• 3. Flar kim ki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zi- ning ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boTsin, xiyonat
  • Innovatsiya va intergatsiya




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/106
    Sana19.05.2024
    Hajmi7,6 Mb.
    #244239
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
    Bog'liq
    Р. Мавлонова

    asr olg‘a ketgan.
    Forobivning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muhim
    manba b o iib xizm at qiladi. Forobiy birinchi b o iib ta'lim va tarbiyaga
    quyidagicha ta’rif bergan olimdir:
    1. Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi.
    2. Tarbiya esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
    3. Flar kim ki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zi-
    ning ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boTsin, xiyonat,
    makr va hiylalardan uzoq bo'lsin, diyonatli b o isin , ilm va ahli ilmdan
    m ol-dunyosini ayamasin.
    4. Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda vaxshi tajriba
    orttirmagan b o isa , u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi, ulardan jirkanadi.
    Bunday noo’rin b o iib ko‘ringan narsalar zaruriv b o iib chiqadi.
    5. MaTumki. inson hech qachon tug'ilganda yaxshi yoki yomon
    bo'lib tug'ilmaydi... Biroq har bir kishida biror bir fazilatga yoki
    qabihlikka mayl, qobilivat boTadi va shu fazilatlarni 2 turga boladi:
    1. Fikriy fazilat.
    2. Xulqiy fazilat.
    Fikriy fazilat aqliy quvvat hisoblanib, aqllilik, donolik, fahm-faro-
    satlilik, zehnlilikdan iborat.
    63


    Xulqiy fazilat intiluvehi quvvatga ega bo'lib, iffat, shijoat, saxiylik 
    va adolatlilikni o'z ichiga oladi. Yomon fazilatlar razillikdir, degan 
    fikrlarni bildiradi.
    B e ru n iy n in g ilmiy bilim larni egallash yoMlari, usullari haqidagi 
    fikrlari hozirgi davr uchun h am dolzarbdir. O 'quvc higa bilim berishda 
    u:
    - o'quvchini zeriktirm aslik;
    - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgata vermaslik;
    - u z v i y l i k , izchillik;
    - yangi m avzularni qiziqarli, asosan, koT'gazmali bayon etish va 
    hokazolarga e ’tibor berish kerakligini uqtiradi.
    A bu Ali ibn Sino o'qitish jarayoniga katta ahamiyat beradi va 
    o'qitishni quyidagicha tashkil qilish kerak, degan fikrni bildiradi:
    - Bolani birdan kitobga jalb qilib q o'vm aslik kerak.
    - O'qitish asta-sekin, osondan qiyinga o'tish yo'li bilan olib borilishi 
    lozim.
    - 0 ‘quvchilar bilan am alga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga 
    mos bo'lishi shart.
    - O'qitish ja m o a tarzida uyushtirilishi darkor.
    - O'qitish bolaning mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib 
    borilishi kerak.
    - O'qitish jism oniy m ashqlar bilan qo'shib olib borilishi zarur.
    O lim ning pedagogika faniga qo’shgan hissasi shundaki, u ta ’lim-
    tarbiyaviv qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, ham estetik 
    ham d a jism oniy tom ondan rivojlanishi, kamolga yetishining m ezonini 
    ishlab chiqadi.
    Tarbiya tizim iga jism oniy tarbiyaning kiritilishi esa olim ning 
    tarbiya sohasidagi katta xizm atlaridan hisoblanadi.
    Yana uning xizm atlaridan biri shundaki, u insonning mehnati, 
    qobiliyati, aql-zakovatini ulug'ladi. undagi qudratga ishondi. Inson 
    tafa k k u rin in g tantana qilishi kerakligini targ'ib qildi. Ibn Sino tarbiya­
    ning asosiy maqsadi m u k a m m a l xarakterni tarbiyalashda deb hisob- 
    lagan. U to'g'ri tarbiya natijasida ikki xil «foyda»ga erishiladi: «Bittasi 
    bola qalbi uchun, chunki bola yoshligidan yaxshi xulqli bo’lib o'sadi, bu 
    esa odatga aylanadi. Ikkinchisi - bola jism i uchun, chunki yom on xulq
    64


    yaram as tabiatdan kelib chiqadi. A gar badxulqlik odatga avlansa, u 
    yaram as tabiatni keltirib chiqaradi. Masalan, g'azab jism n in g nihoyatda 
    qizib ketishiga. qayg'u esa jism n in g qurib ketishiga, befarqlik qalb 
    kuchini zaiflashtiradi», deb yozadi.
    Ibn Sino bolalik va o'sm irlik yoshida tarbiya ta ’sirida ruhiyatning 
    rivojlanish jarayonini tadqiq qilishga katta ahamiyat bergan va o'z 
    kuchini uning sam aradorligini oshirish vositalarini qidirishga qarat- 
    gan. Bola x arakterining yaxshilanishiga, bola qiziqqan va intilgan 
    narsasining boMishiga, bola yom on ko'radigan narsalarning b o i m a s -
    ligiga doim e'tibor qaratish lozim. Bu bilan ham ikki xil foydaga 
    erishiladi: birinchidan, bolada yoshligidanoq qat’iy xarakter shaklla- 
    nadi, ikkinchidan, bunday x arakterning shakllanishi bolaning jism oniy 
    rivojlanishiga ta ’sir qiladi.
    Ibn Sinoning fikriga ko'ra, o'quvchilar birgalikda ta ’lim olishsagina 
    bir-birlarini harm at qilishadi va ilm olishda bir-birlariga yordam beri- 
    shadi. Bola y o lg iz lik d a ta’lim olsa, bu uni badxulq qiladi. M aktab- 
    ning afzalligi shundaki, deydi Ibn Sino, o'quvchilar bir-birlaridan ortda 
    qolm aslikka harakat qilib ilm o'rganishadi. U larning turli m avzular 
    bo'y icha olib boradigan o'zaro suhbatlari ularning do'st bo'lishlariga 
    yordam beradi.
    Y u su f Xos Hojib asarlarida inson kamoloti masalasi m arkaziy 
    masala bo'lib hisoblanadi. U bilim ni buyuk, o'quvni ulug' deb 
    ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug' bo'ladi, bilimli kishi buyuk 
    b o ia d i, degan fikrni bildiradi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm 
    tufayli amalga oshirilishi m um kinligini ta'kidlaydi. U dunyoda odam
    paydo b o iib d ik i, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli 
    siyosat yurgizib kelinganligini, inson yaratilgandayoq unga bilim, 
    uquv, zakovat berilganligi, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar 
    razolatdan poklanganligini uqtiradi. Hatto hukm dorlar ham yurtni, 
    davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, e 1-yurt farovon b o ia d i, to'q 
    va tinch hayot kechiradi, deydi.
    Qomusiy olim Kavkovus «Qobusnom a» asarida o*z mulohazalari 
    va m aslahatlarining asosini insoniy fazilatlar barcha insonlarga ham 
    nasib b o iav erm ay d ig an aql, rostgo'ylik va insonparvarlik ekanligiga 
    b o i g a n ishonch tashkil etadi. Har bir inson hayotining asosiy yetakchi
    65


    ibtidosini esa quyidagi uchta axloqiy qoidaga riova qilish tashkil 
    etishi lozim: nim ani gapirsang o'shani qil. haqiqatga qarshi borma, 
    sabrli b o i . «Q obusnom a» muallifining m ulohazalarida inson hayotida 
    bilim larning roliga pra gm a tik yondashuv seziladi. Bu esa m a z k u r 
    asarning amaliv y o iialish in i izohlab beradi: «A gar m ol-m ulk jihatidan 
    kam bag'allashsang, aql bilan boyishga harakat qil. chunki mol bilan 
    boyishdan ko’ra aql bilan boyish afzairoqdir. A xir aql bilan bovlik 
    topsa b o la d i, lekin boylik bilan aql y i g i b b o im av d i. Aqlsiz tezda 
    k a m b a g ’allashadi, lekin aqlni o'g'ri ham o 'g i r l a y olmaydi. suv ham, 
    olov ham yo'qota olmaydi. Shunday qilib, aqling b o l s a , nim anidir 
    o'rgan. chunki ko‘n ikm asiz aql - kiyim siz badan, yuzsiz odamdir. 
    aytishadiki, t a i i m - aqlning vuzidir».
    A lisher Navoiy tasavvuridagi komi! insonga xos b o i g a n eng v u k sak
    fazilatlarga ijodkorlik, qo b iliy a t ilm-fanga m uhabbat ham kiradi. 
    C hunki baxtli hayotga intilgan ijodkor. oqil. qobiliyatli. dono inson 
    o'zining kuch-quvvatiga, aql-u zakovatiga ishonadi.
    A lisher N avoh' ilmni quyosh va o\ h am d a k u nduzga o'xshatib, u 
    insonni baxt-saodatga eltadi. demoqchi b o ia d i: }a'ni bu maqolat «ilm 
    osm onining yulduzlardek baland martabaliligi haqidakim , bilim sizlik 
    tu n n i yoritish uchun «ауп» ~ quyosh, «lom » - oy, « m im » ~ kunduz 
    belgilarini 
    koi*satadi; 
    bilimsizlik 
    shom ning 
    qorong'u 
    ko'rinishi 
    haqidakim , g'aflat chaqini pastlik kechasida zohir qilib, bu kechada 
    baxtsizlikdan hikoya aytadi; olim ning butun baxtsiz vujudining 
    quvoshdek yuksakligi johiln in g esa butun b o r l i g l boylik. mol b o i s a
    ham tuproqdek xorligi» haqida fikr bayon etadi.
    D em ak, Alisher N avoi\ ilmni inson kamoloti uchun eng z a ru r 
    fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni insonni. xalqni nodonlikdan, 
    jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida t a ’riflayda. Alisher Navoiy orzu 
    qilgan komil inson faqat ilmli b o i is h bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni 
    haqiqiy inson sifatida ta iifla sh g a . yana sabr-qanoat, saxiylik, him m at, 
    to ’g'rilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, ishq-vafo va hokazolar ham asos 
    b o la d i. Navoiy insonning axloqi}’ xislatlari - yaxshi fe i-atvorlari xusu- 
    sida to ‘xtalib o 'tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning ta'rifmi 
    beradi.
    A b d u ra h m o n Jomiy o’z yashagan davridagi insonni, y u k sa k axloqiy 
    xislatlarni. go;zal fazilatlarni bayon etgan allomalardan sanaladi.
    66


    A bdura hm on Jomiv ham o'z asarlarida insoniy yuksak lik n i 
    ta ’r if etadi. Uning uchta lirik devon, yetti dostondon iborat «Haft 
    rang» («Yetti taxt»), ta ’lim-tarbiyaga oid «B ahoriston» asarlari jahon 
    madaniyati taraqqiyotida munosib o'ringa ega bo'lgan. A bdurahm on 
    Jomiy ta’limiy-axloqiy qarashlarini m ashhur «Siisilat uz-zahab» («Oltin 
    tizmalar») dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, 
    avvalo, har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson um ri j u d a qisqa 
    bo'lib, bu u m rn i behuda o'tkazmasligi, am m o bilim olgandan so'ng 
    unga amal qilish lozimligini ta'kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda 
    ekanligini alohida uqtiradi.
    Husayn Voiz Koshifiy ham o'z davrining y irik olimi sanaladi. U 
    o'z asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e ’tibor beradi. Aqlni 
    haqiqat sifatida ta ’riflab, inson o'z ining faoliyatini aql yordam ida 
    am alga oshiradi, deydi. U ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas, 
    balki hayot kechirish uchun zarurdir, chunki ilm - doimiy, mol-dunvo 
    o'tkinchi, deb tushuntiradi. Haqiqiy dono, bilimdon kishilar o'tkinchi 
    narsalarga e’tibor bermaydilar, deydi. Dem ak, Koshifiy ilm ni amaliyot 
    bilan bog'lab tushuntiradi. Koshifiy har bir ishning muvaffaqiyatini 
    bilimlarni am alda qo'llanish bilan belgilagan. B unda u ilmni inson aqliy 
    faoliyati sifatida talqin etib, o'z navbatida bu faoliyat yangi bilimlarning 
    paydo bo'lishiga asos bo'ladi, degan fikrni bildiradi.
    M a hm udxo'ja B ehbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jahon 
    miqyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan bog'liq holda olib borishni 
    tavsiya etadi, yoshlar tarbiyasida oila, ota-onalar alohida mavqega ega 
    ekanini ta ’kidlaydi. U «Padarkush» asarida: «Bizlarni xo n av a y ro n ... 
    bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, 
    darbadarlik, a s o r a t faqirlik, zarurat va xorliqlar... ham m asi ilmsizlik 
    va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», - deb vozadi.
    U m aktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birlikda olib borilishi 
    kerakligini ta ’kidlaydi. M unavvar qori bolalar tarbiyasida faqat 
    ota-onalar emas, balki m uallim va keng jam o a javobgar ekanligini 
    aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etdi. U yosh- 
    larni bilim larni puxta egallashga, m ehnat qilishga, um um insoniv 
    qadriyatlarga sadoqatli b o iis h g a chorladi, ota-onalarni farzandlarida 
    m a ’naviyat, nafosat, go'zallik tuyg'usini rivojlantirishga da’vat qildi.
    67


    M unavvar qorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina 
    m illatni uyg'otish. Vatanni ozod qilish, xalq m a ’naviyatini yuksaltirish, 
    tu rm u sh n i farovonlashtirish m um kin. Adib yoshligidan bolalarda m eh- 
    natga qiziqish, g'avrat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi.
    Abdulla Avioniy 1904-yilda M irobodda usuli jadid m aktabini 
    ochishga muvaffaq bo'ldi. 1907-yil 4-dekabrda uning m uharrirligida 
    «Shuhrat» gazetasining birinchi soni b osm adan chiqdi. Avloniy 
    1909-vilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va m ahalliy xalq 
    bolalarining o'qib, bilim olishi uchun pul yig'ib, m aktablarga tarqatadi. 
    M aktab ishi, xalq orasiga ma'rifat tarqatish Avloniy faoliyatining bosh 
    yo‘nalishini tashkil qildi. A m m o, Chor m ustam lakachilik siyosatini 
    am alga oshirib borayotgan o i k a m a ’murivati 1908-yilda m aktabni 
    vopdi.
    Avloniy 1909-yilda D egrez m ahallasida yangi m ak tab ochdi, 
    1909— 1917-yillar davom ida uning «Birinchi muallim ». «Ikkinchi 
    m uallim », «Turkiy Guliston yoxud axloq», «M aktab gulistoni», 6 
    qism dan iborat «Adabiyot yoxud milliv she'rlar» to'plam i nashr etildi. 
    Abdulla Avlonivning fikricha, axloq ~ bu xulqlar majmuyidir. Xulq 
    esa, kishida o'z -o'zidan paydo b o lm a y d i. U larning shakllanishi uchun 
    m a i u m bir sharoit, tarbiya kerak. K ishilar yom on bo'lib tug'ilmaydilar. 
    ularni m u a v y a n sharoit yom on qiladi. Avlonivning ta’kidlashicha, axloq 
    tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning 
    taraqqiy qilishi. davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p 
    jihatdan bog'liq. A bdulla Avloniy kishining ilm olishini eng y u k sak
    fazilat hisoblaydi. Uning aytishicha. ilm agar jam iyat m anfaatiga 
    xizm at qilmasa, xalq farovonligi y o l i d a q o ila n ilm a s a , u oiikdir. 
    Shuning uchun ham adib xalqqa ko'proq nafi tegadigan ilm -hunar bilan 
    shug'u llanishni ta k lif etadi. Adib ilm ning amaliy aham iyatini chuqur 
    tahlil etadi. Uning fikricha. har bir kishi biror ilm, hunarni egallar 
    ekan, uni hayotda qo’llay bilishi darkor. ana shundagina ilm -hunarning 
    jam iyatga nafi tegishi m um kin. Avloniy o ’z ilmini am alda qo’llay 
    oladigan kishilarni dono insonlar. deb hisoblaydi. Mahalliy mualliflik 
    m aktablari, jam iyat hayotidagi o'z garishlar ta'lim va tarbiya tizim iga 
    o'z ta'sirini ko'rsatm ay qolmagan. X X asrning ikkinchi y arm ida 
    m usu lm o n lar m uhitidan m utaxassislarni tayxorlash m aqsadida yangi
    68


    tipdagi m aktablar ochila boshlangan. B unday yangi tipdagi maktablar 
    ochilishining tashabbuskori Ismoyilbek Gasprinskiv edi. Aslini olgan- 
    da, G a sprinskiyning g'oyalari burjua-mil latch ilik xarakteriga ega 
    bo'lgan, lekin ularning kowp jihatdan om m abop bo'lishi bilan o'z 
    e ’tiborini tortgan. 1884-yilda Gasprinskiy tom onidan B oqchasaroyda 
    bunday tipdagi birinchi m aktab ochiladi. Unda haqiqatan ham ko'p 
    yangi narsalar bo'lgan: bolalar polda emas, balki partalarda o ‘tirishgan, 
    tijorat va savdo-sotiqqa oid fanlar o’rgatilgan. 1900-yilda Buxoroda 
    bir necha oylar davom ida mavjud bo'lgan yangi tipdagi m aktab ishga 
    tushgan. Natijada G a sprinskiyning g'oyalari bilan tanishib chiqqan 
    B uxoroning tatar ziyolilari Buxoro va Q o'qonda tatar bolalari uchun 
    m aktablar ochishgan. Bir necha vaqtdan so'ng bunday m aktablarga 
    o'z bek ham da tojiklarning bolalari qabul qilina boshlangan. Yangi 
    tipdagi m aktablarning tarafdorlari tobora oshib borgan. B oqchasaroy va 
    Istambul o ’rtasida do'stlik aloqalari o'rnatilgan, «Tarjimon» gazetasiga 
    obuna bo'lingan. «Usui Savtiya» m aktabining faoliyati bilan yaqindan 
    tanishish m aqsadida ba'zi bir m utaxassislar B oqchasaroy va Istambulga 
    safarga otlanishgan. Bu voqeadan bezovtalangan ruhoniylar bunday 
    yangi tipdagi m aktablarni yopishga q a t’iy talab qo'va boshlashgan.
    B unga javoban turk ham da mahalliy ziyolilar tom onidan Buxoroda 
    jadidlar maktabi tashkil etilgan edi. U larning m aqsad va vazifalari 
    boshqa m aktablardan farq qilar edi. O 'r ta Osiyo, buning qatorida 
    Turkistondagi bunday m aktablar M unavvar qori g u ruhi tom onidan 
    tashkil etilgan edi. Toshkentning Beshvog'och dahasida ko'p pog'onali 
    m aktab-internatning tajribasi o'rganilgan. Bu yerdagi m ashg'u lotlar 
    yaxshi jihozlangan fizika, kimyo, matematika, tarix xonalarida o'tilgan: 
    m ashg'u lotlarda berilgan bilimlarni o'zlashtirish darajasini oshirish 
    m aqsadida har xil tajribalar o'tkazilgan. M aktab o'qituvchilari fizika, 
    kimyo, matem atika, tarixga oid kitoblar va o'quv qo'llanm alarni rus 
    tilidan o'z bek tiliga tarjim a qilishar edi; m aktabdagi ustaxonalarda 
    o'quvchilar m ehnat ko'nikm alarini egallash imkoniyatiga ega edilar. 
    M aktabda musiqa, drama, radiohavaskorlik va boshqa turli hit to'ga- 
    rakiar tashkil etiladi. To'garak ishtirokchilari ishchilar, m ahallada 
    yashovchi odam lar uchun konsertlar tashkil qilardilar, tashviqot va 
    targ'ibot ishlari bilan shuq’ullanar edilar. 1921-yilda m aktab-internat
    69


    K .L ibxent nom idagi tajriba-nam unaviy m ehnat m aktabi nom i bilan 
    o'zgartirilgan b o iib . biologiya vcfnalishida b o ig a n , key in esa m aktab 
    shaharchasiga aylantirilgan. Uning rahbari V.F. Lubnikov b o ig a n . 
    To'qqiz yillik m aktabdan tashqari shaharchaning tarkibida pedagogika 
    va qishloq xo'jaligiga doir ikki y illik kurslar ochilgan. B u n d an tashqari, 
    botanika, zoologiya, kimyo. fizika, m atem atikaga doir dasturlar batafsil 
    tuzilgan. Yuqori kurs talabalarning tadqiqot ishlari ilmiy xarakterga 
    ega b o lg a n . Misol uchun: talabalar tom onidan olib borilgan bir y illik 
    m eteologik kuzatuvlar Toshkent observatoriyasida qoilan ilg a n . O'quv- 
    chilar tabiatni, aholi nim a m a s h g ’ulot bilan shug'ullanishi, sanoat, 
    qishloq xo'jaligi, aholining tu rm u sh tarzi va m adaniyatini o'rganishgan. 
    Sh.A. A m onashvilining 
    «Hayot 
    m aktabi» 
    pedagogika 
    g 4oyas.iga 
    asoslangan.

    Download 7,6 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish