Inklyuziv talimda kadrlar masalasi




Download 329,17 Kb.
bet14/78
Sana06.12.2023
Hajmi329,17 Kb.
#112808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

33.Inklyuziv talimda kadrlar masalasi
Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o‘rin egallaydi. Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog‘lom va alohida ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida olib borishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik yordam ko‘rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi. Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim. Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo‘lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog‘lig‘ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi. Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘lishi mumkin.

Download 329,17 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Download 329,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inklyuziv talimda kadrlar masalasi

Download 329,17 Kb.