Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/124
Sana27.09.2024
Hajmi11,66 Mb.
#272673
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

Tasvirlarni arxivlash
uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar mavjud. 
Birinchidan matnning sifatini pasaytirib bo‘lmaydi, unda ba’zi belgilarning tushib 
qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Rostdan ham, agar Nodirning ismini ozgina 
qisqartirib, Nodi deb ketsak, Nodir bizdan astoydil xafa bo‘ladi. Tasvirlarda esa 
ko‘z ilg‘amaydigan elementlarni tashlab ketsa ham bo‘ladi, ya’ni tasvir sifatining 
bir qadar yomonlashishiga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi. 
Ikkinchi tomondan, kompyuter alifbosida bor-yo‘g‘i 256 ta belgi bo‘lsa, rasm 
elementlari - piksellarning ranglari bir necha milliard qiymatdan birini qabul qilishi 
mumkin. Boshqa tomondan eng katta rasmlarda ham ko‘pi bilan bir necha million 
piksel bo‘lishi mumkin. Bu esa rasm lug‘atini tuzish uchun keng imkoniyatlar ochib 
beradi. Rasmdagi piksellar sonining kattaligi ham undan ko‘plab takrorlanadigan 
piksellar ketma-ketliklarini topishga imkon beradi. Misol sifatida keltirilgan osmon 
o‘par binoning rasmining asosiy qismini ko‘m-ko‘k osmon tashkil etadi.(2-rasm) 
Unda esa takrorlanadigan piksellar juda ko‘p. Natijada rasm hajmi yuz barobargacha 
va undan ko‘proq kamayishi mumkin. 
2-rasm. Osmon o‘par bino. 
Tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko‘plab 
formatlar 
ishlab 


34 
chiqilgan. Quyida eng ko‘p ishlatiladigan formatlarni ko‘rib chiqamiz. 
BM
P
(ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir. 
GIF
(Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati. Bir faylda 
bir necha tasvirlari saqlay oladi va soda animatsiyalar uchun juda qulay. 
TIFF
(ingliz tilidagi Targed Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir 
fayli formati. Rasmlarni tayyorlashga ishlatiladigan eng keng tarqalgan rastr 
formatlardan biri TIFF (Target Image File Format), 1986 yilda Aldus korporatsiyasi 
tomonidan yaratilgan bo‘lib, grafik fayllarni IBM-mos keluvchi kompyuterlardan 
Makintoshga yoki aksincha, o‘tkazish paytida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni 
bartaraf etadi. 
JPEG
(Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining 
birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. JPEG tasvirni 
zichlashi, kichraytirishi mumkin, bu tasvir sifatini pasayishiga olib keladi. 
PCX
(PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish formati. 
RAW
(ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. 
Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. 
PNG
(Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafikasi 
formati. Ushbu format yosh va GIF va JPEG formatlarining afzalliklarini 
birlashtiradi. Bu sizning rasmingiz sifatini yo‘qotmasdan sezilarli darajada siqish 
imkonini beradi. 
PDF
(ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati. 
3-rasm. Tasvir formatlari. 
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan 
birinchisi qo‘shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni 
yoqsak, ular taratayotgan yorug‘liklar qo‘shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu 
chiroqlar turli rangda bo‘lsa, bu ranglar qo‘shilib, xona ulardan ko‘ra yorqinroq 


35 
(ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: 
qizil 
(Red), 
yashil 
(Green) va 
ko‘k 
(Blue) ranglarni turli nisbatda qo‘shish bilan yaratish mumkin. Bu 
ranglarning nomlaridan qo‘shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan: 
4-rasm. RGB ranglari. 
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. 
Natijada 256*256*256 ta (o‘n olti milliondan ko‘proq) ranglar hosil qilish mumkin. 
Masalan, yashil va ko‘k ranglar qo‘shilganda havo rang (ingliz tilida 
Cyan 
deb 
ataladi), 
qizil 
va 
ko‘k 
ranglar qo‘shilganda pushti (
Magenta
), 
qizil 
va 
yashil 
ranglar 
qo‘shilib sariq (
Yellow
) ranglar paydo bo‘ladi. Uchta asosiy rang qo‘shilganda oq 
rang chiqadi. Qo‘shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori 
ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq 
qog‘ozni bir necha rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yasak, bu ranglar qo‘shilib, 
to‘qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog‘ozni bo‘yasak, qog‘oz qizil 
rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi 
ranglar tizimi deb ataladi. 
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. 
Bu uchta rang oq qog‘ozga surtilganda qog‘oz qora rangga kiradi. Lekin toza 
bo‘yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang 
biron bir bo‘yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar 
tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora 
ranglar ko‘p bo‘lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo‘yoqlarning 
sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, 
plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim 


36 
undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo‘lib, 

Download 11,66 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish