Mustaqil bajarish uchun variantlar




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana27.09.2024
Hajmi1,03 Mb.
#272734
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplami

Mustaqil bajarish uchun variantlar: 
1.
Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. 
Ya'ni C ning qiymati B ga, B ning qiymati A ga, A ning qiymati C ga o‘tib qolsin. Bu funksiya 
orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting.
2.
Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya 
argumenti noldan kichik bo‘lsa -1; noldan katta bo‘lsa 1; nolga teng bo‘lsa 0 qiymat qaytarsin 
Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b) ifodasi hisoblansin.
3.
Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. A* x 
2

B* x 
+

=

ko‘rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (A noldan farqli son)
4.
Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini 
hisoblang. Doiraning yuzi S 
=
R2 orqali hisoblanadi. Pi 

3.1415 ni o‘zgarmas deb qabul 
qiling.
5.
Markazi bir nuqtada bo‘lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing ustma–ust 
tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS nomli funksiya hosil 
qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning, S 
=
R2 . Pi 

3.1415 ni 
o‘zgarmas deb qabul qiling.
6.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari A va B berilganda, uning perimetrini hisoblovchi 
TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
7. 
A va B sonlari orasidagi sonlar yig‘indisini hisoblovchi SumRangle(A, B) nomli funksiya 
hosil qiling. Agar A > B bo‘lsa, funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu funksiya orqali A dan B 
gacha va B dan C gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblang. A, B, C butun sonlar.
8.
Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling. A va B haqiqiy 
sonlar. Op o‘zgaruvchisi orqali bajariladigan arifmetik amal aniqlanadi. 1-ayirish, 2-
ko‘paytirish, 3-bo‘lish, boshqalari qo‘shish. Shu funksiya orqali A va B sonlari uchun N1, N2, 
N3, N4 amallari bajarilsin. (N1-N4 butun sonlar)
9. 
X va Y butun sonlari berilgan (X va Y noldan farqli). (X, Y) nuqta qaysi chorakda ekanini 
aniqlovchi Quarter nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali 4 ta nuqtaning choragini 
aniqlang. 
10.
Butun sonning juft – toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil qiling. Funksiya K 
juft son bo‘lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Bu funksiya orqali 3 ta sonning juft 
yoki toqligi aniqlansin.
11. 
IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K biror butun sonning 
kvadrati bo‘lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya orqali 3 ta sonni 
tekshiring.
12.
IsPower5(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni 5 ning biror darajasi 
bo‘lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. 
Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi 5 ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
13.
IsPowerN(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni N ning biror darajasi 
bo‘lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. 
Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi N ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
14.
IsPrime(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni tub bo‘lsa – true, aks 
xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya orqali kiritilgan k ta sondan nechtasi tub ekanini 
aniqlovchi dastur tuzilsin.


49 
15.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitCount(K) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya K 
ning raqamlari sonini qaytarsin. Shu funksiya orqali 5 ta sonning raqamlari soni aniqlansin.
16.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K, N) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya K 
sonining N – raqamini qaytarsin. Agar K soni raqamlari N dan kichik bo‘lsa, minus bir 
qaytarsin. Shu funksiya orqali K1, K2, K3 sonlarining N – raqami aniqlansin.

Download 1,03 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish