|
Integratsion ta’lim va ijtimoiy realibilitatsiya
|
bet | 16/78 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 329,17 Kb. | | #112808 |
Bog'liq Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)33Integratsion ta’lim va ijtimoiy realibilitatsiya
Ijtimoiy reabilitatsiya - insonning ijtimoiy mu xit da faoliyat yuritish kobiliyatini tiklashga karatilgan jarayon - texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga karatilgan chora- tadbirlar majmuasini ilgari suradi. Bolaning jamiyatda ijtimoiy moslashuviga, uning ijtimoiy maqomini qayta tiklashga, yo`qotilgan munosabatlarni qayta tiklashga karatilgan faoliyat turi bo`lib, insonning ijtimoiy muxitda faoliyat yuritish kobiliyatini tiklashga karatilgan chora-tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi. Integratsiya - bu alohida ehtiyojli talabalar umumiy ta'limga singib ketish jarayoni. Shuning uchun, ta'limga bo'lgan bunday yondashuvda, asosiy ta'limga moslashishga e'tibor qaratiladi. Garchi bu yondashuv alohida ehtiyojli o'quvchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo'lsa-da, bu talabalarning tuzilishi va munosabati tufayli ularning markirovkasini oshirishi mumkin. Bu bola ta'limining rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Integratsiyalashuvda har xil texnikalar , xizmatlar va moslashish usullari qo'llaniladi. Asosan, bu o'quvchining umumiy ta'limga moslashishiga yoki unga moslashishiga yordam beradigan juda rasmiy tuzilmalar. Ko'rib turganingizdek, integratsiya inklyuziyadan juda farq qiladi. Ta'lim nutqida, ekspertlarning fikricha, ta'limga qo'shilishning afzalliklari ta'lim integratsiyasiga qaraganda ancha katta. Inklyuziya va integratsiya - bu ta'limga tegishli ikkita atama. Inklyuziya va integratsiyaning farqi shundaki, integratsiyalashuvda alohida ehtiyojli bola umumiy ta'limga qabul qilinadi, lekin shu bilan birga, bu amalga oshmaydi. Bu ikkala metodologiya ham dunyodagi turli bolalarga samarali ta'lim berish uchun zarurdir.
34Inklyuziv ta’limning butun jahonda etirof etilishining mohiyati
Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o’rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo’lsak, barcha maktablar eshigiga o’quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko’tarila olmaydilar, hatto qo’ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , eshiklardan ham sog’lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o’tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o’rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo’lishi kerak. O’qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo’lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bo’lmaydi. Bunda o’quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o’rganishlari kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og’zaki informatsiyani olishlari kerak. O’quv rejasini bunday differensiyalash o’qituvchilarda o’z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o’qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o’quv rejasiga qattiq talab qo’yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug’dirishi mumkin. “Bolalarni qutqaring” (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to’siqlarni xalq ta’limi tizimi va maktablarga qo’yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo’yayotgan davlatimizda bunday to’siqlarni o’z-o’zini boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahallalarda hal etish mumkin. E’tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag’ masalasi (3), sharoitga moslashmaslik (4), kambag’allik (5), sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi (6), kamsitish (7), qaramlilik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to’siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo’ladi, yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval asosida shunday taqsimlash mumkin (sxemaga qarang). Bir qancha davlatlar tajribasi, jumladan, Norin (Qirg’iziston) va Qo’qon shaxarlaridagi inklyuziv ta’lim loyihasining tajribasi maxsus ehtiyojli bolalarni sog’lom tengqurlari bilan birgalikda o’quv-tarbiya ishlarida har tomonlama faol ishtirok etishlari mumkinligini tasdiqladi.
|
| |