INGLIZ TILI FANINI O’QITISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O’RNI VA
MOHIYATI
Rahimberdiyeva Xilola Mirtolobovna
Toshkent shahar Olmazor tumani
243-umumiy òrta ta'lim maktabning Ingliz tili fani òqituvchisi
Annotatsiya: Multimedia vositalari asosida dars o‘tish ta`lim
samaradorligini oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, ulardan amaliyotda
erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarni shakllantirishi haqida fikrlar
bildirilgan.
Kalit so’zlar: multimedia, animatsiya, innovatsion, kommunikatsiya,
raqamli o‘quv resurs, audio, vedio, grafika, kompetentlik,
O‘zbekiston milliy ta`lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini
qo‘llash tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon
talabidir. Bugungi kunda ingliz tili ta`limi sifatu va samaradorligini oshirishda
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonaviy texnologiyalaridan
samarali foydalanish asosiy omil hisoblanmoqda. “Multimediali darslar”dan
foydalanish ingliz tili dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini
beradi. Multimedia yoki raqamli o‘quv resurslari o‘quvchilarga axborotni
qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlovchi turli
xil media elementlaridan
foydalangan holda aqliy tasavvurlar bilan yaxshi munosabatda
.
bo‘lishga
yordam beradi. Ta`lim uchun multimediadan foydalanish bo‘yicha
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rasm va so‘zlarni birlashtirishgan
o‘quvchilarda faqat so‘zlardan foydalanadiganlarga qaraganda ko‘proq
ijobiy natijalar kuzatilgan.[2] Ingliz tili fani o‘quvchilari uchun o‘qitish va
o‘rganish jarayonida multimedia qo‘llash vositalarining ba`zi afzalliklari
quyidagicha umumlashtiriladi: 1. Mavhum tushunchalarni aniq tarkibga
aylantirish qobiliyati 2. Cheklangan vaqt ichida katta hajmdagi
ma`lumotlarni kamroq harakat bilan taqdim etish qobiliyati 3. Qobiliyatli
o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish 4.
O‘qituvchiga o‘quvchilarning ta`limdagi pozitsiyasini
bilish qobiliyatini
beradi. Multimedia vositalari pedagogik nuqtayi nazaridan boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter
asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Shu orqali, o‘quvchilarda ta`lim
jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Shu sababdan boshlang‘ich sinf darslarini o‘rganishda rivojlantiruvchi
muammoli va pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o‘zida
ifodalovchi “Multimedia-dars”, “Slaydli dars”, “Seminar dars” kabilarni
qo‘llash tavsiya etiladi. Seminar dars o‘quvchilarning mustaqil chiqishlarini
jamlovchi, lozim topilgan paytda munozaraga asos yaratuvchi dars
hisoblanadi. Bunday darslarda o‘qituvchi boshqarib, yo‘naltirib
turish
vazifasini bajaradi, o‘quvchilar esa mustaqil ijodiy ishlovchi o‘z fikriga ega
shaxs sifatida o‘quv faoliyatiga kirishadilar. “Multimediali darslar” dan
foydalanish ta`lim dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini
beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi: - O’quv materialini ko‘rgazmali taqdim
etadi; - Yangi materialni jadallik bilan yetkaza oladi; - Axborotlar tezligi va
hajmini animatsiyalar ko‘magida boshqara oladi;[1] Ingliz tili ta`limda
multimedia texnologiyasining barcha fanlar kesimida keng ko‘lamda
qo‘llanilishi natijasida ta`lim tizimining sifatiga ta`sir ko‘rsatish tushuncha va
bilimlarni tezroq o‘zlashtirishini ta`minlab beradi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ona tili fanidan o‘rganiladigan o‘quv materiallarini
osonlashtirish maqsadida o‘quv materiallari bir-biri bilan bog‘liq qismlarga
ajratiladi, so‘ngra ta`limni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish uchun
vazifalar ketma-ket bajarilishi rejalashtirilgan bo‘ladi. Masalan, ona tilidagi
maktab so‘zi dastlab ikki bo‘g‘inga mak-tab, so‘ngra tovushlarga
m,a,k,t,a,b ajratiladi. Ushbu tovushlarning birikishidan mak birinchi bo‘g‘in,
tab ikkinchi bo‘g‘in hosil bo‘ladi va bu bo‘g‘inlar birikib maktab so‘zi hosil
qilinadi. Bu bilan ingliz tili darsi o‘quvchilarining so‘z boyligi oshib, nutqida
maktab so‘zining mazmun-mohiyatini, maktabning ta`lim beruvchi maskan
ekanligi, o‘quvchilar maktabda o‘qish va tarbiya
topadigan joy ekanligi
to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.Bunda monitor ekranida maktabning
umumiy ko‘rinishi, maktab atrofida gullarning ochilib turishi, xush kelibsiz,
degan so‘zning maktab peshtaxtasiga yozib qo‘yilganligi, bolalarning
maktabga sumkalarini ko‘tarib borishlari monitor ekranida harakatlar bilan
namoyish etilishi qiziqarli tarzda kechadi. Muhim tomoni shundan iboratki,
ushbu texnologiyada o‘rganilayotgan o‘quv materiallari multimedia
asosida bajariladi. Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez
sur`atda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta`lim muassasalarida ta`lim-
tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa, “...til
ta`limning
sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o‘quv dasturlari,darslik va
qo‘llanmalarni
takomillashtirish,
ilg‘or
pedagogik
va
axborot-
kommunikatsiya-texnologiyalarini keng joriy etish masalalari” bugungi
kunda ingliz tili ta’lim tizimida ayniqsa, ona tili ta`limida dolzarblik kasb
etmoqda.[3] Ona tili ta`limini audio, vedio
va multimediali vositalar
yordamida amalga oshirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirish innovatsion faoliyatlardan biri sanaladi. Hozirgi kunda ko‘plab
rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta`lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha
multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto, har bir oila
multimedia vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini o‘qitish samarasi an`anaviy usulga qaraganda 2 barobar
unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim
olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib,olingan bilimlar esa
xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan
materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%
gacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, vedio
va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni
xotirada saqlab qolish 75% ortadi.[4] Bunga multimedia vositalari asosida
chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni
aytish lozimki, boshlang‘ich ta`limning
sifat va samaradorligini rivojlantirishda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi
va o‘qimishlilik darajasi, bolalar psixologiyasi, zamonaviy pedagogik
axborot texnologiyalarini puxta bilishi muhim ahamiyatga ega. Shu
sababdan, hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi mutaxassislarning
birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta`lim samaradorligini
oshirish uchun kutilgan natijalarni berishini unutmasligimiz kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogical technology and pedagogical
skills.-T .: Science, 2006
2.
Measuring student attendance based on multimodal
biometrics in education management systems. IEEE International
Multimedia Symposium (2009), pp. 699- 744.