62
ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe Photoshop» imkoniyatlari
keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda
juda katta qulayliklar yaratadi.
«Adobe Photoshop» ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy
imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita
matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan
ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Dasturning asosiy oyna tarkibini ko‘rib o‘tamiz.
➢
Menyu satri.
Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda
butun dunyo bo‘ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo‘lib, Photoshop ham
bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi.