Raqamli nivelirlar va ularning turlari
Sevara Ergash qizi Otaboyeva
sevaraotabayeva304@gmail.com
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy geodezik asboblar qatoriga
kiruvchi
raqamli nivelirlar, ularning turlari va geodezik oʻlchash ishlarida amaliy ahamiyati
oʻrganiladi. Shu bilan birgalikda raqamli nivelirlarning texnik tavsiflari va
ularning
geodezik ishlardagi afzalliklari yoritilib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar:
Dini 11, Dini 12, oʻq chiziqlar, burchaklar,
klaviatura, piketlar,
topografik, elektronika, slindrik adilak, tablo, PCMCIA, Trimble, RS karta, DNA10,
profil
Digital levels and their types
Sevara
Ergash kizi Otaboyeva
sevaraotabayeva304@gmail.com
Urganch State University
Abstract:
In this article, digital levels, their types and their practical importance
in geodetic measurement work, which are part
of modern geodetic instruments, are
studied. At the same time, the technical characteristics of digital levels and their
advantages in geodetic works are highlighted.
Keywords:
Dini 11, Dini 12,
arrow lines, angles, keyboard, pickets,
topographic, electronics, cylindrical adilak, scoreboard, PCMCIA, Trimble, RS card,
DNA10, profile
Kirish: Nivelirilarning asosiy vazifasi yer sirtida ikkita nuqta orasidagi nisbiy
balandlikni aniqlashdan iborat. Oʻlchash aniqligi boʻyicha nivelirlar 3 turga boʻlinadi:
1. Yuqori aniqlikdagi, 2. Aniq nivelirlar, 3.Texnik nivelirlar
Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi turi - elektron raqamli
invelirlar ishlab chiqildi va ular ishlab chiqarishda keng qoʻllanilmoqda. Bularga
misol qilib Dini 11, Dini 21, Carl Zeiss (Germaniya), Dini 12, Dini12T, Dini22
Trimble (AQSh), DNA03, DNA10 Leica (Shveysariya) raqamli nivelirlarni keltirish
mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
631
Dini 21 elektron nivelirining koʻrinshi
An’anaviy nivelirlardan raqamli nivelirlar elektronika
bilan jihozlanganligi va
maxsus ish dasturlari bilan taʼminlanganligi uchun farq qiladi. Bu esa dala oʻlchash
ishlarini va natijalarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi,
jumladan:
✓
shtrix-kodli nivelir reykasi bo’yicha sanoq olishini avtomatik ravishda
bajarishi;
✓
oʻlchash natijalariga koʻrish trubasi vizir oʻqining silindrik adilak oʻqiga
parallel emasligi (
i
burchagiga), hamda yer egriligi va qoʻyilishini 25mm gacha
aniqlikda avtomatik oʻlchash;