67
Qisqa nazariy ma’lumot:
CorelDRAW xozirda eng ko’p tarqalgan vektorli grafik muharrirlardan biri hisoblanadi.
Ishlatish
va sozlash qulayligi, tarkibiga kiritilgan ko’plab effektlar to’plami foydalanuvchilarni bu
dasturni ishlatishga yanada ko’proq jalb qilmoqda. Dastur interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning
asosiy imkoniyatlari haqida tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi.
CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli - bu dasturda ko’proq
amaliy
ishlashdir. Dasturni endi o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar katta miqdordagi murakkab
ma‘lumotlarni o’zlashtirmasdan ham kompyuter grafikasi olamiga kirishib ketishi mumkin.
Corel kompaniyasi CorelDRAW Graphics Suite dasturlar to’plamini
rivojlantirish yo’lida ko’plab ishlar olib bormoqda, CorelDRAW Graphics Suite
X3/X4
dasturlar
to’plamlari
shular
jumlasidandir.
Kompaniya
mutaxassislarining ta‘kidlashicha, bu dasturlarda o’nlab sezilarli o’zgarishlar
va yuzlab qo’shimchalar kirirtilgan.
Bu o’zgarishlar dasturni haqiqatdan ham yanada
yaxshilanishiga olib keldi, ayniqsa dasturni endi
ishlatishni boshlagan foydalanuvchilar uchun qulayliklar ko’paydi.
2005 yil CorelDRAW foydalanuvchilari uchun alohida ahamiyatli bo’ldi.
Dasturning birinchi
rasmiy ruscha versiyasi-CorelDRAW Graphics Suite 12 Russian Edition dasturlar to’plami ishlab
chiqarildi.
CorelDRAW dasturi ishlab chiqaruvchilari ham
odatda pikselli tasvirlarni
dpi
larda
o’lchashadi, shuning uchun ushbu qo’llanmada ham o’lchovlar
dpi
larda beriladi.
CorelDRAW dasturi asosan vektorli tasvirlar yaratish va ular bilan ishlashga mo’ljallangan
bo’lsada, unda rastrli tasvirlar bilan ham ishlash mumkin.
Vektorli tasvir deb, faqat yaqqol ajratilgan nuqta (tugun)lar va bu nuqtalarni qandaydir qonunlarga asosan
tutashtiruvchi chiziqlarlardan tashkil topgan tasvirga aytiladi.
Vektorli figuralar bo’yalgan (ichki tomondan) qism va chegaraga (tashqi tomondan o’rab
turuvchi bo’yalgan chiziq) ega bo’lishi mumkin (2.1- rasm).
chegara
bo’yalgan qism
2.1-rasm.Vektorli tasvirning ichki va tashqi qismlari
CorelDRAW dasturida
yaratilgan hujjatlarda
OLE
(
Object Linking and Embedding
—
ob‘yektlarni bir-biriga bog’lash va joriy qilish) texnologiyasi orqali yaratilgan maxsus ob‘yektlar ham
ishlatilishi mumkin. Bunday ob‘yektlarni o’zgartirish uchun, ob‘yekt ustiga
ikki marta sichqoncha
chap tugmasini bosish orqali bu ob‘yekt yaratilgan dasturni ochib o’zgartirish mumkin.