• Matn parametrlari
  • “Formatlash”
  • Informatika va hisoblash texnikasi asoslari




    Download 27.67 Kb.
    bet2/3
    Sana28.02.2022
    Hajmi27.67 Kb.
    #18199
    1   2   3
    Bog'liq
    Hujjatlarning asosiy parametrlari
    магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning
    Sahifa parametrlari
    Biror hujjat tayyorlashda avvalo u qanday o'lchamdagi qog'ozga chop etilishi belgilab olinadi. Shunga ko'ra sahifa oichamlari tanlanadi. Buning uchun „Fayl” menyusiga kiriladi. Fayl menyusi amallari ketma-ketligdan „Sahifa parametrlari" (Параметры страницы) amali tanlanadi. Ekranda „Sahifa parametrlari" muloqot oynasi paydo bo'ladi. U to'rtta ilova (amallar majmuyi) dan iborat. Ulardan „Qog`oz o'lchamlari” (Размер бумаги) ilovasi tanlanadi. Bu ilova orqali sahifaning eni (kengligi) va bo'yi kiritiladi yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi.
    Shundan so`ng “Hoshiya” (Поля) amalining “Yo`nalish” (Ориентация) bo`limida sahifa yo'nalishi belgilab olinadi. U kitob sahifasi (книжная) yoki albom sahifasi (альбомная) kabi bo'lishi mumkin.
    Sahifa o'lchamlari tanlangach, sahifaning hoshiyalari belgilanadi. Buning uchun sahifa parametrlari oynasidagi „Hoshiya" (Поля) ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o'ng tomonlaridan qancha joy qoldirilishi ko'rsatiladi. Shu ilovaning “Namuna” (Образец) qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks etib turadi. Biror parametr o'zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol o'zgaradi.
    Sahifa o'lchamlari va hoshiyalar o'rnatilgach, „Sahifa parametrlari” muloqot oynasidagi „OK" tugmasi („sichqoncha" yordamida) bosiladi yoki “Enter” tugmasi bosiladi.
    Matn parametrlari
    Shundan so’ng matn parametrlari (shrift turi, shrift o'lchami, abzas chekinishi, satrlar orasidagi masofa) belgilab olinadi.
    Kerakli shriftni tanlash uchun „Format" menyusiga kirib, “Shrift ...” bo`limi tanlanadi. Ekranda „Shrift" muloqot oynasi hosil bo'ladi.
    „Shrift" oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi: Masalan, Times New Roman. Tanlangan shrift nomi shriftlar ro’yxatining yuqorisida joylashgan maxsus darchada aks etadi. “Shakl" (Начертание) oynasida berilgan shriftning „Oddiy”, “Og'ma”, “Qalin”, “Qalin og'ma” ko'rinishlaridan birini tanlaymiz. Masalan, „Oddiy" (Обычный).
    „O'lcham” (Размер:) oynasidan shrift o'lchamini tanlaymiz. Masalan, 12. Shrift rangini tanlash uchun „Matn rangi" darchasining o’ng tomonidagi tugma (pastga qaragan strelka) bosiladi. Ekranda bir qancha rangli kvadratchalar hosil bo'ladi. „Sichqoncha" yordamida shu ranglardan biri tanlanadi. Masalan, qizil. Shrift turi, shakli, o'lchami va rangi tanlab bo'lingach, „Shrift” muloqot oynasidagi „OK" tugmasi yoki “Enter” tugmasi bosiladi.
    Shrift turi va uning o'lchamini “Formatlash” uskunalar panelidan ham tanlash mumkin.

    Download 27.67 Kb.
    1   2   3




    Download 27.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va hisoblash texnikasi asoslari

    Download 27.67 Kb.