Kompyuter grafikasi turlari, rastrli, vektorli va fraktal grafika




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/124
Sana27.09.2024
Hajmi11,66 Mb.
#272673
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
Bog'liq
Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

1. Kompyuter grafikasi turlari, rastrli, vektorli va fraktal grafika. 
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va 
fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib 
chiqarilishi bilan farqlanadi. 
Rastrli grafika.
Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar 
(nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar 
soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, 
grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning 
ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal 
yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish 
imkoniyati deyiladi. 
Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 x 480, 800 x 600, 1024 x 768 yoki bulardan 
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog‘liqdir. 
Bu parametr dpi (dots perinch - nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. Ekran 
diagonali 15 duymli (1 duym 2,54 sm) monitorda tasvir o‘lchovi 28x21 sm ni tashkil 
qiladi. Buni hisobga olsak, 800 x 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash 
qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko‘p 


42 
joy olishini tushunish qiyin emas, Misol uchun 10x15 smli rasm taxminan 1000 x 
1500 piksellardan iborat bo‘ladi. 
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga 
olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni 
egallaydi. Bunday ma'lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e'tiborga 
olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, 
videoroliklarni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo‘lmagan va, 
mos ravishda, tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Demak, rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab 
qilinadi. 
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni 
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar 
o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir 
tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin. 
Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. 
Nashrlarda turli illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli 
foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng 
tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan 
foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvachi dastur 
vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlaming aniqroq 
ko‘rinishda bo‘lishini ta'minlaydi. 
Vektorli grafika.
Vektorli grafikada tasviming asosiy elementi sifatida chiziq 
qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastrli 
grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli 
grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan 
chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. 
Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirining xotirada kamroq joy olishidir, 
chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bo‘ladi. 


43 
Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki 
parametrlar saqlarashidadir. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan 
tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko‘pincha vektorli 
grafikani obyektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, 
uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil 
qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli 
grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (obyektni) 
ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil 
qilinadi. 
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xossalarini 
o‘rganish tashkil etadi. Ma'lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x, y) koordinatasi bilan, 
to‘g‘ri chiziq kanonik ko‘rinishda, kesma esa mos ravishda 15 boshlang‘ich va 
oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o‘z 
tenglamalariga ega. 
Vektorli grafika asosan illustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. 
Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va 
boshqa joylarda keng qo‘llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga 
misol sifatida 

Download 11,66 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter grafikasi turlari, rastrli, vektorli va fraktal grafika

Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish