|
Ilmiy-tadqiqot natijalariBog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)Ilmiy-tadqiqot natijalari:
• Umumta’lim fanlarini o‘qitishdagi mavjud muammolar aniqlanadi;
• Xususiy didaktikaning qonuniyatlari, tamoyillari asosida umumta’lim fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minoti
yaratiladi, elektron tizim orqali muhokamadan o‘tkaziladi hamda amaliyotga joriy etiladi;
• Nurobod, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi umumta’lim maktablarining yetakchi
o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini tezkor ommalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
• Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim tizimi xamda ilm-fan soxasi o‘rtasida
yaqin xamkorlik va integratsiya, shuningdek ta’limning uzviyligi va uzluksizligi ta’minlanadi;
• Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali professor o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga
metodik yordam ko‘rsatish tizimi hamda innovatsion didaktik ta’minotning bazasi yaratiladi.
Olingan natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish:
-
Nurobod, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi umumta’lim maktablarining yetakchi
o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi, metodik ko‘rsatmalar takomillashtiriladi
hamda tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
-
Elektron tizim orqali shakllantirilgan dars loyihalari, videokontentlar va vositalarning elektron bazasi
shakllantiriladi.
-
Yaratilgan metodik ta’minotning ta’lim sifatini oshirishdagi natijadorligi baholanadi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
ro‘yxatidagi va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda chop etiladi.
0,450 mlrd.so‘m
*Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1 mlrd 350 mln. so‘m va bajarilishi uch yilga mo‘ljallangan
|
| |