Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari
hamda uning turkumlari
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko‘rinishda: ikki o‘lchovli yoki
uch o‘lchovli shaklda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli grafikaning dasturiy ta'minoti (x, y)
koordinata sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D
ko‘rinishidagi tasvirdir.
Uch o‘lchovli grafikaning dasturiy ta'minoti tekis ekranda (x,y,z) (3D)
koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini beradi.
47
4D grafigi vaqt sistemasidagi uch o‘chovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D
turidagi tasvir ham mavjuddir. Bu 2D ko‘rinishli tasvir bo‘lib, 3D tasvirining ba'zi
xususiyatlari bilan to‘ldirilgan (masalan, ustunli diagrammada har bir ustun
yo‘g‘onligi ham ko‘rinib turadi).
Grafik vositalarning asosiy (dasturiy, texnik, informatsion) xususiyatlarining
kompyuter grafikasining har bir sinfiga tegishli bo‘lgan xossalarini ma'lum bazaviy
funksiyalar to‘plamini ajratib olishga mo‘ljallangan dasturiy ta'minotlarining
alohida belgilari bilan tanishib chiqamiz.
Tijorat grafikasi dasturiy ta'minotining bazaviy funksiyalar to‘plamiga
quyidagilar kiradi:
• ikki yoki uch o‘lchovli berilgan sonlar massivi;
• har bir koordinata o‘qidagi matn belgilari;
• aks ettiriladigan axborot uchun umumiy bo‘lgan matn izohi;
• o‘lchov birligining nomi va shakli.
Ko‘pchilik integrallashgan (yig‘ma) amaliy dasturlar paketlari grafik
vositalarning ushbu sinf funksiyalarini o‘z ichiga olgan.
Berilgan ikki o‘lchovli koordinatalar sohasida x va y o‘qlari bilan bog‘langan
holda yoki uch o‘lchovli x, y, z fazoviy koordinatalarda beriladi.
2D turidagi grafiklarning xillari:
aylanma diagramma -
Pie
;
chiziqli grafik -
Line
;
ustunli gistogramma -
Bar
;
ustunli bo‘lakli gistogramma -
Stacred Bar
,
min
va
max
qiymatli diagramma -
HI-LO
;
zonali diagramma -
Area;
x va y li diagramma - x-y.
2D turidagi bunday grafiklarni jadval protcessorlarining eng sodda
variantlarida ham hosil qilish mumkin: SC3, SC4, MS Excel, LOTUS 1G‘2G‘3,
FW-1G‘2G‘3 va hokazo.
48
3D turidagi grafika amaliy dasturlar paketining eng oxirgi versiyalarida
amalga oshirilgan. (masala, SC5.6; FW-4; FaxGraph, Statgraphics - 3.5; QuattroPro
4.0 va xokazo).
Mukamallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturiy vositalar
nafaqat ekranda berilganlarni aks ettirish usulini tanlashga, shuningdek tasvirning
ekrandagi elementlar o‘lchamlarini, holatini o‘zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chiradi va shunga o‘xshash ishlarni ham bajaradi.
Ammo bu qo‘shimcha imkoniyatlar, foydalanuvchiga ma’lum qiyinchiliklar
tug‘diradi hamda grafika tuzish vaqtini uzaytirib yuboradi.
Ko‘rgazmaviy grafika amaliy dasturlar paketini ko‘pincha grafik tahrirchi
bilan almashtiradilar. Aslida grafik tahrirchi shu sinfga oid amaliy dasturlar
paketining bir bo‘lagi, xolos.
Masalan, Story board Plus amaliy dasturlar paketida grafik tahrirchi - Picture
Maker, undan tashqari stcenariy tahrirchisi - Story Editor, tayyor slayd-filmlarni
qo‘yishga mo‘ljallangan tahrirchi - Story teller va amaliy dasturlar paketidan kerakli
bo‘laklarni ko‘chiruvchi dastur Pictyre Taker ham mavjud.
Ushbu sinfga mansub bo‘lgan dasturiy vositalar qatoriga 2D grafikasida
ishlay oladigan dasturlarni ham kiritish mumkin. Ular hosil qilgan tasvir va
matnlardan slayd-filmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foydalangan
holda namoyish qilishga imkoniyat yaratadi: diagonal bo‘yicha, ekranning markaziy
nuqtasidan uning chetlariga yo‘nalgan holda, bir - birini qoplovchi ikki to‘siq
shaklida va boshqacha effektlar bilan namoyish eta oladi.
Bu sinfga oid bo‘lgan dasturlar vositasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi
zarur:
•
shrift tanlash;
•
rangning jilolarini tanlash;
•
chiziq qalinligini tanlash;
•
ilgari hosil qilingan va grafika kutubxonasidagi tasvirlarga murojaat
hamda ularni tanlash;
•
hosil qilingan tasvirni saqlash va uni kutubxonaga joylashtirish;
49
•
tasvirga matnni joylashtirish;
•
tasvirni qirqish, ulash va o‘chirish;
•
tasvirlarni slayd rejimida maxsus effektlar bilan birgalikda tomosha qilish;
•
tasvirlarni sharhlash vositalari;
•
ish grafikasi vositalarining mavjudligi.
Ushbu sinfga tegishli bo‘lgan keng tarqalgan amaliy dasturlar paketi
quyidagilar:
Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, PC Paint Brush, PC Storybord, PC
Storybord Plus, Dr.Hallo Fantavision, Buku, Bgraf, Bukount.
Yuqorida keltirilgan amaliy dasturlar paketlarning eng keyingi versiyalari,
masalan, Corel Draw 8.0 va 10.0 lar 3D grafikasi bilan ishlaydi, ularda “rasm chizish
asboblari” kengaytirilgan: retush vositalari, maxsus filtrlar, fon uchun tayyor
tasvirlar kutubxonasi va hokazolar mavjud. Bu dasturlarning ko‘pchiligi
multiplikatsiya vositalarini ham o‘z ichiga oladi va imkoniyatlari bo‘yicha
animatsion grafika sinfiga o‘tib ketadi.
Muhandislik grafikasini ikki asosiy funksiyasi mavjuddir:
- obyektni konstruksiyalash;
- obyekt yordamida turli xil harakatlar hosil qilish.
Bunday bo‘linish ikki va uch o‘lchamli koordinatali sistema kontsepsiyasiga
olib keladi.
Muhandislik grafikasida ilk bor haqiqiy obyektlarini uch o‘lchovli
koordinatada modellashtirish imkoniyati tug‘ildi. Muhandislik grafikasi tasvirlarni
avvalo o‘zaro tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan boshlab zamonaviy
murakkab obyektlarni ekranda turli ranglarda va turli ko‘rinishdagi tasvirlarini
olishgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘rgazma grafika tijorat va namoyish
grafikasining yig‘indisidan iborat. Shunday qilib ko‘rgazma grafigi tijorat va
namoyish grafikalarini bazaviy funksiyalari to‘plamidan iborat va u quyidagi uch xil
masalani echishga imkon beradi:
•
grafika va diagrammalar bilan ishlash;
50
•
tasvirlarni taxrirlash va saqlab qo‘yish;
•
kurgazma materiallarini rejalashtirish va tayyorlash.
Bunday sinfdagi dasturiy ta’minotiga quyidagilarni kiritish mumkin:
HarvardGraphies, FreelancePlus, Hollywood, Microsoft Power Point for
Windows va hokazo.
Animatsion grafika quyidagi masalalarni hal etadi:
•
karkasli 3D obyektini modellashtiradi va konstruksiyalaydi, uni
murakkablashtirilgan holda har xil sharoitda ishlatib ko‘radi;
•
yaratilgan karkasli obyektning yuzasini qoplash uchun kutubxonadan
tayyor materialni olish yoki uni o‘zi yaratish (teksturani) imkoniyatini tug‘diradi;
•
ilgari yaratilgan modellarni fazoda joylashtirish, boshqacha aytganda,
yaratilgan obyektlar uchun sahna, ish joyini hosil qilish;
•
obyektlarni matnlar bilan bog‘lab chiqish;
•
yoritish xarakterini aniqlash, yorug‘lik manbalarini joy-joyiga qo‘yish,
kamerani sahnaga joylashtirish;
•
kadrlar ketma-ketligini aniqlash va kadrdan kadrga siljishini ta’minlash;
•
yakka kadrni yoki bir necha kadrlarning ranglar jilosini, yorug‘ligini,
soyalarini, qarash burchagini, obyektlarning o‘zaro joylashishini va kadrdan kadrga
o‘zgarishi - renderingi (rendering)ni nazarda tutgan holda namoyish etish;
•
yakka tasvirni yoki olingan kadrlar ketma-ketligini ekranga film sifatida
namoyish etish.
3D animatcion grafikasi amaliy dastur paketlaridan tashqari (3D Studio Topas
va boshqalar) 2D amaliy dastur paketlari ham mavjud (Flash 5, Limena, Animator
PRO). Bular tasvir hosil qilish uchun mo‘ljallangan tasvirning dastlabki va oxirgi
kadrlarini hosil qiladi, qolgan oraliq kadrlar esa avtomatik ravishda hosil qilinadi.
|