|
Innovatsion va amaliy loyihalar Pdf ko'rish
|
bet | 201/214 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #146421 |
Bog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)moliyalashtirish
hajmi
Molekulyar SSR markerlari
asosida genotiplash yordamida
an’anaviy seleksiya usullari
orqali bahorgi yumshoq
bug‘doyning yuqori serhosil
qurg‘oqchilikka chidamli
tizmalarini yaratish
I.Sh.Djabbarov,
yumshoq
bug‘doy genetika seleksiyasi
Tadqiqot shakli: molekulyar SSR markerlari asosida genotiplash yordamida an’anaviy seleksiya
usullari orqali bahorgi yumshoq bug‘doyning yuqori serhosil qurg‘oqchilikka chidamli tizmalarini
yaratish bo‘yicha amaliy loyiha amalga oshiriladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
- turli xil ekologo-geografik kelib chiqishga ega bo‘lgan bahorgi yumshoq bug‘doy mahalliy qadimiy
navlarining qimmatli qishloq-xo‘jalik belgi va xususiyatlari o‘rganilib, an’anaviy seleksiya usuli
asosida yangi birlamchi materiallari yaratiladi;
- bahorgi yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamlilik belgisini boshqaradigan potensial genlar
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan SSR markerlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi;
- bahorgi yumshoq bug‘doyning genetik potensialini kengaytirishda bug‘doy seleksiyasining turli
yo‘nalishlari uchun qimmatli genetik manbalar va seleksion raqamlar ajratiladi;
- bahorgi yumshoq bug‘doy tizmalari fenotiplanadi va genotiplanadi, ular orasida kompleks
qurg‘oqchilikka chidamli, yuqori hosildorlik potensiali va don sifatiga ega bo‘lgan manbalar ajratiladi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish:
- o‘tkazilgan tadqiqot natijalari molekulyar markerlardan foydalangan holda an’anaviy seleksiya
asosida dastlabki seleksion materiallarini yaratish bo‘yicha tavsiya sifatida foydalanish mumkin;
- bahorgi yumshoq bug‘doyni seleksiya uchun qurg‘oqchilikka chidamlilik bo‘yicha genetik xilma-
xillikga ega qimmatli manbalar taklif etiladi, bundan tashqari yuqori hosil va uning tarkibiy qismlari
O‘zbekistonning qurg‘oqchil don yekinlari zonalarida, qurg‘oqchilikka chidamli gibrid
populyatsiyalar va doimiy liniyalar molekulyar SSR belgilariga asoslangan genotiplash usuli
yordamida "klassik" seleksiya yo‘li bilan olinadi;
- bahorgi yumshoq bug‘doy seleksiyasi uchun qurg‘oqchilik bo‘yicha qimmatli genetik xilma-xillikka
ega bo‘lgan manbalar taklif etiladi, shuningdek, turli don ekish zonalarida qurg‘oqchilikka chidamli,
hosildor duragay populyatsiyalari va barqaror tizmalar an’anaviy seleksiya asosida molekulyar SSR-
markerlarini genotiplashda olinadi. Tadqiqotda magistr va doktorantlarni jalb qilgan holda
dissertatsiya ishlari himoya qilinadi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari bo‘yicha intellektual mulk ob’ektlariga tegishli
hujjatlar olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidagi va Web of
Science hamda Ssopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda maqolalar chop etiladi.
0,500 mlrd. so‘m
|
| |