"Innovations in Science and Technologies" ilmiy-elektron jurnali




Download 470,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.05.2024
Hajmi470,25 Kb.
#256345
Bog'liq
“ILK QADAM” DAVLAT O’QUV DASTURI ASOSIDA BOLALAR MEHNATINI TASHKIL



16 
“Innovations in Science and Technologies” ilmiy-elektron jurnali
“ILK QADAM” DAVLAT O’QUV DASTURI ASOSIDA BOLALAR 
MEHNATINI TASHKIL ETISHDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIKA
MAZMUNI 
Asadova Feruza 
Baxmal pedagogika kolleji
maktabgacha ta’lim o‘qituvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 
bolalar mehnatini tashkil etishda foydalaniladigan didaktik vositalar mazmuni 
haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim ,mehnat , maktabgacha yosh,ta’lim, 
tarbiya
vosita dikdaktika
KIRISH.
Hozirgi kunga qadar mamlakatimizda har tomonlama yetuk, 
ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalshga qaratilgan zamonaviy maktabgacha 
ta’lim tashkilotini tashkil qilish bo’yicha juda ko‘p chora tadbirlar amalga oshirilib 
kelmoqda.Xususan: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan 2017 yil 9 -sentabrda qabul qilingan PQ-3261-sonli Maktabgacha ta’lim 
tizimini tubdan takomillashtirish chora–tadbirlari to’g’risidagi qarorida 
“Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun 
kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg’un rivojlangan 
shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega” ekanligi aytib o’tilgan.
1
ADABIYOTLAR TAHLILI.
Taqdqiqot mobaynida mamlakatimizda ta’lim 
tarbiya sohasida ish olib borgan olimlari Z.Nishonova, F.Qodirova, 
Vigotskiy,Yashina va Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh boshqalar o’z ilmiy –tadqiqot 
ishlarida shu yo’nalish bo’yicha katta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo’ldik.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasini shakllantirish ham 
muhim vazifalardan hisoblanadi.Hozirgi kunda shoir va yozuvchilarimiz tomonidan 
mehnat tarbiyasiga katta e’tibor berilib mehnatsevarlikni ulug’laydigan va 
dangasalikni qoralaydigan hikoya va sh’erlar ko’plab yozilmoqda. “Ilk qadam“ 
dasturida bolalarning va tarbiyachi pedagoglarning erkin ijodiy faoliyatiga keng yo’l 
ochilganligini ta’kidlashimiz lozim. Rang barang faoliyatlar davomida bola ongli 
ravishda shakllanishini inobatga olgan holatda hamda ularning kayfiyatlari hamda 
qiziqishlari tez-tez o’zgarib turishini hisobga olib aynan ushbu “Ilk qadam” o’quv 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 9- sentabrda qabul qilingan PQ-3261-
sonli. 


17 
“Innovations in Science and Technologies” ilmiy-elektron jurnali
dasturida rejalashtirilgan ta’lim faoliyatalari integratsiyalashgan o’quv jarayonlari 
bugungi kun bolalarining barcha ehtiyoj va bilishga bo’lgan chanqoqliklarini 
qondirishda ahamiyatlidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil etishda 
‘Ilk qadam o’quv dasturining ta’limiy asoslari
2
haqida fikr yuritadigan bo’lsak 
dasturining ta’limiy jarayonni mavzuviy rejalashtirish deb nomlangan ilovasida 
barcha faoliyat turlari bilan bir qatorda mehnat faoliyatiga ham alohida o’rin 
berilgan bo’lib kun tartibining sayr qisminig tarkibida tabiatdagi kuzatuv 
jarayonidan keyin amlaga oshiriladi.Bizga ma’lumki bolalar mehnatini tashkil 
etishda o’z-o’ziga xizmat mehnati alohida ahamiyatli bo’lib, bunda tarbiyachi 
rahbarligida bolalar o’zlarining kiyimlarini kiyib yechish ,shkafga tartib bilan ilib 
qo’yish,mashg’ulotda esa o’z qalamini archishi, kerakli jihozlarni rivojlantiruvchi 
faollik markazlardan topib ishlatishi va boshqa harakatlar kiradi.Bolalar uchun aslida 
har bir faoliyat mehnat hisoblanadi.Tarbiyachi pedagogning vazifasi esa har bir 
tarbiyalanuvchida mehnat tarbiyasini tarkib toptirishdan iborat bo’lib buni kun 
davomida izchil ravishda amalga oshirib boradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha mehnat turlarini o’rgatish muhim 
hisoblanadi.Shu jumladan tabiatdagi mehnat bolalarning har tomonlama 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib o’simlik va hayvonlar, yil yil fasllari 
va jonsiz tabiat to‘g‘risidagi bilimlar manbai,bolalarda mehnatsevarlikni,tabiatga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash vositasidir. Shu bilan 
birga bolalar mehnatning bu turi bilan tuproqni yoqishga tarbiyalash va 
o‘g‘itlash,ko‘chatni o`tkazish, o`simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir 
qancha mehnat malaka va ko`nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq 
havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog`ligini 
mustahkamlaydi. Mehnat tarbiyasi, avvalo,oilada bola o‘zini anglay boshlashi 
bilanoq amalga oshirila boradi. Shunday qilinmasa, bola faqat iste’molchiga aylanib 
qoladi va natijada u dangasa ,ishyoqmasgina emas, ma’naviyati kemtik shaxs ham 
bo`lib shakllanishi mumkin.Tarbiyachi mashg‘ulotlar davomida bolalarga 
insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanishi haqida 
ma’lumotlar berib borishi va kattalar mehnati bilan tanishrib borishi lozim. Ular 
ongiga mehnatning vazifasi ahamiyati va hayotning muhim sharti ekanligi hamda 
mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgisi sifatida tushuncha 
berib borishi kerak. Tarbiyachi bolalarga mehnat jarayonida insonlar tabiatni ham 
oʻz maqsadiga ko’ra boʻysundirishini cho‘llarning bo‘stonga aylanib borayotganligi 
misolida tushuntirib, yetkazib bera olish lozim.
2
Takomillashtirilgan Ilk qadam davlat o’quv dasturi 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnom 


18 
“Innovations in Science and Technologies” ilmiy-elektron jurnali
O‘zbekiston vatanimiz rivojlanishi taraqqiy etishida bolalarni mehnatsevar va 
kattalar mehnatiga hurmat munosabatida bo‘lishga o‘rgatish bilan masalasi borgan 
sari chuqurlashib borishi ma’lum bo‘lmoqda.MTT pedagoglaridan hozirgi kunda 
mehnatning yangi turlari yuzaga kelayotganligini,ular mustaqil vazifaga ega 
ekanligini mashg‘ulotlar davomida ongiga singdirib borishi talab etiladi. boʻladi. 
Mehnatdagi ixtisoslashuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar 
toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari oʻzgartiriladi. Bolalarda mehnatni 
tashkil etishda avvalo mehnat tarbiyasi turlarini o‘rgatish muhim 
hisoblanadi.Mehnat tarbiyasi berish mobaynida ijodiy ishlarga yo‘naltirish 
jarayonlarining ham o‘rni katta. Chunki bu jarayonlarda bolalar bevosita tegishli 
mehnat ko‘nikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qo‘llash bosqichini 
o‘taydilar.Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yo‘nalishi o‘ziga 
muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’limi imkon 
qadar xilma-xil bo‘lishi hamda bolalalarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari muvofiq 
kelishi 
zarur.
Mehnat 
tarbiyasi–bolalarga 
mehnatning 
mohiyatini 
chuqur 
anglatish,u
larda mehnatga ongli munosabat, shuningdek muayyan ijtimoiy foydali 
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat 
jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Bolalarda 
mehnatga ongli munosabatni shakllantirish, shuningdek mehnat orqali bolani har 
tomonlama rivojlantirish, ma’naviy –axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, kelajakdagi 
mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularda mehnat qilish xohishini 
singdirish ham alohida ahamiyatga ega.
Xulosa. 
Yosh avlodda mehnat tarbiyasini qaror toptirish va ularni zamonaviy 
ishlab 
chiqarishning 
tirli 
sohalarida
faoliyat 
yuritishga 
tayyorlash,tarbiyalanuvchilarda mehnat istagini jamiyat manfaatlari yo’lida mehnat 
qilishga ehtiyojni hosil qilish , bolalarni o’zlarini mehnatga o’rgatish. Maktabgacha 
yoshdagi bollarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida ishlab 
chiqilgan. “Ilk qadam” o’quv dasturida mehnat tarbiyasiga alohida urg’u berilgan 
bo’lib tarbiyachining ish jurnalida mehnat qismini yuritishda mehnat tarbiyasini 
shakllantirish vazifalari amalga oshiriladi.Bolalarga mehnat faoliyatining asosiy 
tarkibiy qismlari bilan tanishtirish,mehnatning maqsadi uning ijtimoiy ahamiyatini 
tushuntirish,mehnat materiallarini tanlashga o’rgatish ketma ket amalga oshiriladi. 
ADABIYOTLAR 
1. Takomillashtirilgan Ilk qadam davlat o’quv dasturi 2022-yil 4-fevraldagi 1-
sonli bayonnomasi 


19 
“Innovations in Science and Technologies” ilmiy-elektron jurnali
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent, O’zbekiston, 2017 yil, 488 bet.
3. D.Q. Asqarova “Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” o‘quv 
qo‘llanma Toshkent-2020 11-b
4. Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Toshkent: A.Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
5.Qodirova F.,Toshpo‘latova Sh., A’zamova M. Maktabgacha
pedagogika.Toshkent: “Ma’naviyat”, 2013 

Download 470,25 Kb.




Download 470,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Innovations in Science and Technologies" ilmiy-elektron jurnali

Download 470,25 Kb.
Pdf ko'rish