|
Mustaqil bajarish uchun variantlarBog'liq Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplamiMustaqil bajarish uchun variantlar:
1.
Uchta butun son berilgan. Shu sonlarning ikkitasi o‘zaro teng, qolgan bittasini tartib raqami
aniqlansin.
2.
To‘rtta butun son berilgan. Shu sonlarning uchtasi o‘zaro teng, qolgan bittasini tartib raqami
aniqlansin.
3.
Sonlar o‘qida uchta A, B, C nuqtalar berilgan. A nuqtaga eng yaqin nuqta va ular orasidagi
masofa topilsin.
4.
Ikkita A va B butun tipli o‘zgaruvchilar berilgan. Agar ularning qiymatlari o‘zaro teng
bo‘lmasa, har bir o‘zgaruvchiga bu qiymatlar yig‘indisi ta’minlansin, agar o‘zaro teng bo‘lsa,
o‘zgaruvchilarga 0 ta’minlansin. A va B ning yangi qiymatlari ekranga chiqarilsin.
5.
Uchta son berilgan. Ularning o‘rtasidagi (ya’ni kattasi va kichigi orasida joylashgan) sonni
aniqlovchi dastur tuzilsin.
6.
Uchta son berilgan. Shu sonlarning yig‘indisi eng katta bo‘ladigan ikkitasini ekranga
chiqaradigan dastur tuzilsin.
7.
Kordinatalar tekisligida butun son berilgan. Agar nuqta koordinata boshida yotsa, 0
chiqarsin. Agar nuqta OX yoki OY o‘qlarida joylashsa mos holda 1 va 2 chiqarilsin. Agar
nuqta koordinata o‘qida joylashmasa 3 chiqarilsin.
8.
OX va OY koordinata o‘qlarida yotmaydigan nuqta berilgan. Nuqta joylashgan koordinata
choragi aniqlansin.
9.
Koordinata o‘qlariga parallel ravishda to‘g‘ri to‘rtburchakning uchta uchi berilgan, to‘rtinchi
uchi koordinatasini aniqlansin.
10.
Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur
tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun bor, kabisa bo‘lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga
karralilariga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo‘lganlari kabisa
yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.
|
| |