Animatsiya
- bu, obyektlar, kameralar, yorug‘lik manbalarini o‘zaro joyini
almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ega vazifa,
topshiriq.
Hozirgi vaqtda kompyuterli grafikasi vositalarini qo‘llashning ushbu sohasi
goyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Xorijiy tajribaning ko‘rsatishicha,
hozir dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida kompyuterlashtirilgan reklama
axborotlarining manbalari, ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlarining ma’lumotlar
bazasi mavjud, ularga reklama beruvchilar belgilangan to‘lovlar hisobiga o‘z
firmalari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) hakidagi
ma’lumotlarni kiritadi. U yoki bu axborot maxsulotini xarid qilishga qiziqqan
bo‘lajak xaridorlar ushbu ma’lumotlar banklariga telefonlar yoki maxsus terminlar
yordamida hisobli sotsiyalar davomida o‘zlari uchun kerakli axborotlarni oladi.
Tanishtirishlar,
ko‘rgazmalar,
anjumanlar
va
videozallarda
kompyuterlashtirilgan reklamani namoyish qilishning eng samarali vositasi video
28
proektsion tizimlardan iborat bo‘ladi. Reklamalarni katta ekranli video tizimlar
orqali tarqatish odamlarning axborot ehtiyojlarini qanoatlantirishga imkon beradi,
bu o‘z navbatida, yangi xaridorlarni jalb qiladi. Ko‘pgina ekspertlar televideniega
yuqori
aniqlikdagi
katta
ekranli
tizimlarni
tezroq
tatbiq
etilishi
kompyuterlashtirilgan reklamani tarqatishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi deb faraz
qiladilar.
Zamonaviy reklamani ishlab chikishni takomillashtirish va marketing
tadkikotlari natijalarini taxlil qilishning qurol sifatida xuddi animatsion kompyuterli
grafikasi vositalari tanlanishining sabablarini tadqiq qila turib, ushbu sohaga butun
dunyoda hisoblash texnikasini qo‘llashning eng yuqori aqliy va yuqori texnologik
sohasi sifatida qaralishi hakidagi xulosaga kelish mumkin, ammo bu xam ShKlarda
video tasvirlar bilan to‘laqonli ishlashning ta’minlovchi texnik va dasturiy
yechimlarining murakkabligi va ham kompyuterli grafikasining zamonaviy usullari
asosida yotgan jiddiy matematik baza bilan bog‘liq. Bundan tashqari, hozirgi kunda
yuqori sifatli kompyuterlashtirilgan reklamani hisoblash vositasi yordamida
tayyorlash faoliyatining yetarlicha foydali turi bo‘ladi.
Bugun g‘arbda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir daqiqasi shakli va
ishlab chiqishning murakkabligiga karab 1000 dan 50000 AQSh dollarigacha turadi.
Bizning respublikamizda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir daqiqasi ancha
arzon turadi.
Animatsion kompyuter grafikalarining dasturiy vositalariga, eng avvalo, ZD-
Studio, Animator Rgo va boshqalar kiradi. Animatsion grafika quyidagilarga imkon
beradi:
1) sinchli ZD obyektni modellashtirish va ko‘rishga, uni zamonaviylashtirish
va u bilan manipulyatsiya qilishga;
2) qurilgan sinchli obyektning sirtini qoplash uchun materialni kutubxonadan
tanlash yoki yaratish (bunday material tekstura deb ataladi);
3) oldin yaratilgan modellarni bo‘shliqga joylashtirish, ya’ni bu obyektlar
uchun saxna, harakat joyini qurish (masalan, stol, unda pichok yordamida «beqiyos
mazali apelsinni» kesish mumkin);
29
4) tekstura obyektlarini ulash;
5) yoritishning xarakterini belgilash, yorug‘lik manbalari va kameralarni
sahnada joylashtirish;
6) kadrlarning izchilligini belgilash, obyektlarni kadrdan kadrga joyini
o‘zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yorug‘lik manbalari uchun
harakatlarni ham berish mumkin);
7) yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yorug‘lik, soyalar, ko‘rish
burchagi, obyektlarning o‘zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga o‘zgarishlarini
hisobga olish bilan hisoblash; bunday hisoblash rendering (inglizcha
«rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning oxirgi bosqichi, bunda tayyor ayrim
obyektlar, epizodlar va pallalardan yaxlit reklama kadri olinadi;
8) ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko‘rinishidagi olingan
izchilligini chiqarish.
MDX mamlakatlarida kompyuter grafikasi ustida ishlayotgan ko‘pgina
jamoalar hatto tegishli texnika va dasturiy ta’minlashga ega bo‘lmay ham, yaqin
kelajakda zamonaviy reklama, eng avvalo, uning video va tele tasvirlar sintezi bilan
belgilanishini yaxshi tushunadilar. O‘zbekistonda hozir yuqori sifatli va texnik
darajada bajarilgan ko‘pgina ajoyib ishlarni sanab o‘tish mumkin.
Kompyuterlashtirilgan reklamani ishlab chiqish kompyuter grafikasining
texnik va dasturiy vositalarini xarid qilish uchun katta moliyaviy xarajatlarni talab
qiladi. Agar firma vazifani aniq shakllantirsayu, reklama byudjetiga, reklama
vositalarini tanlashga nisbatan yetarlicha muloxaza qilinmagan qarorini qabul qilsa,
reklama faoliyati natijalarini baholashni hisobga olmasa, bu xarajatlarni havoga
uchirib yuborishi mumkin. Shuning uchun reklamaning iqtisodiy samaradorligi
ushbu reklama tadbirini o‘tkazishda qo‘yiladigan maqsadlar va uni o‘tkazish uchun
ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar summasi yaqindan bog‘liqtdir. Ya’ni, boshqacha
qilib aytganda, ushbu savollar tug‘iladi:
1. Reklamaga ajratilgan mablag‘lar qo‘yilgan maqsadlarga mos keladimi?
2. Reklama tadbirini o‘tkazish natijasida qo‘yilgan maqsadga erishiladimi?
Agar bu ikki omil bir biriga mos kelsa, unda iqtisodiy foydali bo‘ladi. Buning
30
ustiga, kompyuterlashtirilgan reklamaning iqtisodiy samaradorligini aniqlab turib,
ko‘p reklamalar oldida foyda olish maqsadi turmaganligi xolini hisobga olmaydilar.
Masalan, imij-reklamaning 80%i to‘g‘ridan to‘’gri foyda olish maqsadini
ko‘zlamaydi, chunki bu holda biror axborot maxsuloti emas, balki umuman
interaktiv xizmat reklama qilinadi.
Kompyuterlashtirilgan reklamani yaratish texnologiyasi zamonaviy axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va marketingning axborot kommunikatsion, bazasini
takomillashtirish
ishida
fundamental
tadqiqotlarni
o‘tkazishning yangi
shaxobchasini yaratish uchun qudratli rag‘bat bo‘ladi. Reklama tarqatishning radio
va televidenie kabi vositalaridan foydalanishda efirga buyurtma berish va sifatli
reklama syujetini yaratishga qo‘shimcha xarajatlar mavjud, agar mavjud bo‘lgan
hisoblash texnikasidan kompyuterlashtirilgan reklamani tarqatishda foydalanilsa, bu
xarajatlardan chetlash mumkin.
Axborot maxsulotlari va xizmatlarining reklama vositalari va usullarini taxlil
qilish ularni kompyuter grafikasi vositalari bilan takomillashtirish yo‘llarini
belgilashga imkon beradi, ya’ni:
a) animatsiya elementlariga jonli video va audio materiallarini kiritish;
b) telekommunikatsion kompyuter tarmog‘i orqali tarkatish;
v) reklama axboroti iste’molchilariga ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi, oldin erishib
bo‘lmaydigan ko‘rish samaraligini olish imkoniyatini ta’minlash;
g) tasvirlarning aniqligiga, 16 mln. va undan ortiq rang-tuslardan foydalanish
imkoniyatlariga erishish;
d) kerak bo‘lgan holda tabiiy so‘ratga olishni to‘ldirish (masalan, axborot
maxsulotlari va xizmatlarining xususiyatlarini ko‘rsatishda);
e) iste’molchilarni reklama kommunikatsiyalarining faol ishtirokchilariga
aylantiruvchi reklamani tarqatish vositalarini yaratish;
j) grafik axborotning yangi manbalaridan foydalanish.
|