Uskunalar paneli. Dasturning ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga
nisbatan ko‘pincha qo‘llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo‘lib, barcha asosiy
amallar ular yordamida bajariladi. Ko‘pchilik uskunalarda strelka belgisi
ko‘rsatilganligiga e’tibor bering. Bu esa o‘z navbatida, uning tagida qo‘shimcha
uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini
sichqoncha bilan belgilab ma’lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan biron
uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo‘ladi. Bu usul panel hajmini
qisqartirish maqsadida bajariladi.
«Adobe Photoshop» asboblar paneli «Adobe Photoshop» dasturi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel
turli tugmalardan iborat bo‘lib, har bir tugmacha «Adobe Photoshop» dasturining
biror komandasini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo‘lmasa menyu
satrining Окно punktida Вкл panel komandasini tanlang.
«Adobe Photoshop» dastursida jami 46 ta asboblar mavjud bo‘lib, ulardan 20
tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko‘zga tashlanib turadi.
Qolganlarini qo‘shimcha komandalarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar
asboblar panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o‘ng burchagida kichik
uchburchak shakli tasvirlangan bo‘lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o‘xshash
komandani bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha
ustidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga
64
olib chiqiladi va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap
tugmachasi qo‘yib yuboriladi.
Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa kursor belgisi ostida asbobning
qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo‘ladi.
Quyida
«Adobe Photoshop» dastursida ishlash jarayonida keng
qo‘llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltirib o‘tiladi: