200482, Maqola-2023 mantiqiy masalalar 1, Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, 1-iyul ta\'til jadvali 9-maktab, Smeta tuzish., JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI, Moliyaviy budjet, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablariga muvofiq tushumlarni hisobga olish, Документ Microsoft Office Word, Bundan tashqari, 7-синф tayyor tarbiyaviy soat ishlanmasi

    Sana ____________________

    Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 2-dars.


    Mavzu: Kompyuterni boshqarish dasturi
    Maqsad:
    1) ta’limiy: o`quvchilarga Windows opweratsion sitemasi haqida ma’lumot berish;
    2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
    3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning olmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish.
    DTS: Windows haqida tushunchaga ega bo`lish.
    I. Tashkiliy davr
    II. Takrorlash

    1. Monitorning vazifasi nimalardan iborat?

    2. Klaviaturada nimalar bor va uning vazifasi nimalardan iborat?

    3. Sistema bloki haqida so 'zlab beting

    4. Protsessor haqida so 'zlab bering.

    5. Ma'lumotlar kompyuterning qaysi qurilmalarida saqlanadi?

    6. Disketa va vinchester nima uchun tashqi xotira deb ataladi?

    7. Kompyuterning qanday tashqi xotiralarini bilasiz?

    8. Ma 'lumotlami qog'ozga chop etish uchun qanday qurilma ishlatiladi?

    9. Sichqoncha haqida so 'zlab bering.

    10. Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligini so 'zlab bering.

    II. Yangi mavzuni o`rganish
    Avvalgi darsda kompyuterning tuzilishi va uning ba'zi qurilmalari haqida ma'lumot oldingiz. Bu darsda kompyuter va uning qurilmalari nima asosida ishlashini bilib olasiz.
    Kompyuterni nima boshqaradi?
    Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o'zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.
    Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Software) deb ataladi. Dasturlar. yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni osongina o'chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.
    Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, balki ko'proq undagi dasturlarga ham bog'liq bo'ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino ko'rish kabi imkoniyatlarni beradi.
    Kompyuterlar uchun hilma-xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda avvalo operatsion sistema ishga tushadi.
    U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta'minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir.
    Fayl yoki papka nima?
    Avvalgi darsda ma'lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saqlanishini bilib oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma'lumot o'z nomiga ega bo'ladi. Tashqi hotirada biror nom bilan saqlab qo'yilgan har qanday ma'lumot fayl deb ataladi.
    Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ko'p bo'lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini izlab topish oson bo'lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida saqlash qulay.
    Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi. Fayllarni guruhlarga ajratishda, ularning musiqaga, kinoga, o'yinga, kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligiga yoki yana boshqa hususiyatlariga qaraladi. Bir nechta fayl biror nomli papkaga joylanishi mumkin. Lozim bo'lsa papka ichiga papka ham joylashtirilishi mumkin.
    Windows nima?
    Windows inglizcha so'z bo'lib, derazalar, oynalar degan ma'noni anglatadi. Biz o'rganmoqchi bo'lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli {Рабочий стол) deb ataluvhci ko'rinish aks etadi:
    Ish stolida, asosan, Pusk (Пуск) tugmasi, Masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компьютер) papkasi, Mening hujjatlarim (Мои документы) papkasi, Savatcha (Корзина), Fayl belgisi, Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo'ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.
    Pusk tugmasi bosilganda ekranda Pusk menyusi hosil bo'ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog'liq bo'lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.
    Savatcha o'chirilgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun hizmat qiladi.
    Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko'rsatilgan bo'ladi. Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi. Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.
    IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

    1. Kompyuter nima asosida ishlaydi?

    2. Kompyuter uchun asosiy dastur haqida nimalami bilasiz?

    3. Fayl yoki papka nima?

    4. Windows qanday ma'noni anglatadi?

    5. WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda nimalar aks etadi?

    6. Ish stoli haqida so 'zlab bering.

    7. Yorliq qanday vazifani bajaradi?

    8. Piktogramma nima?

    9. Fayl belgisi va yorilqning farqini aytib bering.

    V. Uyga vazifa
    Mavzuni o`qish. 13-15-betlar
    Ko’rildi:
    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha
    direktor o’rinbosari: __________________
    Download 43 Kb.




    Download 43 Kb.