21
kattaligidir. Hozirgi vaqtda habarni saqlovchi magnit diskasi va magnit tasmasi keng
qo‘llanilmoqda. Magnit diskasi va tasmasiga xabarlarni yozish va o‘qish magnitli
kallak yordamida magnitafonga o‘xshash yoziladi. Hozirgi qurilmalarida yozishni
ko‘ndalang zichligi 1 mm va 8 - ta yo‘lga, uzunligi - 160 bit/mm ga etadi. Shaxsiy
kompyuterlar uchun asosiy tashqi xotira to‘plovchi
qurilma egiluvchi magnit
diskasidir. Bu arzon tez ishlaydigan va kichik gabaritli qurilma xabarlarni to‘plovchi
diametri 19,8 sm li egiluvchi plastmassa plastinka bo‘lib, o‘nga magnit qatlami
qoplangan va himoyalovchi plastinka konvert ichiga joylashtirilgan. Habarlarning
magnit diskasining bir tomonga yoki ikki tomonga yozish mumkin.
Bitta diskada
125 kbaytdan 500 kilobaytgacha xabarlar saqlash mumkin. Lekin, bu chegara emas.
Intensiv
ravishda
optikaga
asoslangan
xabarlarni
to‘plovchi
disketalar
rivojlanmoqda. Ularda grafik ma’lumotlar yozish va o‘qish lazer nuri yordamida
amalga oshiriladi. Optik xotirada saqlab qoluvchi qurilma odatdagi magnit diskali
xabarlarni to‘plovchi disketalardan 100 marta ortiqdir. Diametri 50 - 405 mm
bo‘lgan optik disklarni habarlar sig‘imi 4 Gbaytga yetadi.
Hozirgi vaqtda, optik habarlarni tasmali tizimini 600 Gbayt xajmligi mavjud.
Bunday hajmli ma’lumotlar yozuv stolining tumbasidan
kattaroq qurilmaga
joylashadi va 250 mln standart mashina yozuvi betiga ekvivalentdir. Uzunligi 250
m kengligi 4 mm va qalinligi 12 mm, bo‘lgan tasma uncha katta bo‘lmagan kasetaga
joylashadi. Hozirgi vaqtda ensiklopediyalar, lug‘atlar va kitoblarni optik diskalarga
ko‘chirish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.
Hozirgi paytda rastr va vektorli tasvirlar uchun ko‘plab fayllar formatlari
ma’lum. Quyida rastr tasvirlar uchun fayllarni saqlash formatlarini ko‘rib chiqamiz.
BMP
faylning sarlavhasi
BITMAPFILEHEADER
deb ataladi. Undan faylning
umumiy tasnifi (holatining bayoni) joylashtiriladi. Sarlavha quyidagi maydonlarga
ega: