74
HOLATLAR SATRI
Holatlar satrida ayni vaqtda aktiv yoki belgilangan ob'yektlarga mos ma'lumotlar ko’rinadi.
Masalan, ob'yektlarni belgilash asbobi tanlanib to’g’rito’rtburchak ob'yekti tanlangan bo’lsa
holatlar
satri quyidagi ko’rinishda bo’ladi (2.11-rasm).
Ob'yekt o'lchamlari va
uning markazi
koordinatalari
Ob'yekt tipi va u
joylashgan qatlam
nomi
Bo'yash rangi
Sichqoncha
ko'rsatkichining joriy
koordinatalari
Ayni vaqtda aktiv bo'lgan
asbob
uchun foydali
ma'lumotlar
Ob'yekt tashqi
chizig'i rangi
Ob'yekt tashqi
chizig'i qalinligi
2.11-rasm. Holatlar satri
Holatlar satrining chap yuqori qismida ob'yektning geometrik o’lchamlari (Ширина, Высота)
va bu ob'yekt markazining koordinatalari (Центр), panelning yuqori markazida Ob'yekt
tipi va u
joylashgan qatlam nomi ko’rinadi. Panelning o’ng tomonida bo’yash rangi va tashqi chiziq rangi va
qalinligi ko’rinadi. Panelning chap pastki qismida sichqoncha ko’rsatkichining
joriy koordinatalari
ko’rinsa, pastki markazda ayni vaqtda aktiv bo’lgan asbob uchun foydali ma'lumotlar ko’rinadi.