32
Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasviri 300 dpi
zichlikda chop etish uchun
11x8 dyuym
2
о`lchamli qog‘oz kerak bo‘ladi. 1 dyuym=300 bo‘lsa,
1dyuym
2
=90.000 (3200*2400)/9000 =85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym
2
ga teng.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining
asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir chiziqlardan tashkil topadi.
Fraktal
so‘zi lotincha
fractus
so‘zidan olingan bo‘lib, maydalangan, bo‘lib
chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat
bo‘lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili
kiritilgan
bo‘lib, ular yordamida daraxtlar, o‘rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga
va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual
borliq, animatsiya, kompyuter o‘yinlari va matematik
modellashtirishda keng
foydalaniladi. (1-rasm)
1-rasm. Fraktal tasvirlarning ko‘rinishi.
Yuqorida keltirilgan rastr, vektor va fraktal grafikalari o‘rtasidagi asosiy farq
nurning displey ekrandan o‘tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli
trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo‘ylab
bir marta
chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi.
Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir.
Vektorli grafika
bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda
tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Bunday vositalar
reklama agentliklarida,
dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo‘llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan
vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun
maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak,
rastrli grafikaning asosiy
elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan
tasvirlar
33
kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko‘pincha ushbu
maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar
bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov
berishga mo‘ljallangan. Internet tizimida ko‘proq rastrli tasvirlar qo‘llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish - bu tasvirni chizish yoki jihozlash
emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko‘riladi.
Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi.