|
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha Pdf ko'rish
|
bet | 174/214 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #146421 |
Bog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha
Mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
Immunoferment tahlili uchun
kon’yugatlar
olish
texnologiyasini
modifikatsiyalash
Tadqiqot shakli: Tadqiqot shakli amaliy bo‘lib, immunoferment tahlili uchun
kon’yugatlar olish taxnologiyasida modifikatsiya kiritish, kon’yugat uchun ferment manbaini
mikroorganizm Saccharomyces sereviseae ni model organizm sifatida tanlab olish
tashkiltashkil qiladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari: Ilmiy-tadqiqot ishlarida tabiiy tur va uning sanoatda
ishlatiladigan optimal shtammlari o‘sadigan ozuqa muhitlar tanlab olinadi, o‘stiriladi.
Biokimyoviy uslublarni qo‘llagan xolda turli xil faol fermentlar tizim o‘rganiladi, bu
fermentlar ajratib olinadi, tozalanadi, liofilizatsiya qilinadi. Olingan fermentlar standart
oqsillar bilan kon’yugat hosil qilinadi. Kon’yugat faolligi immunoferment tashxisida sinab
ko‘riladi. Kon’yugat IFT da amaliyotda sanoat miqyosida ishlab chiqilishi joriy etiladi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Natijalarni sinovi immunologiya va
tashxis laboratoriyalarida sinovdan tishi rejalashtirilgan. Immunobiotexnologiya sanoti uchun
texnologik sxema ishlab chiqiladi va joriy etiladi, mualliflik guvohnomasiga. Ilmiy-tadqiqot
ishlari natijasida 1 ta falsafa doktori darajasini olish uchun dissertatsiya ishi, 1 magistrlik ishi
bajariladi va himoya qilinadi.
Ilmiy natijalarni chop etish: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
ro‘yxatidagi va Web of Science hamda Ssopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan
jurnallarda maqolalar chop etiladi.
0,500 mlrd. so‘m
*Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1,5 mlrd so‘m va bajarilishi uch yilga mo‘ljallangan.
|
| |