kakos –  yomon, xunuk, yoqimsiz va  graphos –




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#231904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
innovatsion-ta-lim-metodlari-haqida

kakos – 
yomon, xunuk, yoqimsiz va 
graphos – 
yozmoq 
so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni 
tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik 


va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida 
какофонический, 
какофония 
degan so‘zlar mavjud bo‘lib, ularga lug‘atlarda 
quloqqa yoqmaydigan, 
yoqimsiz, nosoz, g‘aliz; uyg‘unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig‘indisi 
degan izohlar 
beriladiki, bu so‘z semantikasiga salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko‘ra, 
kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga 
o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik 
hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, 
narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng 
muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular 
bo‘yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik
beparvolikni yo‘qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik 
kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan 
bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, 
o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, 
“Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi 
farqqa qaratiladi.
Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini 
puxta o‘zlashtirmaydilar. So‘larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. 
Shuningdek, o‘quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga 
soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga
so‘zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida 
baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, 
orden, obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo 
kabi so‘zlarni 
boho, bohor, blan, yuldiz, 
tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra 
tarzida talaffuz qilish va shu 
asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi 
bo‘yicha ona tili darslarida yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. 
Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”dagi 
“Ayrim unlilar va undoshlar imlosi” yuzasidan tegishli nazariy ma’lumotlar mavzular 
o‘tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi: 

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kakos –  yomon, xunuk, yoqimsiz va  graphos –

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish