Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari




Download 30.37 Kb.
Sana31.12.2019
Hajmi30.37 Kb.
#7039

Informatika va axborot texnologiyalari fani

O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

nomlanishi

O‘rta ta’lim

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi


Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish;

algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

B1

Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;

axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

axborotlashgan jamiyat haqida tasavvurga ega bo‘ladi;

multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;

ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi;

kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi.



B1+

Axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi;

zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi;

o‘zining sohasiga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

B1

Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;

turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;

rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;

turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;

ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;

kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;

web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;

turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;

obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

B1+

Rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;

amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi.

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

B1

Axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;

axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;

axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi.

B1+

Axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANI o‘quv DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
I Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.

Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;

algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;

ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7-sinflarning har birida Informatika va AT -17 soatdan, jami - 51 soat, 8-sinfda Informatika va AT - 34 soat, 9-10-11-sinfda - 68 soat o‘qitiladi. Darslar ikki guruhga bo‘lib o‘tiladi.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.


  1. TK-tayanch kompetensiya

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi




  1. FK-fanga oid kompetensiyalar

  1. FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

  2. FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

  3. FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


5-SINF

(A1: haftasiga 0,5 soatdan, jami ­ 17 soat)

(A1+: haftasiga 1 soatdan, jami-34soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi:

A1

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda biror xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;



muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, hamkorlikda, jamoada ishlay olish.

A1+


axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda ona tilida, xorijiy tillardan birida atamalarning mazmunini tushungan holda uni amalda foydalana olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.



A1+

Ommaviy axborotlardan foydalanib zarur ma’lumotlarni izlab topa olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

doimiy ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.



A1+

doimiy ravishda fan integratsiyasi asosida o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini tahliliy baholay olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish, o‘zining burch va huquqlarini bilish.



A1+

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

Vatanini sevish, insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.



A1+

Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarni tuza olish.



A1+

kundalik rejalarni tuzishda hisob-kitoblarga asoslangan algoritmni sakllantira olish.


Axborotli jarayonlar (7 soat, A1+: 14 soat)

1-mavzu. Kompyuter xonasida havfsizlik qoidalari va sanitariya­gigiyena talablari (1 soat, A1+: 1 soat).

Kompyuterdan foydalanishda xavfsizlik talablari, sanitariya­gigiyena talablari, ko‘z va tana uchun jismoniy mashqlar.


2-mavzu. Informatika fani haqida: informatika fan sifatida; tarixiy ma’lumotlar (1 soat, A1+: 2 soat).

Informatika fan sifatida shakllanishida kompyuterning ahamiyati; bilish jara­yoni bosqichlari haqidagi tarixiy ma’lumotlar.



3-mavzu. Axborot tushunchasi (1 soat, A1+: 2 soat).

Atrofimizdagi axborot, borliq va uning insonga bog‘liqligi haqidagi bilim va uning amaliy tatbiqlari.



4-mavzu. Axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari va qayta ishlash.

(1 soat, A1+: 1 soat).

Amaliy mashg‘ulot (A1+: 1 soat)

Axborot ko‘rinishlari: matnli, grafik, nur, tovush va boshqalar; axborotning qimmatlilik, to‘liqlik, ishonchlilik xususiyatlari; axborotni qayta ishlash tushunchasi.



5- mavzu. Axborotni kodlash haqida dastlabki tushunchalar

(1 soat, A1+: 1 soat).

Amaliy mashg‘ulot (A1+: 1 soat)

Kodlash, qayta tiklash, kod, dekod, kalit tushunchalari.


6- mavzu. Axborot o‘lchov birliklari (1 soat, A1+: 2 soat).

Kompyuterda saqlangan axborot hajmi, axborot hajmining ba’zi o‘lchov birliklari: bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt.



7-mavzu Amaliy mashg‘ulot (1 soat, A1+: 1 soat).

Kodlashga, kompyuterda saqlangan axborot hajmiga, axborot hajmining ba’zi o‘lchov birliklarini hisoblashga oid amaliy mashqlar.



Nazorat ishi (A1+: 1 soat).

Mustahkamlash darsi (A1+: 1 soat).
Kompyuter bilan tanishuv (10 soat, A1+:20 soat)
8-mavzu. Kompyuter tuzilishi. Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, ularning vazifalari (1 soat, A1+: 2 soat).

Sistema bloki, monitor, klaviatura, “sichqoncha”, manipulyator, printer, skaner, web-kamera, mikrofon, tovush kolonkalari.



9-mavzu. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan dasturlar. (1 soat, A1+: 1 soat).

Klaviaturaning tuzilishi va vazifalari, yordamchi klavishlar majmui, funksional klavishlar.



10-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. (1 soat, A1+: 1 soat).

Klaviatura trenajorida amaliy ishlash.



11-mavzu. Kompyuterni boshqarish dasturi. Ish stoli. Menyu. Oyna.

(1 soat, A1+: 1 soat).

Amaliy mashg‘ulot. (A1+: 1 soat)

Operatsion sistema va uning elementlari: Ish stoli, bosh menyu, savatcha, piktogramma, fayl, papka, yorliq haqida tushunchalar.



12-mavzu. Fayl va papkalar. (1 soat, A1+: 1 soat).

Amaliy mashg‘ulot. (A1+: 1 soat)

Kontekst-menyu, fayl va papkalar ustida amallar: hosil qilish, qayta nomlash, o‘chirish, nusxalash, ko‘chirish.



Nazorat ish (A1+: 1 soat)

Mustahkamlash darsi (A1+: 1 soat).
13-mavzu. Grafik va matn muharrirlari haqida tushunchalar (1 soat, A1+: 1 soat).

Matn muharriri va protsessori haqida tushunchalar (A1+: 1 soat)

grafik muharrir interfeysi: menyulari, tasma yoki uskunalari, ranglar majmuyi, imkoniyatlari, izlab topilgan axborotlarni qayta ishlash.



14-mavzu. Grafik muharrir yordamida sodda rasmlar hosil qilish va matn joylashtirish (1 soat, A1+: 2 soat).

Amaliy mashg‘ulot (A1+: 1 soat)

Grafik muharrir uskunalaridan foydalanib rasm chizish, rasmga matnni kiritish.



15-mavzu. Grafik va matn muharrirlari yordamida rasmlarni qayta ishlash (1 soat, A1+: 2 soat).

Grafik muharrirning rasm qismida matnni saqlash, nusxalash, o‘chirish, ko‘chirish, joylash­tirish.



16- Grafik muharrir mavzusiga oid amaliy mashg‘ulot

(1 soat, A1+:2soat).

Grafik muharrir yordamida rasm hosil qilish, unga matnlar joylashtirish va tahrir qilish


O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi:

A1

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda biror xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay oladi;



muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, hamkorlikda, jamoada ishlay oladi.

A1+


axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda ona tilida, xorijiy tillardan birida atamalarning mazmunini tushungan holda uni amalda foydalana oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi, saralaydi, saqlay oladi va ulardan foydalana oladi.



A1+

Ommaviy axborotlardan foydalanib zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

doimiy ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirib boradi, o‘z hatti-harakatini baholay oladi.



A1+

doimiy ravishda fan integratsiyasi asosida o‘zini o‘zi rivojlantirib boradi, o‘z hatti-harakatini tahliliy baholay oladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunadi, o‘zining burch va huquqlarini biladi.



A1+

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

Vatanini sevadi, insonlarni hurmat qiladi, odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi.



A1+

Vatanini sevadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘ladi, odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarni tuza oladi.



A1+

kundalik rejalarni tuzishda hisob-kitoblarga asoslangan algoritmini sakllantira oladi.


O‘quvchilarda fanga oid shakllangan kompetensiyalar elementlari.

  1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

A1

informatika fani va uning rivojlanish tarixini biladi;

kompyuterni to‘g‘ri ishga tushiradi va o‘chira oladi;

kompyuterda ishlashda havfsizlik qoidalari va gigiena talablariga rioya etadi; operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;

axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi.

sodda grafik, matn muharriri (Bloknot, WordPad) va uning imkoniyatlarini biladi;

matnli rasmlarni va grafik axborotlarni saqlaydi, o‘zgartiradi va foydalana oladi.

A1+

axborotlarni kodlashga doir sodda misollar keltira oladi, amaliy mashqlarni bajara oladi;

kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari hamda ularning vazifalarini biladi, ulardan foydalana oladi;

matn muharirini (Bloknot, WordPad) imkoniyatlarini amalda qo‘llay oladi.

matn muharriri va protsessorining farqini biladi


  1. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

A1

sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi hamda matn joylashtiradi;

grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi.

A1+

sodda grafik muharriri yordamida murakkab bo‘lmagan rasm va tasvirlar chiza oladi, ular ustida grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi.

matn muharriri (Bloknot, WordPad) yordamida matn tayyorlaydi va rasmga joylashtira oladi, ekran suratini matnga joylashtira oladi, ularni tahrir qilish imkoniyatlarini qo‘llay oladi.

matn muharriri va protsessorining imkoniyatlarini biladi.



  1. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

A1

axborot tashuvchi vositalaridan foydalana oladi;

axborot uzata oladi, axborot uzatishda odob-axloq me’yorlariga rioya qiladi.

A1+

maxsus dastur yoki usul yordamida lokal tarmoq orqali turli shaklda saqlangan axborotlarni qayta ishlay oladi.
Nazorat ishi (A1:1 soat, (A1+ : 1soat) ).

Mavzularni o‘rganish uchun- A1: 13 soat, A1+:11 soat.

Nazorat ishlari uchun- A1:1 soat, A1+:1 soat.

Amaliy mashg‘ulot- A1:3 soat, A1+:6 soat.

Mustahkamlash darsi- A1+: 2 soat.

Jami- A1: 17 soat, A1+:34 soat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 390-sonli qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish to‘g‘risida” gi ПП-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

10. М. Н. Бородин. Информатика, УМК для основной школы 5 – 6 классы, 7 – 9 классы. Методическое пособие для учителя. БИНОМ. Лаборатория знаний, 2013. http://www.Lbz.ru.



  1. “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusidagi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 13 avgust.

  2. “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 14 dekabr.

  3. “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 26 aprel.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy guruh a’zolari




F.I.Sh.

Ish joyi

Imzo

1.

Mamarajabov Mirsalim

Elmirzaevich



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi,p.f.n., guruh rahbari




2

Pardaeva Mehriniso

Daniyorovna



Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari




3

Azlarov Turg‘un

Rahmatovich



Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi, p.f.n, dotsent, O‘zbekiston Qahramoni




4

Zokirova Feruza Maxmudovna

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet dekani p.f.d., professor




5

Baxramov Anvar Axrarovich

A.Avloniy nomidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti prorektori p.f.n.




6

Karimov Baxtiyor

Raufovich



Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabi Informatika fani o‘qituvchisi




7

Boltaev Bahodir

Jalalovich



Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i, f-m.f.n




8

Azamatov Axat

Raxmatovich



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi, f-m.f.n





Download 30.37 Kb.




Download 30.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Download 30.37 Kb.