INNOVATSION TA’LIM METODLARI HAQIDA
A. Jalilov
Annotatsiya:
Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish, xususan,
kakografiya yo‘li, ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan
matnni
o‘quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to‘g‘rilash, kakografiya usuli
Аннотация:
В статье представлено обучение учеников правилу орфографии
методом какографии, в основе которого лежит исправление ошибок,
допускающихся в текстах, целенаправленным путем.
Ключевые слова:
орфография,
орфографические правила, умышленная
ошибка, исправление, раздумье, какографический метод
Annotation:
The article discusses the question of teaching the students the spelling
rules on the basis
of the method of cacography, i.e. the method of basis of error,
correction of the texts which contain errors entered intentionally.
Keywords:
spelling, spelling rules, intentionally,
exercises, error, correction,
thought, cacographical method
Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan
o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda
o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga
ham alohida o‘rin ajratilgan.
Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda
to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining
savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi.
Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan
tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham o‘rinda tugal ifodalaydi.
Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish
imkoniyati bor va bu
imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.
Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish,
sezish va
undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy usullardan
tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda.
Keyingi yillarda
breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov,
klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat
kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180-
bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.
Kakografiya
so‘zi lotincha