|
Mustaqil bajarish uchun variantlarBog'liq Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplamiMustaqil bajarish uchun variantlar:
1.
Elementlari sonli bo‘lgan mavjud turlashgan faylni berilgan son bilan almashtiring (yangi
qiymat klaviaturadan kiritiladi): a) birinchi elementni; b) beshinchi elementni; v) k-nchi
elementni; g) oxirgi elementni.
2.
Elementlari alohida so‘zlar bo‘lgan mavjud turlashgan faylni berilgan qiymat bilan
almashtiring (yangi so‘z klaviaturadan kiritiladi): a) birinchi elementni; b) uchinchi elementni;
v) s-nchi elementni; g) oxirgi elementni.
3.
Elementlari alohida so‘z hisoblanuvchi turlashgan fayl berilgan. “t” harfi bilan boshlanuvchi
hamma so‘zlarni chop qiling. Bunda ikki variantni qarang: a) ma’lumki, mavjud faylga 30 ta
so‘z yozilgan; b) mavjud fayl o‘lchami ma’lum emas.
4.
Turlashgan fayl elementlari alohida so‘z hisoblanadi. Uning barcha elementlarini boshqa
so‘z bilan almashtring. Bunda ikkita variantni qarang: a) ma’lumki, mavjud faylga 12 ta so‘z
yozilgan; b) mavjud fayl hajmi ma’lum emas.
5.
Sonli turlashgan fayl mavjud. Uning tartib nomeri 3 ga karrali bo‘lgan hamma elementlarini
almashtiring. Yangi qiymat klaviaturadan kiritiladi. Bunda ikkita variantni qarang: a)
ma’lumki, mavjud faylga 20 ta son yozilgan; b) mavjud fayl hajmi ma’lum emas.
6.
Butun sonli turlashgan fayl mavjud. Uning hamma juft elementlarini nol bilan almashtiring.
Bunda ikkita variantni qarang: a) ma’lumki, mavjud faylga 13 ta son yozilgan; b) mavjud fayl
hajmi ma’lum emas.
7.
Elementlari alohida so‘zlardan iborat turlashgan fayl mavjud.
Agar so‘z “k” harfi bilan boshlansa, uni “K” harfi bilan almashtiring.
8.
Sonli turlashgan fayl mavjud. Toping (hamma holatlarda fayl hajmi ma’lum emas): a)
faylning birinchi va ikkinchi sonlar yig‘indisini; b) faylning k–nchi va q–nchi sonlari
yig‘indisi; v) faylning birinchi va oxirgi sonlari ko‘paytmasini; g) faylning hamma sonlarining
yig‘indisini; d) fayldagi sonlar miqdorini; e) a sonidan oshib ketmaydigan fayldagi sonlar
miqdorini; j) faylning musbat sonlarining o‘rta arifmetigini; i) mavjud fayldagi maksimal
sonni; k) fayldagi minimal sonning tartib nomeri (agar bunday fayllar bir nechta bo‘lsa,
ularning birinchisini nomerini toping).
9.
Elementlari alohida so‘zlardan iborat turlashgan fayl mavjud.
Toping (hamma holatlarda fayl hajmi ma’lum emas): a) “m” harfi bilan boshlanuvchi so‘zlar
sonini; b) “l” harfi bilan boshlanuvchi barcha so‘zlar va ularning birinchisini tartib nomerini
chop qiling; v) tartib nomeri juft bo‘lgan so‘zlar va ulardan so‘z tuzing; g) eng uzun so‘zni; d)
eng qisqa so‘zni.
|
| |