26
11. Berilgan sondagi qo‘shni raqamlarining raqamlarining yig‘indisiga teng bo‘lgan
raqamni
o‘chirivchi funksiya tuzing.
12. Berilgan N soni ikkita tub sonni yig‘indisi bo‘lishini tekshiruvchi funksiya tuzing.
13. Berilgan son 11 ga bo‘linsa 1 aks holda o chiqaruvchi funksiya tuzing. 14.
Berilgan sonni
K o‘rindagi raqamini N o‘rindagi raqami bilan al- mashtiruvchi funksiya tuzing.
15. Sonni raqamlarini o‘sish (kamayish) tartibida saralovchi funksiya tuzing.
16. Uchburchakni uchta uchining koordinatalari berilgan. Uning yu- zasini topuvchi funksiya
tuzing.
17. So‘z berilgan. Shu so‘zni palindromlikka tekshiruvchi funksiya tuzing. Masalan, kiyik.
So‘z palindrom bo‘lsa “Palindrom” aks holda “Palindrom emas” so‘zini chiqaring.
18. Besh burchakning uchlarining koordinatalari x1, y1, x2, y2, …, x5, y5 berilgan.
Beshburchakdagi uchburchakni uchta uchining koordi- natalari berilgan.
Uning yuzasini
topuvchi funksiya tuzing.
19. Sonni tublikka tekshiruvchi funksiya tuzing va barcha uch xonali tub sonlarni chiqaring.
20. Barcha tub sonlar ichidan “egizak”larini topuvchi funksiya tuzing.
Tub sonlar “egizak” deyiladi, agarda ular 3 ga farq qilsa. Masalan, 41 va 43.
Uch xonali sonlar
ichidan barcha “egizak”larni chiqaring.
21. Ikkita son berilgan. Ularni raqamlari yig‘indisi kattasini toping.
Sonni raqamlari yig‘indisini topuvchi funksiya tuzing.
22. Ikkita son berilgan. Ularning raqamlaridan soni ko‘pini toping.
Sonni raqamlari sonini topuvchi funksiya tuzing.
23. 6 xonali barcha baxtli sonni toping. Agarda 6 xonali sonni dastlabki uchta raqamini yig‘indisi
oxirgi uchta raqamini yig‘indisiga teng bo‘lsa baxtli son deyiladi. 6 xonali sonni raqamlarini
uchtalab yig‘indisini topuvchi funksiya tuzing.
24. Berilgan sonni palindromlikka tekshiruvchi funksiya tuzing.
Masalan, 1221. Son palindrom bo‘lsa “Palindrom”, aks holda “Palindrom emas” so‘zini
chiqaring.
25. Berilgan a va b sonlarini EKUBini topuvchi funksiya tuzing.
26. Berilgan a va b sonlarini EKUKini topuvchi funksiya tuzing.
27.
Berilgan a, b va c sonlarini EKUBini topuvchi funksiya tuzing.
28. Berilgan y (yil), o (oy) va k (kun) sonlari berilgan. Shu sonlarni ki- ritgan holda qaysi kunga
to‘g‘ri kelishini aniqlovchi dastur tuzing. Ma- salan, 2019 8 2 uchun “Juma” chiqishi lozim.