25
maqsadga muvofiq.
Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari,
illyustrativ matnlar,
chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat qiladi.Tijorat
kompyuter grafikasi sinfining
grafik vositalardan farqliroq, illyustrativ grafiklar
sinfining dasturiy vositalarida sifatli tasvirlarni olish
birdan-bir maqsaddir va uni
alohida taxlil qilish talab qilinmaydi. Ushbu sinfning dasturiy vositalari oddiy va tez
usulda tarkibiy qismlarni yig‘ishga hamda grafik obyektlarni o‘zgartirishga imkon
beradi.
Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari keskin rivojlanmoqda.
Kompyuterlashtirilgan reklama reklamaning zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib, u
zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi usullari va vositalari yordamida yaratish
va tarqatishning tubdan yangi shaklidir.
Zamonaviy reklamada kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish reklama
kompaniyasining rolini tubdan oshiradi va undan:
a) televideniyada;
b) xalqaro ko‘rgazma va anjumanlarda;
v) AMBdan foydalanish jarayonida;
g) interaktiv o‘qitish tizimlarini ishlab chiqishda;
d) xalqaro tarmoqlarning elektron anjumanlarida;
e) o‘quv jarayonida foydalanish mumkin.
Reklamada sifat o‘zgarishlari asosan uch yo‘nalishlar bo‘yicha sodir
bo‘lmoqda: reklama jarayonini kompyuterlashtirish
va uning natijasida unga
informatika vositalarini tatbiq etish, audio vizual texnikani va kabelli televideniyani
rivojlantirish.
Illyustrativ
grafikaning
ADP
ko‘pincha
grafik
muxarrirlar
bilan
tenglashtiriladi, ammo keyingilari ushbu sinfdagi ko‘pgina ADPlarning fakat bir
qismidir. Masalan, Storyboard Plus ADPdagi grafik
muxarrir Picture Maker
modellaridan biridir, undan tashqari Story Editor stsenariylar muxarriri,
Story
Te11er - tayyor slayd filmlarni namoyish etish va Picture Taker - boshqa ADPdan
tasvirlarni tortib oluvchilar xam mavjud.