REJА
Mundarija:
Kirish
Innovatsion muhit tushunchasi, uning tuzilishi va iqtisodiy jarayonlardagi o’rni. …………………………………………..…..
Milliy innovatsion tizimlarning shakllanishi: potensal holati, xususiyatlari, tendentsiyalari. …………………………………….
O‘zbekistonning zamonaviy innovatsion infratuzilmasi. ……….
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimi ko’rsatkichlari tahlili. …….........................................................................................
Banklarda yangi innovatsion strategiyalarni takomillashtirish (Xalq banki misolida). ……………………………………………..
Xulosa.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
Oʼzbekiston rivojlanishning innovatsion modeliga oʼtadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni Oʼzbekiston innovatsion rivojlanishining asosiy yoʼnalishlarini belgilab berdi.
Hujjatda qayd yetilishicha, zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo yetishning muhim omili boʼlib bormoqda. Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy yetish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik koʼzlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga toʼsqinlik qilmoqda, xususan:
1. davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va oʼrganish mavjud yemas, buning oqibatida mazkur dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf yetishga qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal yetmayapti;
2. fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil yetishning hozirgi ahvoli innovatsion gʼoyalar va ishlanmalarni toʼliq roʼyobga chiqarish va amaliy joriy yetish uchun lozim darajadagi sharoitlarni taʼminlamayapti;
3. innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qoʼllab-quvvatlash va joriy yetishni taʼminlovchi yagona organning mavjud yemasligi, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat koʼrsatishi fan, taʼlim va ishlab chiqarishning toʼliq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu yesa oʼtkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda;
4. yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy yetishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash boʼyicha faoliyatni tashkil yetishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga olib kelmoqda;
5. ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion gʼoyalar va ishlanmalarni joriy yetishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning ustunlik qilishi byudjet mablagʼlaridan nooqilona foydalanishning sabablaridan biridir;
6. innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq yetishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy yetish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli yeʼtibor qaratilmayapti;
7. innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy yetish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga yega boʼlgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
Farmon bilan Oʼzbekiston innovatsion rivojlanishining asosiy yoʼnalishlari belgilab olindi:
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
davlat xizmatlari koʼrsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy yetish;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʼsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlashga qodir boʼlgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy yetish sohasiga investitsiyalarni keng jalb yetish, ularning yanada rivojlanishini taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, yeng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʼoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash hamda ragʼbatlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok yetishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
mamlakat ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targʼib qilish va joriy yetishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yoʼnaltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet yel investorlari ishtirokida tashkil yetish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
tabiatni muhofaza qilish, resurs va yenergiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan, muqobil yenergiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qoʼllash orqali faol joriy yetish;
sogʼliqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, oʼz vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilgʼor texnologiyalarni keng joriy yetish, shuningdek, jamiyatda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va sogʼlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish;
agrar sohaga innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yeksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga koʼmaklashuvchi qishloq xoʼjaligi yekinlarining yangi seleksiya navlarini targʼib qilish;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy yetish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilgʼor xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
Farmonda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasini tashkil yetish koʼzda tutilgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab Fan va texnologiyalar boʼyicha Davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar boʼyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʼarmasi, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi tugatilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning natijalarini amaliyotga joriy yetish, shuningdek, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish boʼyicha texnoparklarni tashkil yetish maqsadida Fanlar akademiyasi va Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tanqidiy oʼrganish topshirildi.
Farmonni amalga oshirish doirasida faoliyatda bir-birini takrorlashni istisno yetish maqsadida vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining vazifa va funksiyalari qayta koʼrib chiqiladi, ularning tashkiliy-shtat tuzilmalari va vakolatlari optimallashtiriladi.
Farmonda innovatsiyalarni joriy yetishning qonuniy asoslarini yaratish masalalariga alohida yeʼtibor qaratildi. Shu munosabat bilan, ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari hamda qoʼllab-quvvatlash shakllarini, innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni belgilovchi «Innovatsion faoliyat toʼgʼrisida"gi va «Fan toʼgʼrisida"gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Iktisodiy adabiyotlarda innovatsya nazariyalarini bir butun sifatida tadkik etilgan ishlar juda kam kam uchraidi. Innovatsiya mavzusining evolyutsiyasiga nazar soladigan bulsak, adabiyotlar taklili kuyidagi tarixiy boskichlarni aniklash imkonini berdi: 1910 - 1930 yy. - nazariyaning fundamental asoslari shakllanishi; 1940 - 1960 yy. - avvalgi davr tayanch innovatsion goyalarni rivojlantirish va batafsil urganish; 1970- yy.ning urtasidan to kozirga kadar.
Innovatsion jarayon - ilmiy bilimlarni (gʼoyani) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) aylantirish va uni keyinchalik tarqatish (diffuziya) jarayonidir. Innovatsion jarayon har doim ikkita majburiy bosqichni (bosqichlarni) oʼz ichiga oladi: 1-bosqich. Ishlab chiqarishga tayyor boʼlgan yangi mahsulotni (namunani, prototipni) yaratish jarayoni. 2-bosqich. Rivojlanish, ishlab chiqarish va amalga oshirish jarayoni (tarqatish, diffuziya), natijada yaratilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi, yaʼni bozor talab qiladigan yangilik.[1]
Birinchi bosqich asosan ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik ishlari, tajriba ishlab chiqarishni tashkil yetishning ketma-ket bosqichlarini oʼz ichiga oladi. Birinchi bosqichda yangilikning foydali taʼsiri hali amalga oshirilmagan, ammo bunday amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tijorat ishlab chiqarish va innovatsiyalar tarqalishining ikkinchi bosqichida ijtimoiy foydali taʼsir hamda yangilik ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʼrtasida qayta taqsimlanadi.
Innovatsion jarayonning uchta shakli mavjud:
1) oddiy tashkilot ichi (tabiiy);
2) oddiy tashkilotlararo (tovar);
3) kengaytirilgan.
Oddiy innovatsion jarayon bir xil tashkilot ichida yangilik yaratish va undan foydalanishni oʼz ichiga oladi. Mazkur holatda yangilik toʼgʼridan-toʼgʼri mahsulot shaklini olmaydi. Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda innovatsiyalar oldi-sotdi predmeti sifatida ishlaydi. Innovatsiya jarayonining ushbu shakli yangilik yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchisi funksiyasini uning isteʼmolchi funksiyasidan ajratilishini anglatadi. Mazkur holat qachonki, ishlab chiqaruvchi tadqiqot institutidan patent sotib olgan taqdirdagina yuz beradi.
Kengaytirilgan innovatsion jarayon (diffuziya) ilgʼor ishlab chiqaruvchining monopoliyasini buzgan holatda tobora koʼproq yangi ishlab chiqaruvchilar paydo boʼlishida namoyon boʼladi. Shu bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilash uchun raqobat orqali oʼz hissasini qoʼshadi. Diffuziya - bu allaqachon oʼzlashtirilgan va yangi sharoitlarda yoki oldin qoʼllaniladigan yangilikning tarqalishi. J.Shumpeterning innovatsiya nazariyasiga koʼra, innovatsiyalarning diffuziyasi - koʼproq foyda kutib, innovatordan keyin yangiliklarni kiritadigan taqlidchilar sonining kümülatif koʼpayish jarayonidir. J.Shumpeter super-daromad kutishni innovatsiyalar qabul qilishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblaydi. Innovatorlar va taqlid qiluvchilar innovatsion jarayonning asosiy subʼektlari hisoblanadi.[2]
Innovatorlar - taqlid qiluvchilar. Innovatsiya ustasini yarating va yangilikni amalga oshiring.
Innovatorlar - ilmiy va texnik bilimlar generatori, yangilik yaratuvchilari, individual ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari boʼlishi mumkin. Ular ixtirolardan foydalanganlik uchun daromadning bir qismini olishadi. Dastlabki qabul qiluvchilar - bu iloji boricha tezroq bozorga surish orqali qoʼshimcha foyda olishga intiladigan yerta oʼzlashtiruvchilar. Ular “dastlabki qabul qiluvchilar” tashkilotlar deb nomlanadi. Dastlabki koʼpchilik - bu ishlab chiqarishda innovatsiyalarni boshlab bergan va ularga qoʼshimcha foyda keltiradigan kompaniyalardir.
Laggards - yangiliklardan orqada qolayotgan kompaniyalar boʼlib, allaqachon yeskirgan yangi mahsulotlarning chiqarilishiga yordam beradi.
Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari
Koʼpgina zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga koʼra, bugungi kunda kompaniyalar yangi gʼoyalarni taklif qilishni, bozorga kirishning yangi usullarini ishlab chiqishni, ularning sanoat bilimlarini tijoratlashtirish bosqichiga oʼtkazishi lozim. Oldingi yondashuv asosan chiziqli modelga asoslangan boʼlib, kompaniyalar oʼz gʼoyalarini yaratishi, keyin ularni ishlab chiqishi, ular asosida mahsulot yaratishi, u bilan bozorga kirishi, u 44 yerda tarqatishi, soʼngra unga xizmat koʼrsatishi, moliyalashtirishi va qoʼllab-quvvatlanishi kerak.
Bozorda katta resurslarga, kuchli ilmiy-tadqiqot bazasi va uzoq muddatli tadqiqot dasturlariga yega boʼlgan yirik kompaniyalargina raqobatlasha oladi.
Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiya” paradigmasi deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqat oʼzlariga ishonishga majbur qildi. Ular ilmiy-tadqiqot ishlariga pul sarfladilar, buning natijasida ulkan kashfiyotlarni oldilar.[3] Ushbu kashfiyotlar kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish, mahsulotlarning yuqori sotuv hajmiga yerishish va undan katta foyda olish imkonini berdi. Ular katta ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritdilar va bu yana keyingi kashfiyotlarga olib keldi. Ichki ilmiy-tadqiqot ishlaridan kelib chiqadigan intellektual mulk yehtiyotkorlik bilan himoyalanganligi sababli, boshqa kompaniyalar ushbu gʼoyalardan foyda olish uchun foydalana olmaydilar. “Yopiq innovatsiya” paradigmasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarish quyidagicha:
Kompaniya chegarasi:
Asosiy texnologik yutuqlar
Ilmiy-tadqiqot va innovatsionlarning oʼsishi
Yangi mahsulotlar
Foyda va sotish xajmining oʼsishi.
Ushbu paradigmaning asosi shundaki, barcha jarayonlar faqatgina ichki qarorlarga tayanib, kompaniya ichida sodir boʼlishidir. Ushbu paradigma XX asrda ancha ishonchli ishladi. Keyingi yillarda yopiq innovatsiyalarning asosiy qoidalarini buzishni boshlagan omillar ham paydo boʼldi. Buning sababi 2000- yillarning boshidan boshlab kuzatilishi mumkin boʼlgan quyidagi tendensiyalardir:
1) sanoat jamiyatidan bilimlarni ishlab chiqaradigan jamiyatga oʼtish, unda bilimlarni ishlab chiqaradigan jamiyat institutlari, xususan universitetlar, yangilik va taraqqiyotda muhim rol oʼynaydi;
2) ishlab chiqarishni tashkil qilishning keng koʼlamli shakllaridan baʼzan barqarorroq va doimiy rivojlanishga tayyor boʼlgan kichik firmalarga oʼtish;
3) bir vaqtning oʼzida ham nazariy, ham amaliy boʼlgan biotexnologiya, kompyuter va nanotexnologiya kabi sohalarda koʼp parametrli bilimlarning paydo boʼlishi bir vaqtning oʼzida koʼplab mutaxassislarni jalb qilish zarurligini keltirib chiqaradi;
4) bilimlar va maʼlumotlarning zaxiralari alohida kompaniya tomonidan toʼplangan koʼplab patentlangan ishlanmalardan mehnat jihatidan, moliyaviy, moddiy va vaqt resurslari yetishmasligi sababli har doim ham toʼliq foydalana olmaydi. Ushbu kompaniya balki, butun jamiyat tomonidan gʼoyalarni yoʼqotish xavfi mavjud;
5) intellektual mulk uchun ochiq bozorni faol rivojlantirishi;
6) yangi ish joyiga avvalgi ish joyida olingan bilim va gʼoyalarning katta hajmini olib keladigan tajribali hamda professional oʼqitilgan harakatchan kadrlarning tobora ortib borayotganligi;
7) tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bosqichiga oʼtkazadigan yangi firmalar (boshlangʼich kompaniyalar)ni yaratishda xususiy venchur kapitalining oʼsib borayotgan roli bu sohada uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan 46 kompaniyalarning yangi gʼoyalarini tez-tez ishlatib turadi. Bu yesa kompaniyaning tashqi yopiq chegaralarini buzadi;
8) koʼpgina mahsulotlar va xizmatlarning bozorda har doim qisqarishi sababli qoʼshimcha qiyinchiliklar yuzaga keladi, shu sababli individual texnologiya muddati qisqaradi.[4]
Ushbu omillar bir vaqtning oʼzida ishlayotgan vaziyatlarda yopiq innovatsion model yendi ishlamaydi. Asosiy texnologiyalarni, marketing tadqiqotlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda rivojlantirish uchun strategik sheriklik aloqalarini yaratish zarur, bu ochiq innovatsiya modeliga oʼtishni anglatadi.
“Ochiq innovatsiya” atamasi Genri Chesbroning “Ochiq innovatsiya” kitobida ilk bor qoʼllanilgan. Mazkur tushuncha texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning yangi usulidir (2003). Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun maqsadli bilim oqimlaridan foydalanishni hamda innovatsiyalardan samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni oʼz ichiga oladi.
Ochiq innovatsiyalar nazariyasi ilmiy-tadqiqot jarayonini ochiq tizim sifatida belgilaydi. Kompaniya nafaqat oʼzining ichki rivojlanishi orqali, balki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yangi gʼoyalarni jalb qilishi va yangi mahsulot bilan bozorga kirishi mumkin. Ochiq innovatsion model qoʼshimcha gʼoyani olish uchun ichki gʼoyalarni bozorga tashqi kanallar orqali olib kirish mumkin, yaʼni kompaniyalarning amaldagi biznes turlari bilan cheklanmasligi mumkin degan taxminga asoslanadi. Gʼoyalar kompaniyadan tashqariga chiqish mexanizmi boʼlishi ham mumkin:
• yeski kompaniyalar tadqiqotchilari tomonidan tez-tez tuzilgan va ishlaydigan boshlangʼich kompaniyalar;
• litsenziyalash;
• brakonerlik bilan shugʼullanadigan xodimlar;
• yirik kompaniyalar tomonidan ustuvor texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish.
Teskari jarayon mavjud boʼlib, dastlab gʼoyalar kompaniyalarning tadqiqot markazlari tashqarisida paydo boʼladi. Keyinchalik kompaniya ichiga kirib borib, undan foydalanishi natijasida kompaniya chegaralari shaffof boʼlib qoladi.[5]
Yopiq innovatsion kompaniyalarning asosiy xususiyatlari:
1) asosan oʼz gʼoyalari;
2) ishchilarning kam harakatchanligi;
3) oz miqdordagi shovqin kapitali;
4) kuchsiz boshlangʼich kompaniyalarning nisbatan ozligi,
5) universitetlarning oʼz faoliyatidagi ahamiyati yoʼqligi.
Ochiq innovatsion kompaniyalarning asosiy xususiyatlari:
1) juda koʼp tashqi gʼoyalar;
2) ishchilarning yuqori harakatchanligi;
3) venchur kapitalni faol jalb qilish;
4) koʼplab yangi kelgan kompaniyalar;
5) universitetlar bilan faol hamkorlik.
Djoel Uest va Skott Gallager ochiq innovatsion tizimlarning uchta asosiy vazifasini belgilaydilar: motivatsiya, integratsiya, yangiliklardan samarali foydalanish.
Mualliflar toʼrtta asosiy ochiq innovatsion strategiyani aniqladilar:
1. Umumiy fondga birlashtirib tadqiqot va ishlanmalar jarayonini tashkil yetish.
2. Ayrim kompaniyalar tomonidan innovatsion mahsulotning individual komponentlarini ishlab chiqish.
3. Turli xil innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin boʼlgan keng qoʼllanmalarning bepul savdosi.
4. Katta firmalarda innovatsiyalar sohasida qaror qabul qilishda byurokratiya darajasining sezilarli darajada pasayishi.
Ochiq innovatsion kompaniyalarning asosiy xususiyatlari:
1) juda koʼp tashqi gʼoyalar;
2) ishchilarning yuqori harakatchanligi;
3) venchur kapitalini faol jalb qilish;
4) koʼplab yangi kelgan kompaniyalar;
5) universitetlar bilan faol hamkorlik.
Innovatsion jarayonni boshqarish modeli sifatida ochiq innovatsiyalar hozirgi kunda iqtisodiyotning koʼplab sohalarida tobora koʼproq qoʼllanilmoqda. Alohida tadqiqot laboratoriyalarini saqlashning yuqori xarajatlari tufayli kompaniyalar tobora koʼproq qoʼshma ishlanmalarga va ochiq innovatsion markazlarni yaratishga yeʼtibor qaratmoqdalar.
Texnologik innovatsiyalarni tijoratlashtirish tashkiliy innovatsiyalarni rivojlantirishni talab qiladi. Bunday holatda, tashkiliy innovatsiyalar yetarlicha innovatsion biznes modelining asoslari sifatida tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion biznes modeli - bu innovatsiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirishda kompaniya imkoniyatlarini bozor imkoniyatlari bilan bogʼlash uchun tuzilgan mexanizm.
Uzbekiston Respublikasining Maʼmuriy islokotlar kontseptsiyasiga asosan, mamlakatimizda intellektual va texnologik saloxiyatni oshirishning uzok muddatli stsenariilarida asosii iunalish-innovatsiyalarni rivojlantirish, korxonalarda innovatsion faoliyat bilan faol shugullanishni ragbatlantirish kursatib utilgan. Bu iktisodiyotning ustuvor soka va tarmoklarini innovatsion rivojlantirishning yangi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik milliy innovatsiya tizimini yaratish bilan boglik.
Xakikatan xam, milliy innovatsiya tizimi ilm-fan, sanoat va jamiyat urtasida shunday uzviy munosabatlar tizimini shakllantiradiki, unda innovatsiyalar iktisodiyotni rivojlantirish uchun asos bulib xizmat kiladi, innovatsion tarakkiet extiejlari esa ilmii f aoliyat ravnakini belgilab beradi va ragbatlantiradi. shu bois barcha mamlakatlar milliy innovatsiya tizimiga tayangan xolda milliy rakobatbardoshlikning yukori darajasiga erishish va saklab turish siyosatini olib borishadi.
Bugun xar bir mamlakat ilgor ikggysoliyot nazariyasiga asoslangan uz millii innovatsiya tizimini yaratishga intilmokda. Biz bir necha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning muvaffakiyatli va kutilgan natijani bermagan tajribasini taxlil kildik. Pirovardida xar kaysi mamlakatda bu tizimni rivojlantirish strategiyasi amaldagi davlat makroiktisodii siesati, meoerii-xukukiy konunchilik, tugridan-tugri va bevosita davlat boshkaruvi shakllari, ilmiy-texnologik va sanoat saloxiyati, ichki tovar va mexnat bozorining xolati, tarixii-madanii rivojlanish darajasi bilan uygunlikda belgilanganini anikladik.
1-boskich (2012-2015 yy.). Mazkur boskichning asosiy maksadi
MIT anʼanaviy va yangi segmentlarini, innovatsion faoliyat
institutlari va mexanizmlarini birlashtirgan xolda institutsional
asosni mujassamlashtirish, aloxida tizimlarda tuzish bilan ularga
bir butun tizimli tavsif berish.
Mazkur boskichda ileor xorijiy texnologiyalarni karz olishga yunaltirilish — zarur — bulib, ular — iktisodiyotni — kudamli modernizatsiyalash va kayta jixozlashni taʼminlashlari zarur. Inrik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amal kilish samaradorligini oshirish uchun texnologiyalarni ommaviy karz olish bu jarayonni faollashtirish uchun javobgar bulgan | Milliy innovatsion tizim unsurlarini shakllantirish pirovard okibatda ularning rakobatbardoshligini oshirishni taʼminlaydi. Ishlab chikarishning ilkor usullarini joriy etish ilmiy tadkikotlar ishlariga katta mikdorda investitsiyalar talab kiladi. Chunki karz olingan texnologiyalar odatda yetarli ishlashga va retsipientning texnik va institutsional muxitiga moslashishta muxtoj. Iktisodiyot kanchalik kup rivojlangan bulsa, shunchalik ilgor texnologiyalarni, karz oladi
2-boskich (2016-2020 yy.). Uzbekiston MIT&marali amal kilishini taʼminlash va moslashtirish asosida dunyo global innovatsion tizimining uzviy kismi bUlishi zarur. Bu kuchli rakobatbardosh texnologik platformalar va klasterlar yadrosini shakllantiradigan tizimli innovatsion loyixalarni — amalga oshirishga; davlat — xarajatlari salmogini kamaytirish va kuprok ragbatlantirish bilvosita vositalaridan foydalanadigan xususiy investitsiyalarning Usishi; cheklangan mikdordagi loyixalarga resurslarni jamlash; risklarni taksimlash asosida innovatsion soxada xalkaro kooperatsiyani rivojlantirishga karatilgan.
Istikbolda ilm-fan va ilmiy xizmat kursatish xamda mamlakat innovatsion tizimining jadal rivojlanishini taʼminlaydigan — iktisodiyot real sektorini — kullab- kuvvatlash buyicha davlatning maksadli faol siyosatini ishlab chikish kuzda tutilmokda.
Xalkaro talablarga mos yukori texnologiyali tarmoklarni rivojlantirish va innovatsion — faollikni — oshirish o milliy
iktisodiyotning — innovatsion — rivojlanish strategiyasining yangi ustuvor yunalishlarini belgilash uchun shart-sharoit yaratadi. Mavjud iktisodiy Usish saloxiyati va zaxiralaridan kelib chikib, yukori texnologiyali tarmoklar maxsulotlari ulushini 2010 Yildagi 11,3% dan 2018 yYilda 15% va 2020 yilda 31% gacha
yetkazish prognoz kilinmokda, innovatsion maxsulotlar ishlab chikarish salmogi esa Yillar buyicha mos ravishda, 2,9% dan 15%
Maʼlumki, soʼnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni oʼtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʼla xalos yetish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida yeʼtibor qaratilyapti.
Bunda innovatsiyalar, ilgʼor pedagogik texnologiyalarni joriy yetish, shu boʼyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʼnalish sifatida qaralayotgani muhimdir.
Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʼtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq yetilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʼyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.
Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʼzining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʼyicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi yesa soʼzsiz va izchil taʼminlanyapti.
Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak yemas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. Oʼzbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga yega boʼlgan ilgʼor usullarni qoʼllash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida bu boradagi aniq “yoʼl xaritasi“ chizib berildi. Ushbu muhim hujjat 2017 — 2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yana-da takomillashtirish, Toshkent davlat yuridik universitetida oʼquv jarayonini tashkil yetishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning oliy yuridik taʼlim olishlariga keng imkoniyatlar yaratishni taʼminlash maqsadida amaliyotga joriy yetildi.
Shu asosda professor-oʼqituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga yega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga yega boʼlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb yetilmoqda. Talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashgʼulotlar yana-da optimallashtirildi, ish beruvchilar yehtiyojidan kelib chiqib, yuristda tahliliy fikrlash va kasbiy koʼnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʼquv rejasi, dastur va oʼquv-metodik materiallar oʼquv jarayonida qoʼllanilyapti.
Modul tizimi va oʼqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʼquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʼllash, talabalar, oʼqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka oʼtish tartibini takomillashtirish, shuningdek, klinik taʼlimni joriy yetishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Oʼquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʼqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va taʼlim resurslarini muntazam yangilanayotir. Yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar, qolaversa, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan faol hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
Shunga uygʼun tarzda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim tizimini chuqur isloh qilishga doir vazifalar koʼrsatib oʼtildi, ularni amalga oshirish yoʼllari oʼrtaga tashlandi.
Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʼlga qoʼyish masalasiga ham daxldordir.
Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham koʼproq zaruriyat tugʼilyapti. Bu darslarni samarali oʼtish, vujudga kelishi mumkin boʼlgan ziddiyatlarni oqilona hal yetish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – yeng avvalo, innovator “xavfsiz sinovlar oʼtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʼlishi kerak.
Oʼqituvchini aniq maqsadni koʼzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U oʼzaro bogʼliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim muassasalarida oʼqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʼqish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʼzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi taʼlim. Qayd yetib oʼtilgan davrlarni oʼqituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
Oʼqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʼqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.
Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʼgʼinlari innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada ragʼbatlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish yesa oʼqituvchining oʼz faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʼquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil yetish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʼziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv oʼqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogni innovatsion faoliyatini yoʼlga qoʼyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga boʼysunuvchi bir necha oʼzaro aloqador va funksional komponentlarni oʼz ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.
Boʼlgʼusi oʼqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʼliq mazmun-mohiyatini yegallash boʼyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʼquv ishlariga vijdonan munosabatda boʼlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʼquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʼrinishlari boʼyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʼmak berishi kerak.
|