31
sintez, modellashtirish, testdan o‘tkazish, chizmachilik, real vaqtda boshqarish
(ya’ni butun loyixalashtirish, avtomatlashtirishni tashkil qilishni) oladi va ikki
asosiy vazifaviy xususiyatlar: obyektning qurilishi va u bilan manipulyatsiya qilish
bilan ta’riflanadi.
Bunday bo‘linish ikki koordinatli tizimlar kontseptsiyasiga olib kelgan:
mustaqil (dunyoviy), unda obyekt va koordinataning apparatli tizimi quriladi.
Auto СAD
tizimi ushbu sinfdagi eng mashxur ADPdir.
Muxandislik grafikasida haqiqiy dunyo obyektlarining birinchi marta uch
o‘lchamli modellashtirilishi vujudga kelgan. Bu tasvirlar qirralari bilan
birlashtirilgan cho‘qqilar ko‘rinishidagi sinchli bo‘lgan. Keyin ustidan material bilan
qoplangan simli sinchdan yuzaki modellar yaratilgan, ular borgan sari tabiiyga
yaqinlashadi. ADP kutubxonasida g‘isht, oyna, metall, plastik, yog‘och va marmar
va h.k.lar paydo bo‘ladi. Keyin yorug‘lik manbalari obyektga qarashli nuqtasini
o‘zgartirishga imkon beruvchi ko‘chma kamera qo‘shiladi va nihoyat,
kompyuterlarning ishlash tezligi o‘sadi, bu, ekranda murakkab shakldagi haqiqiy
obyektlarning to‘liq rangli chamada va vaqtning oqilona doirasida ko‘rishga va
bilishga imkon beradi. Shunday qilib, grafik qurish va dizaynga mustahkam ravishda
kirdi. Hozirda chindan ham hamma narsa: Ford avtomobilining oxirgi modelidan
tortib to atirlar uchun idishlargacha kompyuterlarda loyixalashtiriladi.
3. Grafik formatlar. Tasvirlar va ularning formatlarini taqqoslash. Rang
modellari.
Ikki о`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:
•
rastrli grafika;
•
vektorli grafika;
•
fraktal grafika.
Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi
rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va
ustunlarga bo‘linadi, tasvirning mayda bo‘laklari - piksellardan iborat bo‘ladi.
Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni
tushuniladi va