|
Mustaqil bajarish uchun variantlarBog'liq Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplamiMustaqil bajarish uchun variantlar:
1.
To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama – qarshi uchlari koordinatasi
orqali hisoblovchi funksiya hosil qiling. (x1, y1, x2, y2) to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama – qarshi
uchlari RectPS funksiya orqali 2 ta to‘rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang.
2.
Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig‘indisini hisoblovchi funksiya hosil qiling.
3.
Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Bu
funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin.
4.
Kiritilgan K butun musbat sonining o‘ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1 <= R <= 9)
qo‘shuvchi funksiya hosil qiling.
5.
Kiritilgan K butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1 <= R <= 9)
qo‘shuvchi funksiya hosil qiling.
6.
Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiya
orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi dastur
tuzilsin.
7.
X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X,Y) funksiyasini hosil
qiling. Minmax funksiyasini 4 marta chaqirish orqali a, b, c, d butun sonlaridan kattasini va
kichigini aniqlovchi dastur tuzilsin.
8.
A, B, C sonlarini o‘sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling.
Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik
va C ning qiymati eng katta bo‘lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini
tartiblang.
9.
A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C) funksiyasini hosil
qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng
katta va C ning qiymati eng kichik bo‘lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2)
sonlarini tartiblang.
10.
o‘ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling.
Ya'ni A ning qiymati B ga, B ning qiymati C ga, C ning qiymati A ga o‘tib qolsin. Bu funksiya
orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting.
|
| |