Vazifani bajarish algoritmini keltiramiz:
1. Kub tomonlariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan
rasmni yuklab olamiz,
a w al ko‘rib chiqilgan ramka uskunasi yordamida (klaviaturada C tugmasini
bosib chaqiriladi) undan 80x80 o‘lchamli qismini kesib olamiz.
2. Yangi tasvir yaratamiz (Ctrl+N). Uning o‘lchamlarini 1000x800 qilib
o‘matamiz.
3. Birinchi tasvirga o‘tib, uni to‘liq ajratib olamiz (Ctrl+A) va nusxalay-
miz (Ctrl+C). Dddnchi tasvirga o‘tib, unga birinchi tasviming ikki nusxasini
joylaymiz (Ctrl+V).
4. Joylangan ikkinchi nusxa ajratilgan holda turibdi. Uni kursomi bosh-
qarish tugmalari yordamida yoki Pyica (Dastak) uskunasini tanlab, birinchi
nusxaning tepasiga olib kelamiz.
5. Bu nusxaning vertikal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni
gorizontal yo‘nalishda -45° ga buramiz.
6
. Tasvirga birinchi rasmning uchinchi nusxasini joylaymiz. Uni birmchi
nusxaning o ‘ng tomoniga dastak uskunasi yoki kursomi boshqarish tugmala-
ri yordamida olib kelamiz.
7. Bu nusxaning gorizontal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni
vertikal yo‘nalishda 45° ga buramiz.
8
. Uchta nusxa joylashgan qatlamlami birlashtiramiz. Buning uchun ular
joylashgan qatlamlami Shift tugmasini bosib turib tanlaymiz va qatlamlami
41
birlashtirish tugmasini bosamiz.
9. Yaratilgan kubni to‘liq ajratib olamiz.
Uning nusxasini olib, tasvirga
joylaymiz. Yangi kubni surib, birinchisi yoniga keltiramiz.
10. To'qqizinchi amalni sakkiz marta takrorlaymiz.
Har safar yangi
nusxani qolganlariga bo‘sh joy qoldirmay zich qilib qo‘shib qo‘yamiz.
11. Qilgan ishlarimizni Ctrl+S qo‘shtugmasi yordamida dastlab
PhotoShop formatida, keyin jpeg formatida saqlab qo'yamiz. Ikkala hujjatni
yopib, PhotoShopda ishlashni tugatamiz.
YODDA SAQLANG!
Tasvirga joylangan nusxa ajratilgan holda qoladi.
Boshqa uskuna tan-
laguncha uni sichqoncha yordamida, yangi joyga o‘tkazish mumkin.