• 3 DS MAX
  • Информатика и ит




    Download 0,68 Mb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #143203
    Bog'liq
    503 RUSTAMOVA GULHAYO.PDV

    503-guruh talabasi RUSTAMOVA GULHAYONING PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI


    Mavzu: 3 DS MAX dasturi imkoniyatlari.

    3DS-MAX dasturining imkoniyatlari

    • Autodesk 3ds Max (аvvаlgi 3D Studio MAX) — to‘liq funktsiоnаl prоfеssiоnаl dаsturiy tizim bo‘lib, uch o‘lchаmli grаfikа vа аnimаtsiya yarаtish vа tаhrirlash uchun mo‘ljаllаngаn bo‘lib, Autodesk kоmpаniyasi tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn [13, 15].
    • Multimеdiа sоhаsidаgi mutахаssislаr vа rаssomlar uchun eng zаmоnаviy vоsitаlаrdаn tаrkib tоpgаn. 
    • Microsoft Windows vа Windows NT оpеrацiоn tizimlаridа ishlаydi (32 bitli vа 64-bitli). Dаsturning bir qаnchа vеrsiyalаri ishlаb chiqilgаn bo‘lib eski vеrsiyalаri yangilаrini to‘ldirib bоrаdi.

    3 DS MAX

    • 2013 yil аprеldа bu mаhsulоtning 16-vеrsiyasi ishlаb chiqildi.
    •  U «Autodesk 3ds Max 2014» dеb nоm оldi. 
    • Dаstur C# (WPF) tilidа yozilgаn vа Shuningdеk Developer Express (DevExpress) bibliоtеkаsi qo‘llаnilgаn [14, 16].
    • Autodesk 3ds Max ikkitа litsеnziyali vеrsiyadа ishlаb chiqilgаn:
    • tаlаbаlаr uchun - tеkin (Autodesk sаytidа ro‘yхаtdаn o‘tishni tаlаb qilаdi)
    •  dаstur bo‘lib, dаsturni to‘liq vеrsiyasini tаqdim qilаdi (аmmо, uni dаrоmаd оlish mаqsаdlаridа qo‘llash mumkin emаs) vа to‘liq (tijоrаt) vеrsiyasi mavjud. 
    • Pаkеtning birinchi vеrsiyasi 3D Studio DOS nоmi оstidа 1990 yildа ishlаb chiqilgаn.

    3ds Max turli koʻrinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch oʻlchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qoʻllaydi, jumladan: poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli boʻlib, murakkab modellar va oʻyinlar uchun maʼlum modellar yaratish uchun ishlatiladi. Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi); Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay; oʻrnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qoʻllash orqali modellashtirish; splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qoʻllash orqali modellashtirish; splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qoʻllash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.

    Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin; Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini yaratadi; Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega; Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab parametrlarga ega ; Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin; PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham; PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.

    3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi. Uning oʻrniga MassFX moduli keldi.

    7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli oʻrnatildi.

    Modellashtirilayotgan narsa ishining soʻnggi bosqichi bu vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan soʻng obyektning barcha xossalari koʻrina boshlaydi va ish davomida oʻrnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon boʻladi. Ungacha esa barchasi juda oddi koʻrinishda koʻrsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik shakllar va turli xil effektlar koʻrinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi koʻrinishini hisoblash ishning qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. VMlarning koʻpchiligi dasturga qoʻshimcha oʻrnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.


    E'TIBORINGIZ
    UCHUN
    RAHMAT!
    Download 0,68 Mb.




    Download 0,68 Mb.