va uning joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boshqa qatlamlaming o ‘mini almash-
tirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib
qo'yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo'lsa, undan keyingi qatlam biroz
ko‘rinib turadi.
Qatlamga niqob qatlam qo'shish mumkin. Qatlamning niqob bilan ber-
kitilgan qismini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o‘zgarti-
rish kerak bo‘lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklami bartaraf qilish
uchun unga korreksion qatlam qo‘shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor
stilni qo'llash uchun ishlatiladi. Bo‘yoq quyish qatlami qatlamning ustidan
bo'yoq quyish uchim ishlatiladi.
Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bun-
day paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan
bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin.
Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tas-
virini to‘liq ajratib (Ctrl+A qo'shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C).
Noutbuk rasmiga o‘tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga
o‘tish uchun uning oynasining ko‘rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish
yetarli. Agar oyna boshqa oynalar bilan to‘liq to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, asosiy
menyuning