468
Til :
Uzbek va rus tilda ishlaydi
Host kompyuterlar soni: 5ta ga yaqin;
Foydalanuvchilar soni: 10000 dan ko`p;
foydalanuvchisi haftasiga : 100taga oshadi.
Yangilanish: har 3-4 kunda
Google – eng mashhur qidiruv tizimidir
. Shuning uchun dunyoning 20
tilida ishlaydi (Masalan, o`zbek tilida). Siz savolingizni bеrganingizdan so`ng
qidiruv tizimi o`zining ma`lumot jamg`armasidan so`rovingizga mos natijani,
topilgan veb-sahifalarni ro`yxat tarzida taqdim etadi. Ro`yxatning
birinchi
bandlarida so`rovga eng mos kеlgan veb-sahifalar joylashadi. Lеkin, shuni aytib
o`tish kеrakki, turli qidiruv tizimlar har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi, shuning
uchun bitta so`rov bo`yicha turli qidiruv tizimlaridan
har xil natijalar olish
mumkin. Natijalardan tuzilgan ro`yxatning bandiga chеrtilsa, tanlangan veb-sahifa
ochiladi.
Dogpile.com
– meta-qidiruv tizimi. Barchamiz ma'lumot izlab topish
maqsadida qidiriuv tizimlaridan foydalanamiz. Google nomini hozir boshlang'ich
sinf o'quvchisi ham biladi. Internetdan hech ham
foydalanmagan otaxonlar ham
Google degan so'zni televizordan hech bo'lmasa bir marotaba eshitgan. To'g'ri, bu
xizmat juda ommabop va bizning hayotimizni ancha yengillashtirmoqda. Ammo
undan tashqari ham qidiruv tizimlari ham borki, ayrim Google Search qila olmagan
ishlarni bajara olishadi. Google 1998 yilda ish boshlagan bo'lsa,
ungacha Lykos,
Altavista, Yahoo, MSN Search degan internet xizmatlari bo'lgan va ularning
ko'pchiligi hozirda ham xizmat ko'rsatib kelmoqda. Ularning har birining o'ziga
yarasha ustunlik jihatlari bor. Shunday ekan, tarmoq mutaxassislari asosiy qidiruv
tizimlarini o'zida jamlagan meta-tizimlarni ishlab chiqaradilar.
Shunday
xizmatlardan biri Dogpile bo'lib, bitta oynachaning ichiga so'rov kiritib, birato'la
to'rtta qidiruv tizimi (Google, Yahoo, Ask.Com, Bing) natijalarini olishingiz
mumkin. Interfeys ko'tarinki ruhda tayyorlangan. Firma belgisi esa - irg'itilgan
koptok izidan chopuvchi kuchukcha. Hatto qidiruv oynachasi yonidagi tugma ham
shunchaki "Enter" yoki "Go" emas, "Go Fetch" ('Tutib kel!') deb nomlangan.