• ISBN 978-9910-796-15-9 © “ILM NURI PRINT” MCHJ, 2024 3 KIRISH
  • Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

     
    Abstract
    This mannual is designed to work with students studying in the Faculty of 60110600 – Mathematics and 
    Informatics.The most urgent problems of the field of Computer graphics and web-design and the scientific, 
    methodological basis of increasing educational efficiency are covered in this mannual. Moreover, this mannual can 
    be beneficial for students, school, lyceum informatics teachers and independent learners who want to study the science 
    of computer graphics and web design in depth. 
    ISBN 978-9910-796-15-9
     
    © “ILM NURI PRINT” MCHJ, 2024 



    KIRISH 
    Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o‘zida 
    birlashtirgan bo‘lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli 
    tasvirlarni hosil qilish, ularga ko‘rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga 
    doir yangi loyihalarni yaratishga mo‘ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash 
    imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng 
    qo‘llaniladigan dastur ta’minoti bo‘lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga 
    asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o‘lchovli fazoda qanday 
    kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy 
    dastur paketlari orqali ko‘rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda 
    uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin. 
    Yurtimizda ham dasturlashga bo‘lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi 
    Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta’kidlangan «Soha uchun yuqori malakali 
    mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million
    dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo‘lgan e`tibordan darak 
    beradi. Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, 
    energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, 
    ta’lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat. 
    Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, 
    loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar, web sayt 
    yaratuvchilar, o‘qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Shuning 
    uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga 
    kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan 
    biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushbu o‘quv qo‘llanmada 
    tasvir turlari, kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari, 
    proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe 
    Flashda animatsiyalar kabi mavzular to‘liq yoritib berilgan. 
    O‘ylaymanki, ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti talabalari, akademik 



    litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari va mustaqil 
    o‘rganuvchilarda kompyuter grafikasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, dasturlash 
    muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzishga, mamlakatimizning turli sohalari uchun 
    ilovalar yaratishga, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish 
    ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning 
    ochilishiga zamin hozirlaydi. 
    Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanib 
    borishi va uni inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi kuzatilmoqda. 
    Internetga kirish axborot xazinasiga kirishdek, foydalanuvuchilarga cheksiz bilim 
    qatlamini ochib beradi va qiziqarli onlarga, yaxshi tadqiqotlarga ega bo‘lgan 
    foydalanuvchilar uchun juda katta keng miqyosdagi imkonmiyatlar beradi. 
    Axborot 
    texnologiyalarida web texnologiyalari vositalari Web-sahifa va 
    ma‘lumotlar bazasi, Web- interfeyslarni dasturlash uchun JavaScript, PHP 
    vositalarini amalga oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
    Fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda 
    kengayib bormoqda, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari keng bo‘lgan yangi 
    texnologiyalar kirib kelmoqda. 
    Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global 
    kompyuter tarmog‘idir. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi 
    axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual 
    to‘plamdan 
    tashkil 
    topadi. 
    Internet 
    tarmog‘i, 
    unga 
    ulangan 
    barcha 
    kompyuterlarning o‘zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. 
    Ushbu darslik web ilovalarni yaratishda foydalaniladigan asosiy va 
    zamonaviy dasturlash tillari, ularning tuzilishi va ulardan foydalanish metodlari, har 
    bir dasturning afzalligi va kamchiligi, rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda 
    respublikamizdagi bu borada olib boriliyotgan ishlar va olinayotgan natijalar 
    web ilovalarni yaratish sohasida foydalaniladigan dasturlash tillari istiqboliga 
    ta‘siri masalasini qamraydi. 
    Web ilovalarni yaratish darslining maqsadi har bir mutaxassis o‘z sohasida 



    qo‘llashi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, 
    turli xil saytlar yaratish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga 
    ega bo‘lishi va ulardan foydalanish uchun ko‘nikma va malakalarni shaklantirish 
    va rivojlantirishdan iborat. 
    O‘quv qo‘llanma 15 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir mavzu misollar bilan 
    yoritib berilgan va har bir mavzu so‘ngida nazorat savollari hamda foydalanilgan 
    adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. 
    Ushbu o‘quv qo‘llanmada Kompyuter grafikasi haqida tushuncha, Kompyuter 
    grafikasida fayllar formatlari va ranglarning sxemalari, Grafik muharrirlar haqida 
    tushuncha. ikki va uch o‘lchamli kompyuter grafikasi turlari, Rastrli grafik 
    muharrirlar. adobe photoshop dasturi va uning imkoniyatlari, Vektorli grafik 
    muharrirlar, Uch o‘lchovli tasvirlar va ularni yaratuvchi grafik dasturlari, 
    Animatsion grafika, Web-dizayn asoslari. internetda dizayn. vazifalar, 
    yondashuvlar, yechimlar, HTML tili va unda ishlashning qo‘shimcha imkoniyatlari, 
    HTML tilida rasm, javdal va boshqa elementlardan foydalanish, Javascript va css 
    qoʻllagan holda web-sayt yaratish, SMM - platformalar va ularning imkoniyatlari, 
    MOOC (massive online open courses) platformalari va ularning turlari, CMS - 
    kontent boshqaruv tizimlar va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni, CMS tizimlarining 
    sayt dizaynini yaratish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar hamda PHP, 
    MySQL, JavaScript va CSS haqida umumiy tushunchalar berib o‘tilgan. 




    Download 11,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish