36
5. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha
marta joylashtirish
mumkinligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha marta joylashtirish
mumkin. A kesmada B kesmaning joylashmagan qismini aniqlovchi dastur tuzilsin.
7. Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o‘nliklar
xonasidagi raqamni, So‘ng birlar xonasidagi
raqamni chiqaruvchi dastur tuzilsin.
8. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlar yig‘indisi va ko‘paytmasini
aniqlovchi dastur
tuzilsin.
9. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari o‘rnini almashtirishdan hosil bo‘lgan sonni
aniqlovchi dastur tuzilsin.
10. Uch xonali son berilgan. Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin.
11. 999 dan katta bo‘lgan son berilgan. Bir marta bo‘lib butunni va bo‘lib
qoldiqni olish
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma
tuzilsin.
12. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o‘tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to‘la
o‘tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
13. Hafta kunlari quyidagi tartibda berilgan: 1 – dushanba, 2 – seshanba, ... , 6 – shanba, 7 –
yakshanba (N 1-7gacha bo‘lgan hafta kunlari soni). 1- 365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan.
Agar 1-yanvar N chi kunga to‘g‘ri kelsa, kiritilgan K – kun haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri
kelishini aniqlovchi programma tuzilsin.
14. A, B, C butun sonlar berilgan. Tomonlari AxB bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka tomoni C
bo‘lgan kvadrat eng ko‘p joylashtirilsin.
To‘g‘rito‘rt burchakka eng ko‘p joylashgan kvadratlar soni va
joylashmay qolgan qismi
yuzasini aniqlovchi programma tuzilsin.
15. Qaysidir yil berilgan. Berilgan yilning qaysi yuz yillikka kirishini aniqlovchi programma
tuzilsin. (Masalan: 20 – yuz yillikning boshi 1901 yil).