|
Ada Avgusta Lavleys (Bayron) –
|
bet | 31/32 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #148339 |
Bog'liq 2020 GACHA INFORMATIKA TESTLAR KITOBI 5-11 sinfAda Avgusta Lavleys (Bayron) – Ch.Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi.
Uvilyam Barrouz – 1885 yilda klaviatura va kog’ozga pechatlash uskunalaridan iborat “arifmometrni” yaratdi.
J.Genri – 1831 yilda elektromexanik rele ixtiro qilgan.
German Hollerit – 1888 yilda rele asosida ishlagan va perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay ilaydigan birinchi elektromexanik xisoblash mashina “tabulyator”ni yaratdi.
M.A.Bonch-Bruyevich va V.Ikklz va F.Jordan - trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.
Vannevar Bush – 1930 yilda elektromexanik releda yig’ilgan hisoblash mashina “differensial analizator”ni yasadi.
Konrad Suze – 1941 yilda elektromexanik releda yi’g’ilgan “Z3” nomli , dastur asosida boshqariladigan mantiqiy sxemaga asoslangan va ikkilik sanoq sistemada ifodalangan qo’zg’aluvchan nuqtali sonlar ustidan amallar bajaruvchi hisoblash mashina yasadi.
Alan T’yuring – 1943 yilda electron lampalarda ishlovchi “Koloss” nomli electron xisoblash mashinani yaratdi.
Govard Eyken – 1944 yilda elektromexanikreleli dastur asosida ishlaydigan “Mark-1” nomli mashina yasadi.
Jon Fleming - 1904 yilda diodni ixtiro etdi.
Li de Fores – 1907 yilda triodni (electron vakuumli lampani) ixtiro etdi.
Jon Mouchli va Prespera Ekkerta - 1946 yilda “ENIAC” (Electronic Numerical Integrator And Calculator) nomli electron lampali ulkan electron hisoblash mashina qurishdi. U 70 tonna og’irlik, 300 m2 joy egallab, 18 000 elektron lampadan iborat bulib, sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5 000 ta qo’shish amalini bajara olar edi.
Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn - 1947 yilda tranzistorni ishlab chiqdilar.
|
| |