|
Innovatsion texnologiyalar yoradamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari
|
bet | 8/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 314,5 Kb. | | #252412 |
Bog'liq Darsda qo’llaniladigan metodlar An’anaviy va interfaol. InnovatIkki qismlik kundalik usulidan ham matn bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag`i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi: - Ikki qismlik kundalik usulidan ham matn bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag`i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi:
- PARCHA SHARH
- Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta’sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. Ehtimol, bu ularga shaxsiy tajribalaridan nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.
- Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga chap tomondagi tanlangan parcha (yoki parchalar) ga sharh yoziladi. Bunda nima uchun ushbu parchani tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug`ilganligi haqida sharh beriladi.
Aqliy hujum (Breynstorming). Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya qilish usuli. Bu metodning mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt o’yicha bir qancha bosqichlarga (g`oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat. - Aqliy hujum (Breynstorming). Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya qilish usuli. Bu metodning mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt o’yicha bir qancha bosqichlarga (g`oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
- «Aqliy hujum»dan maqsadli foydalanish o’kuvchilarning ijodiy va nostandart tafakkurlashini rivojlantiradi. Usulni qo’llash uchun dastlab yig`ilgan guruh odiga muammo quyiladi. Bu muammoni yechimiga oid munozarada barcha o’kuvchilar ishtirok etadilar va o’z fikrlarini bildiradilar. Bunda bahslashuvchilarga miyaga qannday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa» aytish imkoniyati beriladi. Dastlabki bosqichda hech kimni o’zga kishi g`oyalariga «hujum» qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. «Aqliy hujum yo’li bilan qisqa daqiqalarda o’nlab g`oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi
|
| |