|
Innovatsion menejmentga ilmiy yondashuvlar
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 403,41 Kb. | | #228316 |
Bog'liq SM 50 Qahhorov Jonibek Innovatsion menejmentga ilmiy yondashuvlar Innovatsion menejmentga ilmiy yondashuvlar. Innovatsiyalarda boshqaruv qarorlari intuitiv (ichki ovozga quloq solgan holda) holda yoki ilmiy yondashuv asosida qabul qilinishi mumkin. Intuitiv usul vaziyatni emotsional (hissiy) qabul qilish va baholashga asoslangan bo‘lib, menejerning kasbiy bilimlarga va kattagina amaliy tajribaga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Aynan shu omillar puxta o‘ylangan va oqilona qarorlarning qabul qilinishini ta‘minlaydi. Menejmentning fundamental asosi bo‘lib hisoblanadigan ilmiy yondashuv boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga yaxlit jarayon sifatida qaraydi. Ushbu jarayonning mazmuni vujudga kelgan muammoni o‘rganish, uni hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini tahlil qilish va ulardan eng samaralisini tanlab olish imkonini beradi. - Innovatsiyalarda boshqaruv qarorlari intuitiv (ichki ovozga quloq solgan holda) holda yoki ilmiy yondashuv asosida qabul qilinishi mumkin. Intuitiv usul vaziyatni emotsional (hissiy) qabul qilish va baholashga asoslangan bo‘lib, menejerning kasbiy bilimlarga va kattagina amaliy tajribaga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Aynan shu omillar puxta o‘ylangan va oqilona qarorlarning qabul qilinishini ta‘minlaydi. Menejmentning fundamental asosi bo‘lib hisoblanadigan ilmiy yondashuv boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga yaxlit jarayon sifatida qaraydi. Ushbu jarayonning mazmuni vujudga kelgan muammoni o‘rganish, uni hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini tahlil qilish va ulardan eng samaralisini tanlab olish imkonini beradi.
Ilmiy - texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyutsiyasi sharoitida boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyutsiyasi sodir bo‘lgan. Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta‘siri ostidagi evolyutsiyasi asosiy bosqichlari Adabiyotlarda ko‘proq o‘yinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi, zahiralarni boshqarish, chiziqli dasturlash, imitatsion va iqtisodiy innovatsion menejmentning uslub va modellarini sanash va tizimlashtirishga bo‘lgan har qanday urinish ular sonining ko‘pligi va xilma-xilligi tufayli cheklangan va g‘oyatda shartli bo‘ladi. - Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo‘ladi. tashqi muhit bilan yaqin o‘zaro hamkorlikda bo‘la turib, u tashqi muhit tomonidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri va ham vositali ko‘p sonli ta‘sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlar ham muhit omilariga o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Tashkilot tizim sifatida tizimning o‘zi va uning tashqi va ichki muhiti elementlari tomonidan harakatlanuvchi kuchlar, o‘zaro hamkorliklar, o‘zaro ta‘sirlar va o‘zaro kirib borishlarning murakkab ansamblidan iboratdir.
- Innovatsion tizimning chizmada berilgan murakkab, ko‘p bosqichli, ko‘p kompozitsiyali tizimini ko‘rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning tashqi muhiti bo‘ladi. Tizimning kiruvchi parametrlari – bu moddiy, energetik, axborot va kognitiv (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. Chiquvchi parametrlar yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o‘sishi, yangi segmentlar va yangi bozorlarni o‘zlashtirilishi, sotsial javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.
|
| |