• Bizning maqsadimiz
  • Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv




    Download 21.9 Kb.
    bet1/3
    Sana24.08.2023
    Hajmi21.9 Kb.
    #79381
      1   2   3
    Bog'liq
    IAB uz
    O\'J 1-laboratoriya chizma, 5Презентация (2)

    “Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi

    1. Kafedra haqida

    1991-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi bilan bir vaqtning oʻzida institut tarkibida «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasiga asos solindi. 1996-yilda kafedraga «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi qoʻshilib, «Informatika va avtomatlashtirish» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri sifatida 1991-1998 yillarda texnika fanlari doktori Artikov Asqar Artikovich oʻz faoliyatini yuritdi. 1998-2004 yillarda esa texnika fanlari nomzodi, dotsent Yunusov Ismat Inogʻomovich, 2004-2005 yillarda kafedraga texnika fanlari doktori, professor Ismatullaev Patxulla Raxmatovich rahbarlik qildi. 2005-yildan professor Asqar Artiqovich Artikov kafedrani boshqargan boʻlsa, 2010-2014 hamda 2019-2020 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi Hamidov Bahodir Tadjiddinovich, 2014-2017 yillarda texnika fanlari nomzodi Jahongir Hikmatilloyevich Hasanov, 2017-2019 yillarda Norqobilov Adham Tilovovich, 2021-2022 yillarda esa texnika fanlari nomzodi Karabayev Dilshod Temirovich rahbarlik qildi. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab esa, Boboyorov Ravshan Otabekovich kafedrani boshqarib kelmoqda.
    Kafedrada keng tajribaga ega, tanqidiy va ijodiy fikrlashga qodir, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish uchun zarur bilimlarga ega bo‘lgan, o‘z bilim va ko‘nikmalarini muhandislik faoliyatida, shuningdek, oziq-ovqat va kimyo sanoatini avtomatlashtirish amaliy muammolarini hal etishda qo‘llay oladigan bakalavr va magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

    1. Bizning maqsadimiz

    “Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi oʻz oldiga quyidagi maqsadlarni qoʻygan:

    • Mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash;

    • Ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida Respublika va xorijiy oliy taʻlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish;

    • Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish orqali kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish;

    • Oliy taʻlimdan keyingi taʻlim ixtisosliklari boʻyicha tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.




    1. Download 21.9 Kb.
      1   2   3




    Download 21.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv

    Download 21.9 Kb.