90
8-LABORATORIYA ISHI.
MA’LUMOTLAR BAZASINI TO`LDIRISH.
MA’LUMOTLARNI FORMALAR YORDAMIDA KIRITISH.
MA’LUMOTLAR BAZASIDAN SO`ROVLAR VA
GURUXLANTIRILGAN HISOBOTLAR HOSIL QILISH
.
Ishning maqsadi
. Ma’lumotlar bazasi Access dasturida ishlashni o’rganish,
ma’lumotlar
bazasini to`ldirish, so`rovlar va guruxlantirilgan hisobotlar hosil qilish.
Kerakli jihozlar
: Kompyuter, MS Access dasturi.
Masalaning qo’yilishi:
1.
Ma’lumotlar bazasini to`ldirish.
2.
Ma’lumotlarni formalar yordamida kiritish.
3.
Ma’lumotlar bazasidan so`rovlar va guruxlantirilgan hisobotlar hosil
qilish.
Qisqa nazariy ma’lumot:
Har qanday samarali axborot tizimi uning qanday sohaga yoki yo‘nalishga bag‘ishlanganidan
qat‘iy nazar,
foydalanuvchilarni aniq, o‘z vaqtida olinadigan hamda bajarilayotgan ishlarga mos
ma‘lumotlar to‘plami bilan ta‘minlab berishi lozim. Bunday ma‘lumotlar komp‘yuterda mavjud
bo‘lgan xilma-xil turdagi fayllar va qurilmalarda yig‘iladi. Komp‘yuterning
amaliy dasturiy tizimi
ma‘lumotlarini bitlar, baytlar, maydonlar, yozuvlar, fayllar, fayllar va ma‘lumotlar
bazalari
ko‘rinishida tashkil qiladi hamda saqlaydi. Keyinchalik foydalanishda tushunarli bo‘lishi uchun bu
tushunchalarga qisqacha izoh berib o‘tamiz:
Maydon – simvollarning so‘zlar, so‘z guruhlari, sonlar ko‘rinishida ifodalanishi bo‘lib,
ma‘lumot bazalarida ular jadval ustunlariga mos keladi;
YOzuv
– bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlar to‘plami bo‘lib,
ular jadvallar sifatida
ifodalangan ma‘lumot bazasi jadvalining qatorlariga mos keladi;
Fayl – bir xil turga mansub yozuvlar guruhi bo‘lib, ular ma‘lum bir nom berilgan ma‘lumotlar
to‘plamiga mos keladi;
Attribut
– ma‘lumotlar bazasining ma‘lum bir ob‘ektini aniqlab beradigan ma‘lumot bo‘lagi.
Kalit maydonlari – yozuvdagi biror bir ma‘lumotni o‘ziga xos tarzda aniqlab beradigan bir
ma‘lumot yozuvlari yangilanishi, tarqatilishi yoki uzatilishi mumkin.
Kalit maydon ikkita jadvalning o‘zaro bog‘lanishini aniqlab beradigan
va bu ikkala jadval
uchun umumiy bo‘lgan maydondir.
Quyida ma‘lumot bo‘laklarining ierarxiyasini sxematik ravishda ko‘rish mumkin:
Quyidagi yozuvda TALABNOMA deb nomlangan ob‘ekt va uning attributlari keltirilgan.
TALABNOMA ni tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar uning raqami, sanasi, mahsulot nomeri,
mahsulotning soni va uning miqdoridir. Talabnoma raqami kalit maydoni bo‘lib
xizmat qiladi,
chunki har bir talabnoma o‘z unikal identifikatsion (aniqlanish) raqamiga ega. Demak, ob‘ektning
talabnoma raqami (ya‘ni kalit maydoni) orqali u ma‘lumot bazasining boshqa ob‘ektlari bilan
91
bog‘lanishi, ularga ma‘lumotlar uzatishi mumkin va o‘zaro turli xil ma‘lumotlar almashinish
imkoniyatiga ega. Ma‘lumot bazasini tuzish va u bilan ishlay boshlashdan avval
albatta kalit
maydonlarini aniqlab olish zarur, chunki bu ish ob‘ektlarning o‘zaro aloqasini ta‘minlab beradi.